Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatdagi global kompyuter tarmoqlari.
Zamonaviy axborot texnologiyasiga ega hisoblash texnikasidan va elektron
uzatish tizimidan foydalanmay turib zamon talabiga javob beruvchi moliyaviy
muassasalarni tashkil etish mumkin emas. Shu bois, bunday muassasalar ham das-
turli – apparat kompleksi sifatida, ham elektron shaklda axborot uzatishning kom-
munikasiya vositasi sifatida eng yirik iste’molchilar hisoblanadi. Tashkilotlarning
alohida avtomatlashtirilgan komplekslarini bog’lovchi global tarmoqlar milliy va
xalqaro darajada hisob-kitoblar o’tkazish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |