Qanday qilib elektron pochta (E-mail) yaratish va ochish mumkin 2019
Assalomu aleykum, aziz yurtdoshlar ! Sizni Get-Money.Uz saytida ko’rib turganimdan juda hursandman, Siz bilan esa blogger Mister Anonymus.
Juda ko’p odamlar internetda pul ishlashni istashadi, ammo internetda pul ishlashni boshlash uchun birinchi qadam bilan elektron pochta (E-mail) yaratib olish lozimdir. Sababi, har bir saytda ro’yhatdan o’tayotganda Sizdan E-mail, yani elektron pochta so’rashadi va yana bo’lsa elektron pochta orqali boshqa ishlarni ham bajarsa bo’ladi.
Ushbu maqolada Biz elektron pochta (E-mail) yaratishni o’rganib olamiz va yana bo’lsa Siz uchun men elektron pochtani ishlatish bo’yicha videodars tayyorlaganman.
Agar Sizga elektron pochta juda kerak bo’ladigan bo’lsa, unda o’zingizga qahfa damlab, maqolani o’qishni boshlang !
Maqolaning xaritasi :
1. Elektron pochta haqida
2. Elektron pochta yaratish bo’yicha yozma-qo’llanma
4. Xulosa
Ushbu maqola internetda pul ishlashni boshlash istagida yurgan odamlarga juda foydali bo’ladi va elektron pochta yaratish va ochish juda onson ishga aylanib qoladi.
Elektron pochta haqida
Elektron pochta (ingliz tilida E-mail, yani «electronic mail») — hat jonatish boyicha texnologiya va xizmat hisoblanadi. Elektron pochta orqali hatlar va kerakli bo’lgan malumotlarni, yana bo’lsa kerak bo’lgan fayllarni jo’natish mumkin.
Hozir internetda deyarli hamma odamlarda elektron pochta mavjud va elektron pochtaning shakli, shundan iborat :
isim@xizmatchi.domen
Isim — ushbu bo’limga Siz hohlagan ot qo’yishingiz mumkin. Masalan : laqabingiz, yaxshi ko’rgan qizingizni ismi bilan o’zingizni ismingiz, yoki ismingiz bilan tug’ulgan yilingiz.
@ — elektron pochtaning belgisi.
Xizmatchi — elektron pochtani qilib beradigan xizmatchi. Masalan : Mail, Gmail, Яндекс Почта va boshqalar.
Domen — elektron pochtani qilib beradigan xizmatchining domeni (manzili).
Sizning pochtangiz ham shunga o’xshagan bo’ladi !
Elektron pochta yaratish bo’yicha yozma-qo’llanma
Demak, pochta haqida to’liq bilib oldik va endi uni yaratishga o’tamiz. Men o’zim Gmail va Mail ishlatib kelmoqdaman, ammo Sizga men Gmail ishlatishni tavsiya qilaman.
Birinchi qadam. Gmail.Com saytiga o’tib «Создать аккаунт» degan tugmaga bosamiz :
Ikkinchi qadam. Ismingiz bilan familiyangizni kiriting :
Uchinchi qadam. Yangi pochtangizga yangi ism kiriting. Masalan : «MeningLaqabim» :
To’rtinchi qadam. Yangi parol toqib, uni yana bir bor kiriting :
Beshinchi qadam. Tug’ulgan sanangiz bilan jinsingiz tanlang :
Oltinchi qadam. Telefon raqamingizni kiritib, mamlakatingizni tanlang :
Yettinchi qadam. «Далее» tugmasini bosing :
Sakkizinchi qadam. Chiqib kelgan oynachani pastga tushurib «Принимаю» degan tugmaga bosamiz :
To’qizinchi qadam. Pochta yaratildi, endi ishlatishni boshlashingiz mumkin !
Xulosa
Demak, aziz yurtdoshlar Biz bu maqolada elektron pochta haqida to’liq malumotni bilib oldik, uni yaratdik va ishlatishni bilib oldik. Agar Sizga maqola yoqgan bo’lsa, unda do’stlar bilan bo’lishish esingizdan chiqmasiz.
Siz bilan blogger Asadbek Ibragimov edi, ko’rishguncha !
Do'stlaringiz bilan baham: |