s
TATUF Farg’ona filiali 613/21-gruh talabasi RAHIMJONOV OTABEKNI
ELEKTRON SXEMALAR FANIDAN TAYORLAGAN MUSTAQAIL ISHI
18- mavzu. Operatsion kuchaytirgichlar. Operatsion kuchaytirgichlar
asosidagi analog signallar o‘zgartirgichlari
Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar. Analog integral mikrosxemalarning negiz
elementlari.
2.
Operatsion kuchaytirgichlarning (OK) tuzilishi. OK asosiy parametrlari va
xarakteristikalari.
3.
OKlarga inersiyasiz rezistiv (chiziqli) teskari aloqali zanjirlarning ulanishi.
Operatsion kuchaytirgich (
ОК) deb, analog signallar ustidan turli amallarni
bajarishga mo‘ljallangan, differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan,
kuchlanish bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega bo‘lgan (
К
U
=10
4
÷10
6
)
integral o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qo‘shish,
ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, integrallash, differensiallash, masshtablash kabi
matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OKlar analog va raqamli qurilmalarda
kuchaytirish, cheklash, ko‘paytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash, signallarni
barqarorlashda qo‘llanilib kelmoqda. Buning uchun OKlarga musbat va manfiy
teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA zanjirlari yordamida OKlar yuqorida qayd
etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. Qurilmalarning nomi ham shundan
kelib chiqadi.
OKning elektr sxemalarda keltiriladigan shartli belgisi 8.1, a – rasmda
ko‘rsatilgan bo‘lib, uning tarkibidagi ulanish elektrodlari, umumiy shina va tashqi
tahrirlovchi elementlar ko‘rsatilmaydi. OKlarning standart grafik belgilanishi 8.1, b
– rasmda ko‘rsatilgan. Sxemada kuchlanish manbaiga ulanish elektrodlaridan
tashqari, kuchaytirgichning talab etilgan logarifmik ACHX
ko‘rinishini shakllantiruvchi chastotani korreksiyalovchi elektrodlar
ham ko‘rsatilgan.
18.1 – rasm. OKning shartli (a) va standart grafik (b) belgilanishi.
OK ikkita kirishga ega: inverslaydigan (aylana yoki “-” ishora bilan
belgilangan) va inverslamaydigan. Agar signal OKning inverslaydigan kirishiga
berilsa, u holda chiqishdagi signal 1800 ga siljigan, ya’ni inverslangan bo‘ladi. Agar
signal OKning inverslamaydigan kirishga berilsa, u holda chiqishdagi signal kirish
signali bilan bir xil fazada bo‘ladi.
OKda ikki qutbli (±3 V... ±20 V) kuchlanish manbai qo‘llaniladi. Bu
manbalarning ikkinchi qutblari, odatda, kirish va chiqish signallari uchun umumiy
shina bo‘lib hisoblanadi va ko‘p hollarda OKga ulanmaydi.
s
OKlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra ideal kuchaytirgichlarga yaqin. Ideal
kuchaytirgich: cheksiz katta kuchaytirish koeffitsiyentiga; cheksiz katta kirish
qarshiligi; nolga teng bo‘lgan chiqish qarshiligiga; inverslaydigan va
inverslamaydigan kirishlarga, bir xil signal berilganda nolga teng bo‘lgan chiqish
kuchlanishiga, cheksiz katta keng o‘tkazish polosasiga ega.
OKlar rivojlanishning uch bosqichidan o‘tdilar.
Birinchi bosqichda universal OKlar ishlab chiqilgan. Birinchi avlod OKlari
n
– p – n
turli tranzistorlar asosida uch kaskadli tuzilma sxemasi bo‘yicha qurilgan
bo‘lib, ularda yuklama sifatida rezistorlar qo‘llanilgan. Bunday OKlarga K140UD1
va K140UD5 turdagi kuchaytirgichlar kiradi. Bu OKlarning asosiy kamchiligi uncha
katta bo‘lmagan kuchaytirish koeffitsiyenti (KU = 300÷4000) va kichik kirish
qarshiligi (RKIR ≈ 4 kOm) edi.
Ikkinchi bosqich OKlarida bu kamchiliklar yo‘qotilgan, chunki ular ikki
kaskadli sxemalardan tuzilgan. Tok bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega
bo‘lgan tarkibiy tranzistorlar qo‘llash va yuklamadagi rezistorlarni dinamik
yuklamalarga almashtirish yo‘li bilan xarakteristikalarning yaxshilanishiga
erishilgan. Barqaror tok generatorlari dinamik yuklamalar bo‘lib, ular o‘zgaruvchan
tokka nisbatan katta qarshilik qiymatini ta’minlaydilar. Ikkinchi avlod ba’zi
OKlarida kirish kaskadi
Do'stlaringiz bilan baham: |