Ma'lumotlarga ko'ra, Aleksandr Bel birinchi telefon apparatini 1875 yilda patentlagan bo'lsa, shotlandiyalik soatsoz Aleksandr Beyn tomonidan ixtiro qilingan faks qurilmasining dastlabki turi ancha oldin — 1843 yilda ro'yxatdan o'tkazilgan ekan.
Ta'kidlash joiz: «Beyn telegrafi» deb nomlangan bu qurilma orqali unchalik ko'p ma'lumot jo'nata olinmagani bois, apparat 1855 yilda italiyalik olim Jovanni Kazelli tomonidan takomillashtirilganidan so'nggina Fransiya va Rossiya aloqa tizimlarida foydalanila boshlangan.
Faksimal aloqaning bugungi kundagi turi XX asrning 20 yillaridayoq amalga tatbiq etila boshlangan bo'lsa-da, Xalqaro elektraloqa uyushmasi faks apparatlari orqali ma'lumot jo'natish me'yorlarini 1968 yilda ma'qulladi. Faks-texnologiyalarning eng rivojlangan davri sifatida o'tgan asrning 80-yillari tilga olinadi.
Elektron pochta – kompyuter tarmoqlari bo‘ylab elektron xatlar bilan almashish (qabul qilish va yuborish) imkonini beruvchi texnologiyadir. Elektron pochta tuzilishi va ishlash prinsipi jihati tomonidan oddiy (qog‘ozli) pochta tizimiga o‘xshab ketadi. Undagi terminlar (xat, konvert, banderol («посылка»), pochta quti, etkazib berish), unga xos bo‘lgan jihatlar – qulayliklar, xabarlarni jo‘natishdagi kechikishlar, yetarli darajadagi ishonchlilik va shu bilan birga etkazib berishning kafolatlanmasligi kabi xususiyatlar elektron pochtaga ham xos.
Elektron pochtaning afzalliklari:
Manzillar nomining eslab qolishga qulayligi (misol uchun: uzdasturchi@gmail.com); matndan tashqari istalgan formatdagi fayllarni jo‘natish imkoniyati; xabarlarning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib berilishi; foydalanishning osonligi va hokazo.
Elektron pochtaning kamchiliklari:
Spam (reklama va viruslarning ommaviy ravishda tarqatilishi); xabar ba’zan bir necha kungacha kechikib yetkazib berilishi ehtimoli; xabar hajmining chegaralanganligi, pochta qutisiga begona odam kirib olsa, undan g‘arazli maqsadlarda foydalish imkoniyati va hokazolar
Hozirgi kunda kompyuterda ozmi-ko‘pmi ishlay oladigan har qanday odam o‘ziga bepul elektron pochta qutisi ochib olib, undan bemalol foydalanishi mumkin. Buning uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi portallarning birida ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Ro‘yxatdan o‘tgach, internet tarmog‘iga ulangan har qanday kompyuter orqali elektron pochta istagancha foydalanish mumkin. Bunday portallar juda ko‘p. Ularning eng mashhurlari quyidagilar:
http://mail.google.com
http://mail.yahoo.com
http://www.mail.ru
http://mail.yandex.ru
http://mail.rambler.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |