Elektron hukumat tizimi
Reja:
•
•
•
Elektron hukumat(EH) tizimi haqida
umumiy tushuncha
EH bo’yicha qabul qilingan qarorlar
EH bo’yicha chet el davlatlarining
tajribasi
Elektron hukumat(EH) tizimi haqida
umumiy tushuncha
• Elektron hukumat
— Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar
va jarayonlar majmuasi tegishli axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan
hukumat. Kommunikatsiya
tarmoqlari (shu jumladan Internet)
orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va
tarqatishni
elektron
vositalari asosida davlat boshqaruvini
tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari
tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar
bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga
davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron
hukumat“ tushunchasi
1990-yillarning
boshida paydo boʻlgan,
lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi.
• Elektron hukumat (ingl. e-Government) – bu fuqarolar,
biznes, davlat hokimiyati boshqa tarmoqlari va davlat
amaldorlariga axborot taqdim etish hamda avvaldan
shakllangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘lib, bunda
davlat va fuqaro o‘rtasidagi shaxsiy aloqa
minimallashtirilgan bo‘ladi va axborot
texnologiyalaridan maksimal darajada foydalaniladi.
Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida «Elektron
hukumat» milliy tizimini faol tatbiq qilinmoqda. Bu tizim
davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar
o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash orqali biznes-
jarayonlarni samarali rivojlantirishni ta'minlabgina
qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini internet orqali
hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini
ham yaratadi.
•
•
•
•
•
•
•
•
•
Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat
idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini
taqdim qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
tushuniladi.
Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini
ta’minlaydi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu — hujjatni skanerlab,
uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim.
Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat
xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini
boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik
yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini
osonlashtiradi.
Elektron hukumat quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
G2C (government-to-citizen) — davlatdan-fuqaroga
G2B (government-to-business) — davlatdan-biznesga
G2G (government-to-government) — davlatdan-davlatga
G2E (government-to-employee) — davlatdan-xodimga
EH bo’yicha qabul qilingan qarorlar
•
•
Dasturning bosh maqsadi iqtisodiyotning barcha jabhalarida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni
rivojlantirish, axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarining
yaratilishini jadallashtirish, shuningdek aholi va tadbirkorlik
sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari soni va
sifatini yanada oshirishdan iborat.
2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida
telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa
infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shartli ravishda yana ikki
dasturga bo‘lish mumkin. Birinchi dastur – O‘zbekiston
Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va
infratuzilmasini rivojlantirish bo‘lsa, ikkinchi dastur – “elektron
hukumat” tizimining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi
kompleksini yaratish.
•
•
Telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini
rivojlantirish dasturida keng polosali texnologiyalar yordamida
simli va simsiz aloqani, ma’lumotlar uzatish hamda ovozli trafik
kommutatsiya markazlarini yanada rivojlantirish, magistral
telekommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash va kengaytirish,
multimedia xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur infratuzilmani
yaratish vazifalari belgilab olingan.
Misol uchun, 2020 yigacha keng polosali optik aloqa
tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirish, undan so‘ng
mamlakatning barcha hududlarida EVDO, 3G, 4G LTE baza
stansiyalarini o‘rnatish ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Korporativ sohalar uchun multimedia xizmatalrini ko‘rsatish
studiyalarini ishga tushirish, axborot-ma’lumotnoma markazlari,
ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, keshlash markazlari
faoliyatini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.
•
•
•
•
•
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi
PQ-1989-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “elektron
hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilab
olingan:
“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va
ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda
loyihalar ro‘yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan.
Kompleks dastur – O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy
etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 22 ta loyiha va 6 ta
tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning
Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika
komissiyasi tashkil qilingan.
Shu bilan birga Vazirlik qoshida 2 ta yirik “Elektron hukumat” tizimini
rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlarini
tashkil etish belgilangan.
•
•
•
•
•
•
•
•
O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish
bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilgan. Mazkur grafiklarda loyihalarni
amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish
belgilangan:
Dastlabki loyiha oldi tadqiqotlarni o‘tkazish, bunda interaktiv
xizmatlar bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud holatini
o‘rganish, va takliflar ishlab chiqish.
Loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.
Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan
o‘tkazish.
Texnik topshiriq ishlab chiqish.
Loyihani amalga oshiruvchini aniqlash bo‘yicha tanlovlar
o‘tkazish.
Loyihani amalga oshirishdan iboratdir.
•
•
•
“Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari
doirasida 2014-2016 yillarda idoralararo integratsiyalashgan
platformani yaratish loyihasi amalga oshiriladi. Bu platforma
barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga
ma’lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan
foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma’lumot almashishga
xizmat qiladi.
Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro
axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat
xizmatlarini ko‘rsatish 2013 yilda ishga tushirilgan
Yagona
portal
orqali amalga oshirilmoqda.
Dasturga muvofiq, “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini
identifikatsiya qilish maqsadida ochiq kalitlar bazasida Yagoan
identifikatsiya tizimini yaratish loyihasini tashkil qilish ko‘zda
tutilgan.
•
•
•
Jismoniy va yuridik shaxslar, transport, kadastr, ko‘chmas mulk,
ma’lumot va klassifikatorlar jam qilingan milliy ma’lumotlar
bazasi va reyestri, axborot tizimlarini rivojlantirish “elektron
hukumat”ni samarali etishning muhim bosqichi hisoblanadi.
Shundan so‘ng, aholi va tadbirkorlarga davlat organlari
xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish, davlat organlariga
o‘z faoliyatlarini optimallashtirish, samaradorligini oshirish
imkoniyati yaratiladi.
2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida
telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa
infratuzilmasini rivojlantirish dasturi O‘zbekistonda axborot
jamiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatning jahon axborot
makoniga yanada integratsiyalashuvida yangidan-yangi
imkoniyatlarning yaratilishida muhim huquqiy hujjat bo‘lib
xizmat qiladi.
EH bo’yicha chet el davlatlarining tajribasi
•
•
•
•
Janubiy Koreya elektron hukumatni rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatga erishgan davlat
hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat institutlarining hamda
aholining davlat boshqaruvidagi elektron ishtirokining rivojlanganlik darajasi bo‘yicha
reytingida birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham uning tajribasi so‘nggi yillarda
ko‘plab tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.
Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bo‘yicha tashabbus 2001-yilda yuridik
kuchga ega bo‘ldi. Mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan
dastur hukumat organlarining ishida samardorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lib, u uch
bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan.
Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning
natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunyo bilan Internet orqali uchta asosiy
yo‘nalishda — G2C (davlatdan-fuqaroga), G2B (davlatdan-biznesga) va G2G (davlatdan-
davlatga) sxemalari bo‘yicha aloqa qila boshladi.
Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo elektron aloqalarni ta’minlashga
qaratilgan informatsion-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan. Unda, xususan,
elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol qo‘llanilgan.
Umumiy hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSH dollari miqdorida mablag‘
sarflangan. Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi bo‘yicha jahonda 4-o‘ringa
ko‘tarilib oldi.
•
•
•
•
•
•
•
Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o‘z oldiga ancha
katta maqsadni qo‘ygan — dunyo davlatlari ichida nisbatan ochiq va
shaffof elektron hukumatni shakllantirish. Koreyaning “Elektron
hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari” nomli dasturiga
muvofiq to‘rtta sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan:
davlat boshqaruvi organlarining faoliyat ko‘rsatishi
davlat xizmatlarini ko‘rsatish
axborot resurslarini boshqarish
qonun ijodkorligi tizimi
Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSH
dollari miqdoridagi mablag‘ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham
a’lo darajada bo‘lgan.
2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55
foizida davlat apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta
ishlashning milliy elektron tizimi — “On-Nara” (koreyscha, onlayn-
mamlakat) tizimidan foydalanishga o‘tgan. Buning natijasi o‘laroq,
fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30-44 kundan
7-13 kungacha qisqargan.
•
•
•
•
•
•
•
•
Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning innovatsion tizimi — “On-Nara”
2007-yildan to‘liq ishga tushgan bo‘lib, uning oldiga quyidagi maqsadlar qo‘yilgan:
ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv jarayonlarini
standartlashtirish;
davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona
tizimga solish;
tizim ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni ta’minlovchi turli
jarayonlarni o‘zaro bog‘lash va bir-biriga integratsiya qilish.
Janubiy Koreyada hozirda deyarli barcha davlat xaridlari veb-texnologiyalar
yordamida amalga oshiriladi — tenderlarning 93 foizi va onlayn-xaridlarning 99,6
foizi.
Davlat instansiyalariga tovar va xizmatlarni yetkazib berishda elektron shaklga
o‘tish natijasida har yili 4,8 milliard dollar mablag‘ tejalmoqda.[2] Chunki, barcha
tender takliflari veb-saytdagi maxsus kompyuter dasturi vositasida ko‘rib chiqiladi
va baholanadi, bu tenderning qanchalik ochiq va shaffof ekanligini ko‘rsatib beradi.
Tashqi savdoda eksport bo‘yicha bojxona deklaratsiyalarini ko‘rib chiqish uchun
ketadigan vaqt 1 kundan 2 daqiqagacha, import bo‘yicha esa — 2,5 kundan 1,5
soatgacha qisqartirilgan. Bu esa, yiliga 2,5 milliard dollar mablag‘ni tejash imkonini
bermoqda.
Umumiy hisobda, Janubiy Koreyada elektron hukumatni joriy etish ortidan har yili
10 milliard dollardan ortiq mablag‘ tejab qolinmoqda.
•
•
•
2008-yildan uchinchi bosqich boshlangan. Bu bosqichda asosiy
e’tibor barcha mavjud tizimlar va turli darajadagi elektron hukumatlar
o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ularni bir-biriga
integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Bu fuqarolarga va
kompaniyalarga kompleks davlat xizmatlarini taqdim qilish imkonini
beradi.
Ushbu bosqichda Koreya Respublikasi boshqa davlatlarga (jumladan,
Ekvador, Indoneziya, Bangladesh, Shri-Lanka, Mali) elektron
hukumatni shakllantirish uchun texnologik yechimlarni yetkazib
berish bo‘yicha shartnoma ham tuzgan. Bungacha, 2004-yildan
boshlab Janubiy Koreyada elektron hukumat uchun ishlab chiqilgan
texnologiyalarni import qiluvchi asosiy davlat Yaponiya bo‘lgan.
Janubiy Koreya hukumati turli sohalarda axborot texnologiyalarni
qo‘llash borasida ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir so‘z
bilan aytganda, bojxona ishidan tortib to intellektual mulk
masalalarigacha avtomatlashtirilgan tizimga o‘tgan. Shuning uchun
ham u hozirda dunyoda elektron hukumatning rivojlanish darajasi
bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.
«Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish
markazi www.egovernment.uz
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal
my.gov.uz
Hozirgi kundagi statistic ma’lumotlar
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |