Bog'liq Elektron workbench dasturida sxemalarni tahlil qilish
ACHX va FCHX o’lchagich (Bode Plotter). ACHX va FCHX o’lchagich
(2.17-rasm) to’rt qutbli sxemalarning amplituda-chastotaviy (Magnitude) va fazachastotaviy (Phase) xarakteristikalarini olish uchun xizmat qiladi. Sxemaning
kirishlari o’lchagichning In klemmalariga, chiqishlari Out klemmalariga va
klemmalarning o’ng kontaktlari korpusga ulanadi. Zanjirning kirishiga garmonik
kuchlanish manbasi ham ulanishi kerak.
47
2.17-rasm. ACHX va FCHX o’lchagich
Keyin chiziqli yoki logarifmik masshtab tanlanadi va chastotalar
diapazoni ko’rsatiladi.
O’lchagich ACHX (Magnitude knopkasi bosilganda) va FCHX (Phase
knopkasi bosilganda) larni logarifmik yoki chiziqli masshtabda (Log yoki Lin
knopkalari bosilganda) tahlil qilish uchun xizmat qiladi. O’lchagichni sozlash
vertikal o’q bo’yicha uzatish koeffitsientlarini va gorizontal o’q bo’yicha
chastotalarni o’rnatish yo’li bilan amalga oshiriladi (F- maksimal qiymatlar, Iminimal qiymatlar). ACHX-FCHX larning qiymatlari vizir chiziqni surish yoki
← va → knopkalarni bosish yo’li bilan o’qiladi. O’lchagichning In va Out
kirishlari tadqiq qilinayotgan qurilmaning kirishi va chiqishiga ulanadi.
2.18-rasm. Mantiqiy signallar generatori (Word Generator) 48
Mantiqiy signallar generatori (Word Generator) (2.18-rasm) chiqishlarida
berilgan chastota (Frequency) bilan qaytariluvchi 16 razryadli ikkilik signalni
hosil qilish uchun mo’ljallangan. Signallarning o’n oltilik qiymatlari
klaviatura yordamida chap katta oynaga yoziladi. O’lchamlari kichikroq
bo’lgan boshqa ikkita oynaga signalning ikkilik (Binary) yoki ASCII-kodlardagi
qiymatini yozish mumkin.
Masalan, 2.18-rasmda chiqish klemmalarida o’n oltilik 003F songa mos
keluvchi ikkilik son o’rnatilgan.
Signallarning boshlang`ich (Initial) va so’nggi (Final) nomerlarini o’rnatish
va kerakli signalni topish uchun Address blokidan foydalaniladi. Address
blokida tahrir qilinadigan (Edit) va chiqishdagi (Current) signallarning adreslarini
ham o’rnatish mumkin.
Odatda,
generatorning
oldingi
front
bo’yicha
ichki (Internal)
sinxronizatsiyasi (Trigger) va
mantiqiy
signallarni
tsiklik
berish
rejimidan
(Cycle) foydalaniladi. Sinxronizatsiya uchun berilgan
ma`lumotlar tayyorligining mantiqiy (Data ready) signalini ham berish mumkin.
Mantiqiy signallar analizatori (Logic Analyzer) (2.19-rasm) ikkilik kodlarni
aks ettirish uchun mo’ljallangan. Mantiqiy signallarni to’g`ri ko’rsatish uchun
generatorining chastotasidan yuqoriroq qilib qo’yish va impulslar sonini (Clock
per division) 1-3 olish kerak. Asbobda kursor yordamida siljitiluvchi ikkita vizir
liniya bor.
49