Boshqaruv omillari:
menejment darajasi;
aksionerlar va menejerlar o‘zaro munosabatlari xarakteri.
Elektron tijoratning rivojlanishi umumjahon iqtisodining rivojlanishiga
quyidagi sabablarga ko‘ra ta’sir ko‘rsatadi:
yagona axborot maydonini hosil qilish jarayonini jadallashtirish;
jahon bozorida
barcha
insonlarning
amaldagi o‘zaro
axborot almashinuvi mexanizmi yaratish;
markazlashmagan mahsulotlar,
o‘zaro
bog‘liq
bo‘lmagan alohida turdagi bozorlarni rivojlantirish;
elektron to‘lov tizimidan foydalanish orqali pul vositalari aylanuvini
amalga oshirish;
olib-sotarlik hajmi kamayadi, ishlabchiqarish sohasiga
sarmoyalarning kiritilishini kengaytirish;
yangi turdagi servis xizmatlarini yaratish;
mahsulot va xizmat bozorida ochiq raqobat uchun sharoit yaratish;
elektron tijorat bozorlarida yangi turdagi mahsulot va xizmat harakatlarini
jonlantirish, xaridor uchun qulay shakldagi xizmat amalga oshirishdan
iborat.
Internet global tarmog‘ining paydo bo‘lishi bilan elektron tijorat ham
barcha turdagi firmalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Avvallari, elektron axborot almashinuvi bilan shug‘ullanish imkoniyati
faqatgina yirik kompaniyalarda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib bu
narsa oddiy holatga aylanib qoldi. Elektron tijorat nafaqat onlayn-
tranzaksiyalarni, balki onlayn-marketing, hamkorlar va ta’minotchilar bilan
onlayn-aloqada bo‘lish, elektron hujjat almashinuvi va boshqalarni ham o‘z
ichiga oladi.
Bu soha– biznes yuritishning eng zamonaviy usuli bo‘lib,
firmalarga, ulgurji savdogarlarga qo‘shimcha buyurtmachilarni jalb qilish
hisobiga daromadlarni oshirish, xarajatlarni qisqartirish, tovar va
xizmatlar sifatini oshirish, ularni yakuniy iste’molchiga yetkazish
sur’atini tezlashtirish imk onini beradi.
XX
asrning so‘nggi o‘n yilligida “raqamli iqtisodiyot” degan
tushuncha paydo bo‘ldi. Raqamli iqtisodiyot – bu, raqamli texnologiyalarga
asoslangan bo‘lib odatda, uni internet-iqtisodiyot, elektron iqtisodiyot,
yangi iqtisodiyot yoki veb -iqtisodiyot deb ham atashadi.
Internet-iqtisodiyot o‘zining an’anaviy turidan ko‘p jihatlari bilan
farq qiladi: kommunikatsiya, bozor tuzilishi, narx va shu kabilar.
Hayotimizga internetiqtisodiyotning kirib kelishi natijasida kompaniyalar
o‘z mahsulotlarini nafaqat mahalliy yoki mamlakat ichidagi xaridorlarga,
balki butun dunyo bo‘ylab taqdim qilishi mumkin bo‘lib qoldi. Bugungi
kunda elektron iqtisodiyot faqatgina elektron savdo bilan cheklanib qolmay,
balki hayotimizning barcha jabhalarini- sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank ishi
va boshqalarni ham o‘z ichiga qamrab olmoqda.
Elektron biznes yoki internet-biznes - bu, yangi paydo bo‘lgan
biznes-model bo‘lib, unda biznesga oid ma’lumotlarni almashish hamda
tijoratga oid tranzaksiyalar
axborot tizimlari yordamida avtomatlashtiriladi. Bunda, ma’lumotlarni
o‘tkazish hamda veb-servislarni taqdim qilish uchun internet-
texnologiyalardan keng foydalaniladi. Ushbu atama ilk marta 1996-yilda
IBM korporatsiyasining sobiq bosh direktori Lui Gerstner tomonidan
ishlatilgan.
Sodda qilib aytganda, elektron biznes – bu, axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari vositasida amalga oshiriladigan biznesdir.
Elektron tijorat ham elektron biznesning bir bo‘lagi bo‘lib, unda tovar va
xizmatlar kompaniyalar, iste’molchilar o‘rtasida ayirboshlanadi. Shuning
uchun ham u elektron biznesning eng muhim, ajralmas qismi sanaladi.
Elektron tijorat, odatda, o‘zida elektron biznes yuritishning savdo-sotiqqa
oid sohasini aks ettiradi. Bundan tashqari, u biznes tranzaksiyalarining
moliyalashtirish hamda to‘lovni amalga oshirish kabi bosqichlarini ham
ifodalaydi.
Jadal o’zgarayotgan zamonaviy bozor sharoitida kompaniyalar
raqobatdoshligi, ko’p jihatdan, axborot tizimlarining qulayligi, aloqa va
ma’lumot uzatish imkoniyatlariga asoslanayotgani hech kimga sir emas.
Binobarin, mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirishga alohida
e’tibor qaratilmoqdaki, bu masofani qisqartirish, vaqtni tejash hamda ish
samaradorligini oshirishda ayni muddaodir. Xususan, bugungi kunda bank
xizmatlari, elektron to’lovlarning yangi turlari hayotga tatbiq etilayapti,
to’lov amaliyoti soddalashtirilayotir. Bularning barchasi, jumladan, axborot
texnologiyalari taraqqiyotining hozirgi bosqichi sohaga oid huquqiy
poydevorni yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda. Ayni paytda Oliy
Majlis Qonunchilik palatasida “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonun
loyihasi yangi tahrirda ko’rib chiqilayotganining boisi ham shunda.
Jahon hamjamiyatining ko’zlangan rivojlanish va farovonlikka
erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo’lgan ehtiyoji katta
sur’atlar bilan oshib borayapti. Iqtisodiy o’sishning faollashuvi, dunyo
aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining
kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni
ko’rsatadiki erkin axborot oqimining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotiga
o’tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi.
Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o’z aksini
topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik
sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari
turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo’llanishi
yotadi. O’zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta.
Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari
masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va
ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror
rivojlanayotganini keltirish mumkin. O’zbekiston uchun axborot
texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari
sohasida ta’lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya
tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi
oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion
tayorligi mavjud bo’lgan holatdagina sodir bo’ladi.
“Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange –
ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet
(kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan
axborot almashish) kabi texnologiyalarni o’z ichiga oladi. O’z navbatida
Elektron kommersiya tizimi uch sinfga bo’linadi:
- Chakana savdoni tashkil qilishbo’yicha (biznes-iste’molchi, B2C);
- Biznes hamkor bilan aloqlar o’rnatish (biznes-biznes, B2B);
- Iste’molchilar o’rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C); Misol;
sifatida
– virtual auksion
www.Ebay.com
ni keltirish mumkin.
Kompaniya axborot texnologiyalarini samarali qo’llash orqali
iste’molchibilan ochiq munosabat o’rnatish, mahsulot va xizmatlar
to’g’risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta’minlash, sotuvning
alternativ yo’llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do’konlar
ochish va yaratish imkoni beradi.
O’zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda,
dunyo tajribasida keng qo’llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda.
Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o’ynashi
lozim; Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan
asoslanmagan turli cheklovlar qo’yilishiga yo’l qo’yilmaslik lozim;• Davlat
hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qo’llab-
quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi
mumkin;• Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda
davlat hokimiyati Inernetning o’ziga xosliklarini inobatga olishi lozim;•
Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo’linish va davlat
chegaralariga bog’liq bo’lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo’lishi
lozim.
Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot
tizimida tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o’z
navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon
bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo’lishini ta’minlash zaruriyatini
keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron
tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir
qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II
“Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30
noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish”
tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda
qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul
qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish
maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda
amaliyotga joriy qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |