Bulutli texnologiyalarning turli xil xizmatlari mavjud bo'lib, ular juda mashhur va bugungi kunda dunyoda keng qo'llanilayotgan katta hajmdagi saqlash va uni zaxiralash, dasturlarni sinash va texnik xizmat ko'rsatish, ma'lumotlarni tahlil qilish va kerakli dasturlarni yetkazib berish mumkin. Shunday qilib, bulutli texnologiyalar har bir foydalanuvchi uchun hayotni osonlashtiradigan eng tez rivojlanayotgan va tezkor daromad keltiradigan texnologiyalarning yorqin misolidir. Internet yoki bulutli dasturlar bizni o'z tarmoqlarini yuklash tizimi orqali bog'laydi, bu bizning hayotimizni qulay qiladi va xavfsiz amalga oshadi. «Buyumlar interneti» konsepsiyasi hamda, termining о‘zi dastlab 1999-yilda Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan о‘rtaga tashlangan. Qayd etish joizki, buyumlar orasida internet orqali muloqotga kirishgan eng birinchi buyum bu yana o‘sha Massachusets texnologik instituti bitiruvchisi Jon Romkining tosteri bo‘lgan edi. 1990-yilda Romki TCP/IP protokoli orqali ushbu buyumni tarmoqqa ulagan va undan masofadan turib foydalanishga kirishgan. 2008-yilda esa internet endi haqiqatan ham «buyumlarniki» bo‘lib qoldi. Chunki, o‘sha yili internetga ulangan buyumlar soni internetga ulangan odamlar sonidan oshib ketgan edi. Bu raqam borgan sari o‘sishda davom etdi va 2018-yilga kelib, jahon bo‘ylab tarmoqqa ulangan buyumlar soni endilikda telefonlar sonidan ham o‘zib ketgani iddao qilinmoqda Odamzotni buyumlarni internetga ulash va ularni boshqarishda internetdan foydalanishga undaydigan ikki xil omil mavjud. Birinchisi va eng dastlab namoyon bo‘lgani bu - erinchoqlikdir. o‘sha Romki ham tosterni o‘rnidan turmay, yotgan joyida ishga tushirib, tayyor nonushtaga chiqishni maqsad qilgan bo‘lsa kerak. Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qo‘yasiz. Hozirda buyumlar interneti istiqboli porloq bozor bo‘lishi bilan birgalikda, bu bozorni shiddat bilan rivojlanishdan to‘sib turgan ayrim muammolar mavjud. Birinchidan, hali buyumlarni internet orqali o‘zaro muloqot qilishi uchun yagona xalqaro standartning ishlab chiqilmagani. Natijada, buyumlarni internetga ulash imkonini beradigan qilib chiqarayotgan aksar ishlab chiqaruvchilar o‘z bizneslarini himoya qilish maqsadida, mahsulotlarni qandaydir xos yopiq protokollarda ishlaydigan qilib, ichki standartlar asosida chiqarishmoqda. Bu esa, uydagi hamma internet buyumlarni faqat o‘sha firmadan olishga majbur qilishga mo‘ljallangan. Lekin bu hol uzoqqa bormasligi aniq. Chunki, bozor bunday o‘yinlarni yoqtirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |