Elektron tibbiyot uskunalari profilaktikasi va xizmat


Ultra yuqori chastotali elektromagnit maydon bilan davolash



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/104
Sana01.07.2022
Hajmi3,82 Mb.
#726268
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104
Bog'liq
fayl 1568 20210824

4.5.Ultra yuqori chastotali elektromagnit maydon bilan davolash 
texnikalari 
Ultra yuqori chastotali elektr va elektromagnit maydon bilan davolash 
ancha keng qo‘llaniladigan usul bo‘lib, bunda odam organizmiga 25—50 mGs 
chastotalardagi ultra yuqori chastotali (rus. UVCH) elektromagnit maydoni 
bilan ta’sir etiladi. Bunday davolash organizm va to‘qimalarga boshqa 
usullardan ko‘ra yaxshiroq va samaraliroq ta’sir ko‘rsatadi. Davolash 
muassasalarida UVCH seriyali kichik, o‘rta va katta quvvatga mo‘ljallangan 
apparatlardan foydalaniladi. Impulsli UVCH maydoni bilan davolovchi 
apparatlar ham ishlatiladi. UVCH bilan davolashda bemor organizmiga 
elektrodlar orasidagi (6.12-rasm) elektromagnit maydoni ta’sir ettiriladi. 
Bemorni davolash uchun shu ikki elektrod orasiga joylashtiriladi. 
Bunda quyidagi kattaliklar belgilangan: So—plastinalar oralig‘idagi havoda 
sodir bo‘ladigan sig‘im, So, bemor tanasining aktiv R va sig‘im S qarshiliklari. 
Quyida impulsli UVCH terapiya 


109 
4.11-rasm UVCH maydon tebranishlarining shakli 
apparatlari 
yordamida 
bemorga 
berilayotgan 
UVCH 
maydon 
tebranishlarining shakli ko‘rsatilgan (6.13-rasm). 
Apparatda quyidagi grafiklar belgilangan: a) uzluksiz rejim; b) impulsli rejim 
grafiklari. UYUCH terapiya apparatlari sifatida UVCH-30, UVCH-66, UVCH-
80, EKRAN-1 hamda impulsli UYUCH terapiya apparatlari sifatida «Impuls—
3» apparatlaridan, shuningdek chet el firmalarida ishlab chiqarilgan ayrim 
apparatlardan foydalaniladi. UVCH seriyali sobiq SSSR va Rossiya 
apparatlarida chastotasi 40,68±2% MGs chastotali UYUCH maydonlaridan 
foydalaniladi. Kichik quvvatga mo‘ljallangan UVCH—30 apparati (6.14-rasm) 
quyidagi texnik xarakteristikalarga ega. 
Apparat 220±5%V 50 Gs chastotali kuchlanishda ishlaydi, UYUCH 
maydonining chiqish quvvati 15 va 30 Vt larda belgilanadi. Apparatni sarf 
qilish quvvati 160 Vt atrofida. UVCH—30 apparati manba bloki UVCH 
maydon hosil qiluvchi generator bloki va bemor konturidan iborat bo‘ladi. 
Bemor konturi bilan generatorning anod konturini bir-biriga sozlash 
o‘zgaruvchan kondensator S2, S3 yordamida qo‘lda amalga oshiriladi.


110 
UVCH-30 
4.12-rasm UVCH maydon hosil qiluvchi
generatorbloki
4.13-rasm UVCH-30 
apparatida ikki anodli generator lampasi GU—19 asosida UYUCH generatori 
yig‘ilgan. UVCH—30 apparati quyidagi: 1) elektrod tutgichlarining 
kronshteynlari; 2) elektrod tutgich; 3) chiqayotgan UYUCH—maydon quvvatini 
ko‘rsatuvchi o‘lchash asbobi; 4) apparatning manbaga ulanishi va sozlanish 
darajasini ko‘rsatuvchi indikator; 5) quvvat dastagi (15,30Vt); 6) o‘lchash 
asbobida manba kuchlanishi va chiqish quvvatini o‘lchashni amalga oshiravchi 
knopka; 7) apparatni manbaga ulash dastagi; 8) bemor va anod konturini 
sozlovchi kondensator dastagi («nastroyka»); 9) ko‘tarib yurish dastagidan 
iborat. 


111 
4.14 rasm O‘z – o‘zidan qo‘zg‘aluvchi generator ikki taktli sxema 
Ushbu appparatda o‘z – o‘zidan qo‘zg‘aluvchi generator ikki taktli sxema 
bo‘yicha GU – 19 (VL 1) lampasida yig‘ilgan (nurli tetrodni ikki anodlisi). Bu 
avtogenerator ikki konturli. Anod konturi L7, L9 induktiv g‘altak va VL 1 
lampani chiqish sig‘imlari va S8 yarim o‘zgaruvchan kondensatordan iborat 
bo‘lib S8 kondensatoridan anod konturini zavod sharoitida sozlanishi bajariladi. 
To‘r konturi L10 induktiv g‘altagi va VL 1 lampasini kirish sig‘imlaridan 
iborat. Teskari bog‘lanish lampani o‘tish sig‘imlari bilan parallel ulangan S9, 
S10 kondensatorlari orqali tashkil etilgan. Avtomatik siljitgich vazifasini 
bajaruvchi R 6 qarshiligi L 10 induktiv g‘altagini o‘rta nuqtasiga ulangan . 
Lampani cho‘g‘anma spirali yuqori chastota S 11 ekranlovchi tur S4 
kondensatorlari bilan blokirovka qilingan. L 3 induktiv g‘altagi o‘rtasida 
joylashgan aloqa o‘rami yordamida generatorni anod konturi chiqish (bemor ) 
konturi bilan bog‘lanadi. L 8 aloqa o‘rami ekrani erga ulangan va u anod va 
chiqish konturlari orasidagi sig‘imli aloqani kamaytiradi. Simmetrik ikki taktli 
generator sxemasi bilan birgalikda bu xolat apparat tomonidan nurlatiladigan 


112 
juft garmonikalarni anchaga kamaytiradi. Bemor konturi L 1 , L 2 induktiv 
g‘altagi bilan S 6 kondensatorlaridan iborat. S6 o‘zgaruvchan bo‘lib bemor 
konturi chastotasini generator chastotasi bilan davolash vaqtida sozlash uchun 
ishlatiladi. Generator lampasini anodi D 1010 A markali diod ustuni va 
filtrlovchi kondensatordan S3 iborat bo‘lgan ikki yarim davrli to‘g‘rilash 
sxemasidan kuchlanish olib ishlaydi. Anod kuchlanishi L 6 drosseli orqali L 7 , 
L 9 induktiv g‘altaklarni o‘rta nuqtasiga beriladi . VL 1 ni ekran to‘ri xam shu 
to‘g‘rilagichdan R 5 qarshiligi orqali kuchlanish olib ishlaydi. CHiqish 
quvvatini boshqarish transformator T1 ning yuqori voltli cho‘lg‘amini o‘rtasiga 
ulangan R1 qarshilikni SA 2 uzib ulagich bilan ulanishi xisobiga bajariladi. 
SHu zanjirga N L signal lampasi xam ulangan va u R 7 qarshiligi bilan 
shuntlangan , uni yonishini yorqinligiga ko‘ra chiqish quvvatini mavjudligi va 
katta yoki kichikligini bilish mumkin. To‘g‘rilagich va VL 1 lampasini nakali 
T1 dan kuchlanish olib ishlaydi. T1 transformatorini birlamchi cho‘lg‘ami 127 
V kuchlanish xam ulanishi uchun seksiyalarga ega (SA 3 uzib ulagichi ) 
birlamchi cho‘lg‘am tomonida ular chiqarilgan bo‘lib ularni SA 1 uzib ulab 
apparat ishlashi uchun kerakli kuchlanishni tanlash mumkin. Manba kuchlanishi 
o‘lchov asbobi (millivolt) bilan nazorat qilinadi. Buning uchun SA 4 uzib 
ulagichi yordamida T1 ni nakal cho‘lg‘amiga R 2 so‘ndiruvchi qarshiligi va VD 
3 diodi orqali ulanadi. SA 4 ni boshqa xolatida (mA) V L 1 lampasi anodi va 
ekranlovchi turidagi tokni doimiy tashkil etuvchisiga proporsional kattalikni 
o‘lchaydi ya’ni chiqish quvvatini. UVCH - 30 apparati quyidagi texnik 
xarakteristikalarga ega: generator chastotasi 40 , 68 MGs ± 2 % ; chiqish 
quvvati 30 Vt manbadan oladigan quvvati 200 Vt; UVCH – 30 ni 
modifikatsiyalangan varianti UVCH – 3 0 – 2 da generator va quvvat 
kuchaytirgichi aloxida sxema bo‘yicha ishlangan. Uning generatori kvarsli 
stabillashga ega bo‘lgan tranzistorli avtogeneratorlardan iborat chastotasi 40 , 
68 MGs ± 0.05 % . shuningdek dastlabki tranzistorli kuchaytirgich xam bor. 
Uning quvvat kuchaytirgichi bemor konturiga ulangan va ikki taktli sxema 
bo‘yicha GU - 19 – 1 nurli tetrod lampasida yig‘ilgan . 


113 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish