Elektron tijorat



Download 298,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana02.08.2021
Hajmi298,84 Kb.
#135898
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-MAVZU. “ELEKTRON TIJORAT” FANIGA KIRISH

Boshqaruv omillari:

menejment darajasi;



aksionerlar va menejerlar o‘zaro munosabatlari xarakteri.

Elektron tijoratning rivojlanishi umumjahon iqtisodining rivojlanishiga



quyidagi sabablarga ko‘ra ta’sir ko‘rsatadi:

yagona axborot maydonini hosil qilish jarayonini jadallashtirish;



jahon bozorida

barcha

insonlarning



amaldagi o‘zaro

axborot almashinuvi mexanizmi yaratish;

markazlashmagan mahsulotlar,



o‘zaro

bog‘liq


bo‘lmagan alohida turdagi bozorlarni rivojlantirish;

elektron to‘lov tizimidan foydalanish orqali pul vositalari aylanuvini



amalga oshirish;

olib-sotarlik hajmi kamayadi, ishlabchiqarish sohasiga



sarmoyalarning kiritilishini kengaytirish;

yangi turdagi servis xizmatlarini yaratish;



mahsulot va xizmat bozorida ochiq raqobat uchun sharoit yaratish;

elektron tijorat bozorlarida yangi turdagi mahsulot va xizmat harakatlarini



jonlantirish, xaridor uchun qulay shakldagi xizmat amalga oshirishdan

iborat.


Internet global tarmog‘ining paydo bo‘lishi bilan elektron tijorat ham

barcha turdagi firmalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Avvallari, elektron axborot almashinuvi bilan shug‘ullanish imkoniyati

faqatgina yirik kompaniyalarda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib bu

narsa oddiy holatga aylanib qoldi. Elektron tijorat nafaqat onlayn-

tranzaksiyalarni, balki onlayn-marketing, hamkorlar va ta’minotchilar bilan

onlayn-aloqada bo‘lish, elektron hujjat almashinuvi va boshqalarni ham o‘z

ichiga oladi.

Bu soha– biznes yuritishning eng zamonaviy usuli bo‘lib,

firmalarga, ulgurji savdogarlarga qo‘shimcha buyurtmachilarni jalb qilish

hisobiga daromadlarni oshirish, xarajatlarni qisqartirish, tovar va

xizmatlar sifatini oshirish, ularni yakuniy iste’molchiga yetkazish




sur’atini tezlashtirish imk onini beradi.

XX

asrning so‘nggi o‘n yilligida “raqamli iqtisodiyot” degan



tushuncha paydo bo‘ldi. Raqamli iqtisodiyot – bu, raqamli texnologiyalarga

asoslangan bo‘lib odatda, uni internet-iqtisodiyot, elektron iqtisodiyot,

yangi iqtisodiyot yoki veb -iqtisodiyot deb ham atashadi.

Internet-iqtisodiyot o‘zining an’anaviy turidan ko‘p jihatlari bilan

farq qiladi: kommunikatsiya, bozor tuzilishi, narx va shu kabilar.

Hayotimizga internetiqtisodiyotning kirib kelishi natijasida kompaniyalar

o‘z mahsulotlarini nafaqat mahalliy yoki mamlakat ichidagi xaridorlarga,

balki butun dunyo bo‘ylab taqdim qilishi mumkin bo‘lib qoldi. Bugungi

kunda elektron iqtisodiyot faqatgina elektron savdo bilan cheklanib qolmay,

balki hayotimizning barcha jabhalarini- sog‘liqni saqlash, ta’lim, bank ishi

va boshqalarni ham o‘z ichiga qamrab olmoqda.

Elektron biznes yoki internet-biznes - bu, yangi paydo bo‘lgan

biznes-model bo‘lib, unda biznesga oid ma’lumotlarni almashish hamda

tijoratga oid tranzaksiyalar

axborot tizimlari yordamida avtomatlashtiriladi. Bunda, ma’lumotlarni

o‘tkazish hamda veb-servislarni taqdim qilish uchun internet-

texnologiyalardan keng foydalaniladi. Ushbu atama ilk marta 1996-yilda

IBM korporatsiyasining sobiq bosh direktori Lui Gerstner tomonidan

ishlatilgan.

Sodda qilib aytganda, elektron biznes – bu, axborot va

kommunikatsiya texnologiyalari vositasida amalga oshiriladigan biznesdir.

Elektron tijorat ham elektron biznesning bir bo‘lagi bo‘lib, unda tovar va

xizmatlar kompaniyalar, iste’molchilar o‘rtasida ayirboshlanadi. Shuning

uchun ham u elektron biznesning eng muhim, ajralmas qismi sanaladi.

Elektron tijorat, odatda, o‘zida elektron biznes yuritishning savdo-sotiqqa

oid sohasini aks ettiradi. Bundan tashqari, u biznes tranzaksiyalarining

moliyalashtirish hamda to‘lovni amalga oshirish kabi bosqichlarini ham

ifodalaydi.

Jadal o’zgarayotgan zamonaviy bozor sharoitida kompaniyalar

raqobatdoshligi, ko’p jihatdan, axborot tizimlarining qulayligi, aloqa va

ma’lumot uzatish imkoniyatlariga asoslanayotgani hech kimga sir emas.

Binobarin, mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirishga alohida

e’tibor qaratilmoqdaki, bu masofani qisqartirish, vaqtni tejash hamda ish



samaradorligini oshirishda ayni muddaodir. Xususan, bugungi kunda bank

xizmatlari, elektron to’lovlarning yangi turlari hayotga tatbiq etilayapti,

to’lov amaliyoti soddalashtirilayotir. Bularning barchasi, jumladan, axborot

texnologiyalari taraqqiyotining hozirgi bosqichi sohaga oid huquqiy

poydevorni yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda. Ayni paytda Oliy

Majlis Qonunchilik palatasida “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonun

loyihasi yangi tahrirda ko’rib chiqilayotganining boisi ham shunda.

Jahon hamjamiyatining ko’zlangan rivojlanish va farovonlikka

erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo’lgan ehtiyoji katta

sur’atlar bilan oshib borayapti. Iqtisodiy o’sishning faollashuvi, dunyo

aholisi yashash darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining

kundalik hayotimizga singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni

ko’rsatadiki erkin axborot oqimining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotiga

o’tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshiradi.

Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham o’z aksini

topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik

sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari

turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo’llanishi

yotadi. O’zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta.

Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari

masalan, ma’lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va

ular orasidagi elektron hujjat almashuv, biznes va tijoratning barqaror

rivojlanayotganini keltirish mumkin. O’zbekiston uchun axborot

texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy aloqalarni ta’minlashda

muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot texnologiyalari

sohasida ta’lim standartlarining oshishi, milliy telekommunikatsiya

tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning shakllanishi

oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi informatsion

tayorligi mavjud bo’lgan holatdagina sodir bo’ladi.

“Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange –

ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet

(kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan

axborot almashish) kabi texnologiyalarni o’z ichiga oladi. O’z navbatida

Elektron kommersiya tizimi uch sinfga bo’linadi:




- Chakana savdoni tashkil qilishbo’yicha (biznes-iste’molchi, B2C);

- Biznes hamkor bilan aloqlar o’rnatish (biznes-biznes, B2B);

- Iste’molchilar o’rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C); Misol;

sifatida


– virtual auksion

www.Ebay.com

ni keltirish mumkin.

Kompaniya axborot texnologiyalarini samarali qo’llash orqali

iste’molchibilan ochiq munosabat o’rnatish, mahsulot va xizmatlar

to’g’risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta’minlash, sotuvning

alternativ yo’llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do’konlar

ochish va yaratish imkoni beradi.

O’zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda,

dunyo tajribasida keng qo’llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda.

Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o’ynashi

lozim; Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan

asoslanmagan turli cheklovlar qo’yilishiga yo’l qo’yilmaslik lozim;• Davlat

hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qo’llab-

quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi

mumkin;• Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda

davlat hokimiyati Inernetning o’ziga xosliklarini inobatga olishi lozim;•

Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo’linish va davlat

chegaralariga bog’liq bo’lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo’lishi

lozim.


Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot

tizimida tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o’z

navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon

bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo’lishini ta’minlash zaruriyatini

keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron

tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir

qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II

“Elektron tijorat” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30

noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish”

tog’risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron tijorat tizimini amalda

qo’llashda to’lov tizimini takomillashtirish” tog’risidagi qarorlar qabul

qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish




maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda

amaliyotga joriy qilinmoqda.




Download 298,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish