Elektron pedagogikada raqamli ta’lim jarayonini tashkil etishda didaktik tamoyillar



Download 21,86 Kb.
bet1/2
Sana15.04.2022
Hajmi21,86 Kb.
#553128
  1   2
Bog'liq
6 Мавзу Elektron pedagogikada raqamli ta’lim jarayonini tashkil


ELEKTRON PEDAGOGIKADA RAQAMLI TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHDA DIDAKTIK TAMOYILLAR



  1. Shaxsga yunaltirilganlik tamoyili.

  2. Adaptivlik tamoyili.

  3. Interaktivlik tamoyili.

1. Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Globallashuv sharoitida ta’lim shaxsni xar tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muxim o’rin tutadi. Bugungi tezkor davr talabalarni xam qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o’zlashtirilishi uchun zarur shart- sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.


Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko’ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo’naltirilishi talab qilinmosda. O’zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta’lim shaxsga yo’naltirilgan ta’lim deb nomlanadi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim - talabaning fikrlash va xarakat strategiyasini inobatga olgan xolda uning shaxsi, o’ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim.
Bu ta’lim o’qitish muhitining talaba imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko’ra ta’lim muxiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim xamda tarbiya jarayonini to’laligicha talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta’minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning o’ziga xos jixati ta’lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muxitni yaratishdan iborat. Bu turdagi ta’lim talabalarda mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat siladi. Bu turdagi ta’limni tashkil etishda pedagoglardan har bir talaba imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini xurmat qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi. qolaversa, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim o’qitish jarayonining ishtirokchilari pedagog -talaba yoki talaba-talaba, talaba-talabalar guruhi, talaba-talabalar jamoasi tarzida o’zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi.
Pedagog ta’lim jarayonida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanar ekan, bir qator shartlarga qat’iy rioya etishi kerak. Ushbu talablar quyidagilaran iborat:
- har bir talabani aloxida, o’ziga xos shaxs sifatida ko’ra olishi;
- talabani hurmat qilishi;
- talabaning ruxiy holatini to'g'ri baholay olishi;
- talabaning hoxish-istaklarini inobatga olishi;
- har bir talabaga tolerant munosabatda bo’lishi;
- talabaning kuchi, imkoniyati va intilishlariga ishonch bildirishi;
- har bir talaba uchun qulay ta’lim muhitini yaratishi;
- talabalarning mustaqil yoki kichik guruhlarga erkin ishlashlari uchun imkoniyat yaratish;
- talabalarni o'z faoliyatlarini mustaqil nazorat qilish, faoliyati samaradorligini aniqlash, yutuqlarning omillari va yo'l qo'yilgan xatolarning oqibatlarini tahlil qilishni o'rgatish;
- ta’lim jarayonida xech bir talabaga tazyiq o'tkazmaslik;
- alohida talabaning kamchiliklarini burttirib ko'rsatmaslik;
- bordi-yu, talaba tomonidan bilimlarni o’zlashtira olmaslik, ta’lim jarayonida o’zini odobsiz tutish holati qayd etilsa, u holda qat’iy xulosa chiqarmasdan, buning sabablarini aniqlash;
- aniqlangan sabablar asosida talabaning sha’ni, g'ururiga ziyon etkazmagan holda u tomonidan bilimlarni o’zlashtira olmaslik, o’zini odobsiz tutish kabi
holatlarni bartaraf etish;
- ta’lim jarayonida har bir talaba uchun “muvaffaqiyat muhiti”ni yarata olish;
- har bir talabaga ta’lim olishda muvaffaqiyatga erisha olishiga yordam berish;
- talabaning qobiliyatini o’stirish, shaxs sifatida rivojlanishiga yordam berish.

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim talabani ta’lim tizimiga pedagog sifatida har bir talabaning hurmati va ishonchini qozona olishi moslashtirishni emas, aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi.


Bu turdagi ta’lim talabalarni o’z-o’zini rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o’zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to’la namoyon eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur. Talabalar shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayonida O’quv materialini o’zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yonashishni, yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o'z fikrini himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish ko'nikma, malakalarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

2. Adaptivlik tamoyili. Ma’lumki, talaba oliy o‘quv yurtiga kelgan dastlabki kundan boshlab uning faoliyat ko‘lami (o‘qish jarayonida o‘ziga ishonch, o‘z-o‘zini tartiblash, o‘qish, kun tartibiga amal qilish, dam olish) kengayadi. Bu kabi faoliyat ko‘nikmalarini egallashida moslashuvchanlik tamoyili muhimlik kasb etadi. Natijada, shaxs asta-sekin ijtimoiy ko‘nikmaga ega bo‘lib boradi. Shuning uchun ta’lim jarayonining samarali bo‘lishi, uni tabaqalashtirib o‘qitishda ta’lim mazmuni va boshqa faoliyat modellari hisobga olinishi, ularni talabalar kundalik hayot faoliyatida egallab borishi ta’minlanishi zarur. Ayni vaqtda tabaqalashtirib o‘qitish talaba shaxsini rivojlantirish va uni ijtimoiy hayotga moslashtirishda samarali ahamiyat kasb etadi. Tabaqalashtirib o‘qitishda moslashuvchanlik tamoyilining o‘ziga xosligi talaba shaxsining dinamik o‘zgaruvchan holati – bu yangi muhit normalari, qadriyatlari va munosabatlari, yangi hayot sharoitlari, yangi ijtimoiy aloqalar, o‘zaro ta’sirlar va ijtimoiy rollarni qabul qilishni qulaylashtiradi. Moslashtirish tamoyili talabaning ichki pozitsiyasini o‘rganishga yo‘naltirilganligini, uning o‘qish joyiga bo‘lgan hissiy ijobiy munosabatini, “yaxshi talaba” modeliga mos kelishni xohlaydigan motivatsiya berishni nazarda tutadi. Chunki tabaqalashtirib o‘qitishda moslashtirish tamoyilidan foydalanmaslik talabaning pozitsiyasini aks ettiruvchi bolaning eng muhim ehtiyojlari qondirilmagan hollarda, u doimiy hissiy tanglikni boshdan kechirishi mumkin, bu o‘qishda doimiy muvaffaqiyatsizlikni kutish, o‘qituvchilar va do‘stlarining o‘ziga nisbatan yomon munosabati o‘qishni istamaslik kabi salbiy emotsiyalarni keltirib chiqaradi.


3.Interaktivlik (inglizcha interaction - "o'zaro ta'sir" ) - ob'ektlar yoki sub'ektlar o'rtasidagi o'zaro ta'sirning tabiati va darajasini ochib beruvchi tushuncha.
Quyidagi sohalarda qoʻllaniladi: axborot nazariyasi, informatika va dasturlash, telekommunikatsiya tizimlari, sotsiologiya, dizayn, xususan, oʻzaro taʼsirlarni loyihalash va boshqalar.

Download 21,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish