Elektron qurilmalarning ishlashi uchun bitta yoki bir nechta o‘zgarmas tok taminot manbai kerak bo‘ladi



Download 58,41 Kb.
bet1/2
Sana20.06.2022
Hajmi58,41 Kb.
#685234
  1   2
Bog'liq
O


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi


INFOKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARINING ELEKTR TA’MINOTI


fanidan


Mustaqil ish
Bajardi:
Infokommunikatsiya ta’lim yo‘nalishi


414-19-guruh


Ergashxo’jayev Abdullo
talabaning F.I.Sh.

Qabul qildi: k.o’qituvchi. F.M.Qodirov


Toshkent 2022


Reja:



  1. Kirish

  2. Asosiy qism : Ikkilamchi elektir ta’minoti manbalarining parametrlari

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

Elektron qurilmalarning ishlashi uchun bitta yoki bir nechta o‘zgarmas tok taminot manbai kerak bo‘ladi. Barcha ta’minot manbalarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: birlamchi elektr ta’minot manbalari va ikkilamchi elektr ta’minot manbalari. Radioelektron apparatlari tarkibida birlamchi elektr ta’minot manbalari yoki ikkilamchi elektr ta’minot manbalari; bir vaqtda ham birlamchi ham ikkilamchi elektr ta’minot manbalari bo‘lishi mumkin.Elektr taʼminoti — elektr energetikasining sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, shahar xoʻjaligi, aholi va boshqalarni elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda uning taqsimoti bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Unga elektr energiya manbalari, kuchlanishni oshiruvchi va pasaytiruvchi elektr stansiyalari, taʼminlash taqsimlash elektr tarmogʻi, turli yordamchi qurilmalar va inshootlar kiradi. Ishlab chiqariladigan elektr energiyasining asosiy qismi sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Elektr taʼminotining asosiy manbalari elektr stansiyalari (qarang Elektr stansiyasi), hududiy energetika tizimlarining energiya bilan taʼminlash tarmoqlari (qarang Elektr tarmogʻi). Yirik sanoat korxona Aloqa korxonalarini elektr energiya bilan ta’minlashda, avval uning elektr ta’minoti qurilmasi ishlab chiqiladi. Elektr ta’minoti qurilmasini ishlab chiqishda asosiy texnik ko`rsatkichlar talab qilinadi.Elektr ta’minoti tizimlarini hisoblashda, texnik ko`rsatkichlari bilan birgalikda qo`yidagi ma’lumotlar ham ko`rsatiladi: Loyihalashtirilayotgan qurilmaning vazifasi


Ikkilamchi elektr ta’minot manbalari elektr ta’minot tizimlari yoki birlamchi ta’minot manbalaridan olingan energiyadan foydalanadigan radioelektron apparatlarning funksional uzellari yoki tugallangan qurilmalar ko‘rinishida bo‘ladi va radioapparaturaning ikkilamchi elektr ta’minotini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Ikkilamchi elektr ta’minot manbalari quyidagi parametrlari bo‘yicha turlarga ajratiladi:
1. Tarmoq zanjirining turi bo‘yicha:
a) bir fazali o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan ta’minot manbai;
b) uch fazali o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan ta’minot manbai;
d) mustaqil o‘zgarmas tokda ishlaydigan ta’minot manbai.
2. Yuklamadagi kuchlanish bo‘yicha:
a) past kuchlanishli ta’minot manbai (100 V gacha);
b) o‘rta kuchlanishli ta’minot manbai (100 V dan 1000 V gacha);
d) yuqori kuchlanishli ta’minot manbai (1000 V dan yuqori).
3. Yuklama quvvati bo‘yicha:
a) kam quvvatli ta’minot manbai (100 Vt gacha);
b) o‘rta quvvatli ta’minot manbai (100 Vt dan 1000 Vt gacha);
d) yuqori quvvatli ta’minot manbai (1000 Vt dan yuqori).
4. Yuklamadagi tok turi bo‘yicha:
a) chiqish toki o‘zgaruvchan ta’minot manbai;
b) chiqish toki o‘zgarmas ta’minot manbai;
d) chiqish toki o‘zgaruvchan va o‘zgarmas ta’minot manbai.
5. Chiqishlar soni bo‘yicha:
a) bir kanalli ta’minot manbai, o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tokli bitta chiqishga ega;
b) ko‘p kanalli ta’minot manbai, ikki va undan ko‘p chiqish kuchlanishiga ega.
6. Yuklama kuchlanishining stabilligi bo‘yicha:
a) stabillashtirilgan ta’minot manbai;
b) stabillashtirilmagan ta’minot manbai.
Stabillashtirilgan ta’minot manbai o‘zining tarkibida kamida bitta kuchlanish (tok) stabilizatoriga ega bo‘ladi, va quyidagilarga bo‘linadi:
a) kuchlanishni stabillash xarakteri bo‘yicha: - uzluksiz rostlanuvchi ta’minot manbai; impulsli rostlanuvchi ta’minot manbai.
b) teskari bog‘lanishning xarakteri bo‘yicha: - parametrik ta’minot manbai; - kompensatsiyalovchi ta’minot manbai; - kombinatsiyalashgan ta’minot manbai.
d) chiqish kuchlanishining stabillash aniqligi bo‘yicha: - chiqish kuchlanishi past stabillangan ta’minot manbai (chiqish kuchlanishining nostabillik darajasi 2 – 5 %); - chiqish kuchlanishi o‘rtacha stabillangan ta’minot manbai (nostabillik darajasi 0,5 – 2 %); - chiqish kuchlanishi yuqori stabillangan ta’minot manbai (nostabillik darajasi 0,1 – 0,5 %); - pretsizionli ta’minot manbalarida nostabillik darajasi 0,1 % gacha.

Ikkilamchi elektr ta’minot manbaining parametrlari quyidagilardir:


1) nominal chiqish kuchlanishi va toki;
2) ishlash jarayonida chiqish kuchlanishining nostabilligi;
3) ta’minot manbaining chiqish zanjiridagi maksimal, minimal va nominal quvvati. Ta’minot manbai o‘zgaruvchan tokka ishlaganda to‘liq quvvatning maksimal, minimal va nominal qiymati (volt-amperlarda) 𝑆 = 𝑈/𝑍 (𝑈 – yuklamadagi kuchlanishning ta’sir etish qiymati, 𝑍 – yuklama to‘liq qarshiligining moduli) va ularga muvofiq yuklamaning quvvat koeffitsiyentlari qiymati cos𝜑 = 𝑅/𝑍 (𝑅 – yuklamaning aktiv qarshiligi) beriladi;
4) Ta’minot manbaining elektr ta’minot tarmog‘idan yoki elektr energiya ta’minotining birlamchi manbaidan iste’mol qilayotgan tokning nominal qiymati. O‘zgaruvchan yuklama rejimida ishlaydigan ta’minot manbalari uchun birlamchi ta’minot manbaidan iste’mol qiladigan quvvatning maksimal, minimal va nominal quvvatlari beriladi.
5) o‘zgaruvchan tok tarmog‘i (yoki manbai)dan ta’minlanuvchi ta’minot manbalari uchun quvvat koeffitsienti cos𝜑 = 𝑃/𝑆, bunda 𝑃 – ta’minot manbaining birlamchi tarmoqdan iste’mol qilayotgan to‘liq quvvatining aktiv tashkil etuvchisi, 𝑆 – to‘liq quvvatning nominal qiymati. O‘zgarmas tok yuklamasi uchun cos φ = 1, chunki 𝑆 = 𝑃;
6) nominal rejimda foydali ish koeffitsiyenti:
𝜂 = 100
bunda, 𝑛 – ta’mnot manbaining chiqishlari soni; – 𝑖 chi chiqish bo‘yicha yuklamaga berilayotgan nominal quvvat, – iste’mol qilinayotgan nominal quvvat;
7) ta’minot manbaning ichki qarshiligi, chiqish kuchlanishi o‘zgarishi Δ qiymatining ushbu o‘zgarish sababli yuzaga keladigan chiqish toki o‘zgarishi Δ ning qiymatiga nisbati (1.1-rasm).


1.1-rasm. Taminot manbaining yuklama xarakteristikasi:
1 – ta’minot manbaining ideal xarakteristikasi;
2 – ta’minot manbaining real xarakteristikasi.

8) chiqish kuchlanishining pulsatsiya sathi va/yoki pulsatsiya koeffitsiyenti = - chiqish kuchlanishi o‘zgaruvchan tashkil etuvchisining birinchi garmonikasi amplitudasi, – chiqish kuchlanishining o‘zgarmas tashkil etuvchisi


Xulosa
Men ushbu mustaqil ishdan xulosa qilip shuni aytamanki elektron qurilmalarning ishlashi uchun bitta yoki bir nechta o‘zgarmas tok taminot manbai kerak bo‘lishi , barcha ta’minot manbalarini ikki guruhga bo‘lish mumkinligini yani birlamchi elektr ta’minot manbalari va ikkilamchi elektr ta’minot manbalariga bo’lish mumkinligini va ikkilamchi elektr ta’minot manbaining parametrlari xaqida o’zimga kerakli ma’lumot oldim.

Foydalanigan adabiyotlar






Download 58,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish