Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotni tushunish, uning tub mohiyatini o’rganishdan, ya’ni oxirgi mahsulotda (yoki ko’rsatiladigan hizmatda) aks etgan bilim yoki innovatsiyalarning mohiyatini tushunishdan boshlanadi. Zamonaviy nazariya asosida tushunilsa, innovatsiya bozorda amalga oshiriladigan, amaliyotda qo’llaniladigan yangi yoki mukammallashtirlgan texnologik jarayon natijasida 159 amalga oshadigan innovatsion faoliyatning yangi yoki mukammallashtirilgan mahsuloti sifatidagi oxirgi natijasi hisoblanadi. Turli xil ko’rsatgichlardan foydalangan holda, iqtisodiy nazariya turli ko’rinishlardagi ”innovatsiya” larning quyidagi tafsiflarini taqdim etadi. Bunda u innovatsiyalarning ishlatilishi va miqyosini, qanday ko’rinishda amalga oshirilishi, yangilik darajasi va qo’llanilish chegaralari bo’yicha tavsiflaydi. - Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotni tushunish, uning tub mohiyatini o’rganishdan, ya’ni oxirgi mahsulotda (yoki ko’rsatiladigan hizmatda) aks etgan bilim yoki innovatsiyalarning mohiyatini tushunishdan boshlanadi. Zamonaviy nazariya asosida tushunilsa, innovatsiya bozorda amalga oshiriladigan, amaliyotda qo’llaniladigan yangi yoki mukammallashtirlgan texnologik jarayon natijasida 159 amalga oshadigan innovatsion faoliyatning yangi yoki mukammallashtirilgan mahsuloti sifatidagi oxirgi natijasi hisoblanadi. Turli xil ko’rsatgichlardan foydalangan holda, iqtisodiy nazariya turli ko’rinishlardagi ”innovatsiya” larning quyidagi tafsiflarini taqdim etadi. Bunda u innovatsiyalarning ishlatilishi va miqyosini, qanday ko’rinishda amalga oshirilishi, yangilik darajasi va qo’llanilish chegaralari bo’yicha tavsiflaydi.
Masalan, qamrab olish miqyosi va foydalanilishi bo’yicha raqamli innovatsiyalarning quyidagi asosiy turlari bo’lishi mumkin: - Masalan, qamrab olish miqyosi va foydalanilishi bo’yicha raqamli innovatsiyalarning quyidagi asosiy turlari bo’lishi mumkin:
- Raqamli iqtisodiy innovatsiyalar – yangi raqamli iqtisodiy mexanizmlar, bozor tashkilotlari, mahsulotni tarqatish va almashtirish usullari;
- Raqamli ishlab chiqarish-texnologik innovatsiyalar – ishlab chiqarishda yangi raqamli texnologiyalar yaratish va ulardan foydalanishga yo’naltirilgan;
- Raqamli ekologik innovatsiyalar – tashqi muhitning ifloslanishini kamaytiradigan, xavfli chiqindilarni tozalaydigan, chiqindilarni qayta ishlaydigan va shunga o’xshashlar;
- Tashkiliy-boshqaruv turidagi raqamli innovatsiyalar – ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatida yanada samaraliroq tashkiliy-boshqaruv usullaridan foydalanish;
- Siyosiy innovatsiyalar – siyosat sohasida, siyosiy faoliyat turlarida, ichki va tashqi faoliyatda, halqaro munosabatlarda yangi g’oyalarni amalga oshirish;
- Huquqiy innovatsiyalar - yangi ijtimoiy-siyosiy huquqlar kiritish, yangi qonunlar ishlab chiqish, norma va normativlar yaratish va boshqalar;
- Ma’naviy muhitdagiraqamli innovatsiyalar – ma’naviy faoliyat bilan bog’liq yangi paradigmalar, gipotezalar, kontseptsiyalar yoki fanda yangi nazariyalar yaratish, ta’limda yangi usullardan foydalanish, yangi faoliyat turlarini topish, madaniyatda yangi san’at yo’nalishlari va stillarini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |