Analogli elektron voltmetrlar. O’zgarmas tok kuchlanish voltmetrining blok sxemasi 8.4–rasmda ifodalangan. Unga kuchlanishni bo’luvchi qurilma orqali voltmetrning o’lchash chegarasi o’rnatiladi. O’zgarmas tok kuchaytirgich orqali kuchaytirilgan kuchlanish analogli indikatorga uzatiladi. Kuchlanishni bo’luvchi qurilmaning dastagi elektron voltmetrning old qismiga joylashtirilgan bo’lib, u kirishiga berilayotgan kuchlanishning qiymatini boshqaradi, shu yo’l bilan elektron voltmetrning o’lchash chegarasini orttirish yoki kamaytirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |