Elektron savdo va uni soliqqa tortish



Download 67,26 Kb.
Sana19.12.2022
Hajmi67,26 Kb.
#891196
Bog'liq
Elektron savdo va uni soliqqa tortish.


Elektron savdo va uni soliqqa tortish.
Anotatsiya: Ushbu maqola raqamlashtirish va Internet orqali amalga oshiriladigan bitimlar sonining o‘sishi sharoitida O‘zbekistonda elektron tijoratga soliq solishni huquqiy tartibga solishga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi - elektron tijorat sohasida O‘zbekiston soliq qonunchiligini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash. Tadqiqot predmeti - O‘zbekistonda elektron tijorat sohasidagi soliq-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi keng ko‘lamli fiskal islohotlar doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar. Ilmiy, me’yoriy va amaliy materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida O‘zbekistonda elektron tijorat soliqqa tortishining tartibga solish va mantiqiy va qiyosiy usullaridan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash, shuningdek, ushbu sohadagi soliq siyosati.Kalit so‘z: Elektron tijorat, elektron tijoratga soliq solish, raqamli iqtisodiyot, soliq ma’murchiligi, onlayn bitim, transmilliy, transchegaraviy, raqamli mahsulot.
KIRISH
Elektron tijorat deb nomlangan yangi turdagi tadbirkorlik faoliyatining paydo bo‘lishi biznes yuritishning yangi shakllarini rivojlanishiga, shuningdek transmilliy raqamli kompaniyalar paydo bo‘lishiga olib keldi. Ananaviy va elektron tijorat tashkilotlari o‘rtasidagi biznes modellaridagi sezilarli farqlar tufayli soliq organlari raqamli biznesni boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelishdi. Soliq ma’murchiligining muammolari asosan raqamli dunyoda tijorat operatsiyalarini aniqlashning qiyinligi, shuningdek, soliq tizimlarining nomukammalligi va ularning raqamli iqtisodiyot zarbalariga tayyor emasligi bilan bog‘liq. Ushbu holatlar soliq to‘lovchilar tomonidan qonunlarni suistemol qilinishiga va natijada davlatlar uchun soliq tushumlarining yo‘qolishiga olib keldi. Natijada, soliq ma’muriyatlari elektron tijorat uchun soliq ma’murchiligining yangi yondashuvlari va modellarini ishlab chiqishni boshladilar. Biroq, davlatlar paydo bo‘lgan muammolarning echimiga turli yo‘llar bilan yondashishdi, bu transchegaraviy elektron tijoratni soliq ma’murchiligi muammolarini yanada kuchaytirdi. mamlakatlari mutaxassislari tomonidan soliq bazasining eroziyasiga qarshi kurashish rejasi va kam soliq yurisdiksiyalariga foydani olib chiqish rejasi doirasida elektron tijorat soliq ma’murchiligi masalalariga umumiy yondashuvni ishlab chiqish maqsadida 1-harakat 1ishlab chiqildi, raqamli iqtisodiyot soliq ma’murchiliginingzamonaviy modellarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar birlashtirildi. Ta’kidlash joizki, BEPS rejasining 1-harakatida ko‘rsatilgan takliflar elektron tijorat soliq ma’murchiligini rivojlantirish vektorini belgilab berdi. Masalan, transchegaraviy elektron tijoratda QQSni boshqarish bo‘yicha taklif qilingan yondashuvlar dunyoning aksariyat davlatlari, shu jumladan Rossiya Federatsiyasining soliq tizimlariga allaqachon kiritilgan. SHu bilan birga, dunyo davlatlari soliq ma’muriyatlarining raqamli kompaniyalar tomonidan xorijiy mamlakatlardagi faoliyatidan olinadigan daromadlarni soliq ma’murchiligiga nisbatan taklif etilayotgan yondashuvlar bo‘yicha fikrlari turlicha. Natijada, bu soha hanuzgacha tartibga solinmagan va raqamli kompaniyalar o‘zlari faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarda daromad solig‘ini to‘lamaslik imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Takidlash joizki, OESD hozirda ushbu yo‘nalishda faol ish olib bormoqda. SHunday qilib, 2019 yil oxirida OESD, 1-harakat bo‘yicha tadqiqotlar doirasida, raqamli iqtisodiyot muammolarini echish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etdi Internet kompaniyalari daromadlariga soliq solish huquqlarini mamlakatlar o‘rtasida taqsimlash bilan bog‘liq2. SHu bilan birga, OESD tomonidan davlatlar va biznes vakillari bilan o‘tkazilgan ommaviy maslahatlashuvlar natijasida takliflar umumiy xarakterga ega ekanligi va qayta ko‘rib chiqishni talab qilishi aniqlandi. Natijada OESD ko‘proq aniq takliflarni ishlab chiqishga e’tibor qaratdi. SOVID-19 pandemiyasi davrida olib borilgan biznes yuritishning yangi voqeliklari, natijada elektron tijorat hajmi tez suratlarda o‘sishni boshladi, va bu yurtimizda soliq mamuchiligida soliqqa tortishni yangi mexanizmlarini yaratishni taqozo qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazku maqolada O‘zbekistonda elektron tijoratni soliqqa tortishning yangi bosqichlari va uning bugungi kundagi xususiyatlari haqida fikrlar tahlil qilindi. Sh. Tilavoldiyevning “Bases of military patriotic education” nomli kitobi metodologik manba bo’lib belgilandi. Shu bilan birga Sh.M. Mirziyoyevning asarlaridan keng foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijorat ma’muriyatchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida” gi qarori loyihasini ishlab chiqishda muammo tahlili, uni hal etish yo‘llari, yangi tartibga solish vositalarini joriy etishning ehtimoliy oqibatlarini prognozlash va baholash natijalari bo‘yicha ma’lumotlar.Ushbu loyiha soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ma’muriy tartibtamoyillarni soddalashtirish, soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan elektron tijoratni boshqarishning zamonaviy modelini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.Loyihani ishlab chiqish elektron tijoratni boshqarishda quyidagi muammolarning mavjudligi bilan bog‘liq:raqamli iqtisodiyotda bitimlarni amalga oshiruvchi shaxslarni hisobga olish va monitoring qilishning samarali mexanizmi mavjud emasligi;elektron tijorat ishtirokchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha instrumentlarning takomillashmaganligi;elektron tijorat orqali tovar (xizmat)larni sotib oluvchi iste’molchilar huquqlarining himoya qilinmaganligi;elektron tijoratning norasmiy sektorini rivojlanishi oqibatida soliq bazasini yashirilishi;“Business Insider”, “eMagketeg” analitik kompaniyalarining tadqiqotlariga ko‘ra, 2021 yilda elektron tijorat bozori hajmi 4,9 trillion AQSH dollarini tashkil etadi.Ushbu tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 2021 yilda “e-commerce” dunyo chakana savdosi umumiy hajmining 17,5 foizini tashkil qiladi.Ijtimoiy tarmoqlarda bunday o‘sish dinamikasi tarqalishi va doimiy rivojlanayotgan IT-infratuzilmasi va texnologiyalari, shuningdek, ko‘plab kompaniyalarning o‘z mahsulotlarini va xizmatlarini “digital” formatiga o‘tkazish tendensiyasi bilan bog‘liq.Ekspertlarning baholash natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2,2 foizni tashkil etadi. Foyda solig‘i stavkasini 15% dan 7,5% gacha pasayishi va tovar (xizmatlar) bilan elektron savdo qiladigan elektron tijorat sub’ektlarining Milliy reestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun aylanmadan olinadigan soliq 4% dan 2% gacha pasayishiga qaramasdan, respublikadagi xufiyona sektoridagi elektron tijorat bozori darajasi 4,9 trillion so‘m qilib baholanmoqda. Bugungi kunga kelib, 77 ta elektron tijorat obekti ro‘yxatga olingan xolos. Sub’ektlarni ro‘yxatga olish www.e-tijorat.uz veb-sayt orqali amalga oshiriladi.Taqdim etilgan soliq imtiyozlari soliq to‘lovchilar ixtiyorida 1,9 mlrd. so‘m bo‘sh pul mablag‘larini qoldirish imkonini beradi.Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 150 dan ortiq elektron tijorat sub’ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.Bundan tashqari, www.tgstat.com sayti ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda savdo sohasida jami foydalanuvchilari 2 milliondan ortiq bo‘lgan 100 dan ortiq yirik kanal mavjud bo‘lib, bu omillar davlat ro‘yxatidan o‘tmagan tadbirkorlik sub’ektlarining (xufiyona tijorat) rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.SHuningdek elektron tijorat (xizmatlar) bilan shug‘ullanuvchi xorij firmalari www.tax.uz portali orqali o‘z ixtiyorlari bilan ro‘yxatdan o‘tishmoqda. Xozirgi kunda ularning soni 26 tani tashkil etadi. Davlat Soliq Qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra 2021 yil 1
choragigacha davlat byudjetiga 4,3 mlrd.so‘m to‘lovlar to‘lashgan.
Download 67,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish