Xulosa qilib, shuni aytishim mumkinki, u hozirgi kunda ham o’z sinfida eng quvvatli dastur hisoblanadi.
MICROSOFT EXCEL dasturini yoklash va ishni tugalash.
EXCEL dan foydalanuvchilar ishchi kitobidan tashkil topgan .xls kengaytmali fayllar va .xlt kengaytmali shablonlar bilan ish yuritadilar. Ishchi kitobi ishchi, diagramma va modulli sahifalardan tashkil topgan bo’lib, ular EXCEL programmasini ishga tushirgandan so’nggina hosil qilinadi.
EXCEL programmasini xotiraga yo’qlash uchun:
a)Kursorni ekrandagi MICROSOFT EXCEL piktogrammasiga qo’ying.
b)Sichqonchani chap tugmasini ikki marta bosing.
Diagramma – ishchi varaq ma'lumotlarini grafik usulda (sxematik) tasvirlash.
Diagrammani ish varag’ida va alohida varaqda yaratish mumkin. U holda uni diagrammalar varag’i yeb ataladi. Diagrammalar ma'lumotlarini ko’rgazmali o’rganish, ulari tahlil qilish va takkoslash, bu ma'lumotlarga o’zgartirish imkoniyatini beradi. Diagrammaning qo’yidagi turlari mavjud:
grafikli; chiziqli; gistogrammalik;
nuqtali; dumaloq; halqasimon; xajmli (grafik, gistogramma, sohali, chiziqli, yo’zali, dumaloq).
EXCEL da hammasi bo’lib 14 ta turli diagrammalar taklif etiladi. Ular esa ma'lumotlarni aniq va tushunarli ravishda ifodalashga imkoniyat yaratadi.
(Savol:1.Diagrammaning qanday turlari mavjud ekan? 2. Sizning sohangizda qaysilarini qo’llash qulayroq deb o’ylaysiz? Diagrammaning asosiy elementlari.
diagrammani yaratishda ishchi varaqda ajratilgan katakchalarning qiymatlaridan foydalaniladi va EXCEL ularni ma'lumotlarning elementlari (ishchi varaq katakchalaridan iborat bo’lib, diagrammada ifodalangan alohida qiymatlar) ko’rinishida ifodalaydi.
Ma'lumotlarning elementlari yo’l, chiziq, ustun, sektor, nuqta yoki boshqa ko’rinishda tasvirlanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bu shakllar ma'lumot markerlari deb ataladi. Ishchi varag’ida bir satr yoki ustundani katakchalarni ifodalovchi ma'lumotlar, elementlar yoki markerlar guruhi ma'lumotlar Qatorini tashkil etadi. Diagrammalar har bir ma'lumotlar Qatori alohida rang bilan ajratiladi;
afsona – xoshiyasi va kaliti bo’lganmaxsus oyna bo’lib, ular diagrammada ma'lumotlar Qatorini farqlash imkoniyatini beradi;
V) diagramma nomi – foydalanuvchi tomonidan diagramma yaratish uchun berilib, ushbu diagrammalar qanday jarayon qurilayetganini ifoda etadi.
Tanlangan ma'lumotlarni ko’rinishiga qarab, xajmi ikkita yoki uchta o’qqa ega bo’ladigan diagrammalar mavjud. Ko’pchilik diagrammalar uchun ma'lumotlar Y uqi (qiymatlar o’qi, masalan, o’zlashtirish foizi, o’girligi yoki rivojlanishi) X o’qi bo’ylab joylashtiriladi.
Ko’pincha diagrammalarda X o’qi gorizontal, Yo’qi esa vertikal joylashadi. Ba'zi hollardagina diagrammalar doirasimon va halqasimon bo’lib, ularda umuman o’q bo’lmaydi. Chiziqli diagrammalarda o’qlar teskari joylashadi. Nuqtali diagrammalarda esa qiymatlari ikki o’q bo’ylab joylashadi. Xajmi (fazoviy) diagrammalarda Z (qiymatlar o’qi), X (kategoriyalar o’qi) va Y (ma'lumotlar o’qi) o’lari diagrammaning asosini shakllantiradi.
G) Elak – ko’rish sohasi orqali o’qda belgilangan joyda keltiruvchi qo’shimcha chiziqlar. «Elak» diagrammada ma'lumotlarni ko’rib chiqish va baholashni yengillashtiradi.
Diagrammalarni joylashtirish.
(Mulohaza: Diagrammani yaratishdan oldin, undan nima maqsadda foydalanishni bilish zarur deb bilaman. Siz shu fikrning qanday mavkei bor deb o’ylaysiz?)
Agar u ishchi varag’idagi ma'lumotlarga ko’rgazma uchun (masalan, hisobot to’zish uchun) foydalanilsa, u holda joriy qilingan diagrammani yaratish kerak. Diagramma varag’i avtomatik tarzda ishchi varag’ini chap tomoniga joylashtiriladi. Diagramma varag’i taqdimot yoki o’qitish uchun mos keladi. Masalan, slayd yoki tarqatma materiallar tayorlash, shuningdek chop etilgan materiallarni (chunonchi, ro’znomalardagi maqola va reklamalarni) to’ldirish uchun mos keladi.
Diagrammani joylashtirish usullarini o’rganish:
Uskunalar panelida diagrammalar to’zish uchun mo’ljallangan ma'lumotlardan foydalanib, jadval to’zing.
Ishchi varag’idan diagramma to’zish uchun kerak bo’lgan, shu jumladan, diagrammada qo’llanilishi zarur bo’lgan kategoriya va Qatorlarni o’z ichiga olgan katakchalarni hisobga olgan holda, ma'lumotlarni ajrating (avvaldanoq kategoriya va Qatorlarga nimalar kirishini aniqlab olish maqsadga muvofiq).
«Diagrammalar ustasi» tugmasini («Sichqoncha» kursorning shaklini kesishmada o’zgartiradi) bosing.
Diagrammaning joyini avtomatik tanlash uchun ishchi varag’i bo’yicha
«Sichqoncha» tugmasini bosing. Ishchi varag’ida diagrammaning joyini mustaqil ravishda berish uchun «Sichqoncha» kursorining kesishmasini diagramma joylashishi kerak bo’lgan joyga qo’ying va diagramma qo’yilishi kerak bo’lgan, istalgan o’lchamdagi to’rtburchakni ajrating.
Kavdrat diagrammani aniq to’zish uchun SHIFT tugmasini bosing va «Sichqoncha» kursorini yurgizgan holda uni bosib turing:
So’ngra «diagrammalar Ustasi»ning ko’rsatmasi bo’yicha ish to’ting;
Navbatdagi kadamga o’tish yoki oldingisiga qaytish uchun «Qadam» tugmasini bosing;
Diagramma to’zishning Ixtiyoriy qadamida tamomlash tugmasini bosish avtomatik tarzda diagramma to’zishni olib keladi. Diagrammani formatlash.
Diagrammaga Ixtiyoriy o’zgartirish kiritish uchun dastlab uni faollashtirish kerak. Diagramma faol bo’lganda, uning barcha buyruqlariga murojaat qilish imkoniyati tug’ilib, diagramma komponentlarini ajratish va o’nga o’zgartirishlar kiritish mumkin bo’ladi. Masalan, «Afsona» va «Elak»ni qo’shish yoki olib tashlash, ma'lumotlar markazini formatlash, diagramma o’zgartirish yoki umuman olib tashlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |