Minerallarning kristalloptikaviy xossalarini o‘rganishdan o‘tgan va qaytgan yorug‘lik nurlari yordamida ishlashga asoslangan mikroskoplardan foydalaniladi.
Mikroskop ixtiro qilinishi 1617—1619 yillarga to‘g‘ri keladi. Dastlabki paytlarda deyarli yuz yil davomida undai faqat tabiiyot fani tekshirishlarida foydalanib kelindi. XVIII asrning boshlarida mikroskopdan kristallarni o‘rganishda foy-dalana boshlandi. Molyus 1808 yili nurning qutblanishini aniqlab, 1829 yilda Nikol qutblantiruvchi prizma ixtiro qilgach, mikroskop kristallarni o‘rganishda keng ishlatila boshlandi. Usha davr ixtirolaridan yana biri Byusterning kristallar simmetriyasini ifodalovchi interferension manzaralari ham polyarizatsion mikroskopni takomil topishida katta rol o‘ynadi. Keyin u adsorbsiya anizatropiyasini tekshirdi. Bu hodisa hozir pleoxroizm deb ataladi.
1834 yili Talbot oddiy mikroskopga polyarizator va analizator o‘rnatib, birinchi polyarizatsion mikroskop yasadi. Zamonaviy ko’rinishi.
1880 yili Germaniyada Lazo va Fransiyada Bertran konos-kopik figuralarni o‘rganishda polyarizatsion mikroskopdan foydalanishni taklif qildilar. 1893 yili E. S. Fedorov minerallarni mikroskop ostida optikaviy tekshirishning teodolit usulini ishlab chiqdi, bu usul keyinchalik V. V. Nikitin, M. Berek va N. SHumanlar tomonidan takomillashtirildi.
1880 yili Germaniyada Lazo va Fransiyada Bertran konos-kopik figuralarni o‘rganishda polyarizatsion mikroskopdan foydalanishni taklif qildilar. 1893 yili E. S. Fedorov minerallarni mikroskop ostida optikaviy tekshirishning teodolit usulini ishlab chiqdi, bu usul keyinchalik V. V. Nikitin, M. Berek va N. SHumanlar tomonidan takomillashtirildi.
Hozirgi vaqtda Vatanimizda ishlab chiqarilayotgan polyarizatsian mikroskoplar juda murakkab asboblar bo‘lib, ularga o‘rnatiladigan moslamalar bilan tekshirilayotgan moddalarning kristallooptikaviy va boshqa xossalari haqida keng ma’lumot olishga imkon beradi. Tegishli moslamalar o‘rnatilgan MIN-8, MPO-1, MPS-1 kabi mikroskoplar bilan minerallarking kristallooptikaviy xususiyatlarini tekshirishda aniq ma’lumotlar qisqa vaqtda olinadi va ular ishlashda qulaylik yaratadi.
larda anorganik moddalar bir va ikki nikol yordamida tekshiriladi. Bitta nikol bilan ishlaganda analizator optikaviy sistemadan chiqarilgan, yorug‘lik turlari bir-biriga parallel bo‘ladi. Bunda:
Polyarizatsion mikroskoplarda anorganik moddalar bir va ikki nikol yordamida tekshiriladi. Bitta nikol bilan ishlaganda analizator optikaviy sistemadan chiqarilgan, yorug‘lik turlari bir-biriga parallel bo‘ladi. Bunda:
1) tekshirilayotgan moddaning fazaviy tarkibi aniqlanadi. Buning uchun minerallarning rangi va yorug‘lik nurini turlicha sindirishidan foydalaniladi;