Elektron hukumat(EH) tizimi haqida umumiy tushuncha



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi0,71 Mb.
#309913
Bog'liq
presentationprintTemp.pdf



Elektron hukumat tizimi


Reja:



Elektron hukumat(EH) tizimi haqida

umumiy tushuncha

EH bo’yicha qabul qilingan qarorlar

EH bo’yicha chet el davlatlarining

tajribasi

 



Elektron hukumat(EH) tizimi haqida

umumiy tushuncha

• Elektron hukumat

 — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar

va jarayonlar majmuasi tegishli axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan

hukumat. Kommunikatsiya

 tarmoqlari (shu jumladan Internet)

orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va

tarqatishni 

elektron

 vositalari asosida davlat boshqaruvini

tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari

tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar

bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga

davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron

hukumat“ tushunchasi 

1990-yillarning

boshida paydo boʻlgan,

lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. 




• Elektron hukumat (ingl. e-Government) – bu fuqarolar,

biznes, davlat hokimiyati boshqa tarmoqlari va davlat

amaldorlariga axborot taqdim etish hamda avvaldan

shakllangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘lib, bunda

davlat va fuqaro o‘rtasidagi shaxsiy aloqa

minimallashtirilgan bo‘ladi va axborot

texnologiyalaridan maksimal darajada foydalaniladi.

Dunyoning taraqqiy topgan mamlakatlarida «Elektron

hukumat» milliy tizimini faol tatbiq qilinmoqda. Bu tizim

davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar

o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash orqali biznes-

jarayonlarni samarali rivojlantirishni ta'minlabgina

qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini internet orqali

hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini

ham yaratadi.









Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat

idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini

taqdim qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish

tushuniladi.

Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini

ta’minlaydi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu — hujjatni skanerlab,

uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim.

Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat

xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini

boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik

yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini

osonlashtiradi.

Elektron hukumat quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

G2C (government-to-citizen) — davlatdan-fuqaroga

G2B (government-to-business) — davlatdan-biznesga

G2G (government-to-government) — davlatdan-davlatga

G2E (government-to-employee) — davlatdan-xodimga



EH bo’yicha qabul qilingan qarorlar



Dasturning bosh maqsadi iqtisodiyotning barcha jabhalarida

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni

rivojlantirish, axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarining

yaratilishini jadallashtirish, shuningdek aholi va tadbirkorlik

sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari soni va

sifatini yanada oshirishdan iborat.

2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida

telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa

infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shartli ravishda yana ikki

dasturga bo‘lish mumkin. Birinchi dastur – O‘zbekiston

Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va

infratuzilmasini rivojlantirish bo‘lsa, ikkinchi dastur – “elektron

hukumat” tizimining axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi

kompleksini yaratish.




Telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq va infratuzilmasini



rivojlantirish dasturida keng polosali texnologiyalar yordamida

simli va simsiz aloqani, ma’lumotlar uzatish hamda ovozli trafik

kommutatsiya markazlarini yanada rivojlantirish, magistral

telekommunikatsiya tarmoqlarini ta’mirlash va kengaytirish,

multimedia xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur infratuzilmani

yaratish vazifalari belgilab olingan.

Misol uchun, 2020 yigacha keng polosali optik aloqa

tarmoqlarini rivojlantirish va kengaytirish, undan so‘ng

mamlakatning barcha hududlarida EVDO, 3G, 4G LTE baza

stansiyalarini o‘rnatish ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Korporativ sohalar uchun multimedia xizmatalrini ko‘rsatish

studiyalarini ishga tushirish, axborot-ma’lumotnoma markazlari,

ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash, keshlash markazlari

faoliyatini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

 





O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi



PQ-1989-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “elektron

hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilab

olingan:

“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va

ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda

loyihalar ro‘yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan.

Kompleks dastur – O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy

etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 22 ta loyiha va 6 ta

tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning

Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika

komissiyasi tashkil qilingan.

Shu bilan birga Vazirlik qoshida 2 ta yirik “Elektron hukumat” tizimini

rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlarini

tashkil etish belgilangan.







O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta



muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish

bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilgan. Mazkur grafiklarda loyihalarni

amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish

belgilangan:

Dastlabki loyiha oldi tadqiqotlarni o‘tkazish, bunda interaktiv

xizmatlar bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish, mavjud holatini

o‘rganish, va takliflar ishlab chiqish.

Loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.

Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan

o‘tkazish.

Texnik topshiriq ishlab chiqish.

Loyihani amalga oshiruvchini aniqlash bo‘yicha tanlovlar

o‘tkazish.

Loyihani amalga oshirishdan iboratdir.

 





“Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari

doirasida 2014-2016 yillarda idoralararo integratsiyalashgan

platformani yaratish loyihasi amalga oshiriladi. Bu platforma

barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga

ma’lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan

foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma’lumot almashishga

xizmat qiladi.

Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro

axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat

xizmatlarini ko‘rsatish 2013 yilda ishga tushirilgan 

Yagona

portal


 orqali amalga oshirilmoqda.

Dasturga muvofiq, “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini

identifikatsiya qilish maqsadida ochiq kalitlar bazasida Yagoan

identifikatsiya tizimini yaratish loyihasini tashkil qilish ko‘zda

tutilgan.





Jismoniy va yuridik shaxslar, transport, kadastr, ko‘chmas mulk,

ma’lumot va klassifikatorlar jam qilingan milliy ma’lumotlar

bazasi va reyestri, axborot tizimlarini rivojlantirish “elektron

hukumat”ni samarali etishning muhim bosqichi hisoblanadi.

Shundan so‘ng, aholi va tadbirkorlarga davlat organlari

xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish, davlat organlariga

o‘z faoliyatlarini optimallashtirish, samaradorligini oshirish

imkoniyati yaratiladi.

2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida

telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa

infratuzilmasini rivojlantirish dasturi O‘zbekistonda axborot

jamiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatning jahon axborot

makoniga yanada integratsiyalashuvida yangidan-yangi

imkoniyatlarning yaratilishida muhim huquqiy hujjat bo‘lib

xizmat qiladi.




EH bo’yicha chet el davlatlarining tajribasi



Janubiy Koreya elektron hukumatni rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatga erishgan davlat



hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat institutlarining hamda

aholining davlat boshqaruvidagi elektron ishtirokining rivojlanganlik darajasi bo‘yicha

reytingida birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham uning tajribasi so‘nggi yillarda

ko‘plab tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda.

Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bo‘yicha tashabbus 2001-yilda yuridik

kuchga ega bo‘ldi. Mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan

dastur hukumat organlarining ishida samardorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lib, u uch

bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan.

Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning

natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunyo bilan Internet orqali uchta asosiy

yo‘nalishda — G2C (davlatdan-fuqaroga), G2B (davlatdan-biznesga) va G2G (davlatdan-

davlatga) sxemalari bo‘yicha aloqa qila boshladi.

Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo elektron aloqalarni ta’minlashga

qaratilgan informatsion-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan. Unda, xususan,

elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol qo‘llanilgan.

Umumiy hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSH dollari miqdorida mablag‘

sarflangan. Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi bo‘yicha jahonda 4-o‘ringa

ko‘tarilib oldi.








Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o‘z oldiga ancha

katta maqsadni qo‘ygan — dunyo davlatlari ichida nisbatan ochiq va

shaffof elektron hukumatni shakllantirish. Koreyaning “Elektron

hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari” nomli dasturiga

muvofiq to‘rtta sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan:

davlat boshqaruvi organlarining faoliyat ko‘rsatishi

davlat xizmatlarini ko‘rsatish

axborot resurslarini boshqarish

qonun ijodkorligi tizimi

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSH

dollari miqdoridagi mablag‘ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham

a’lo darajada bo‘lgan.

2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55

foizida davlat apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta

ishlashning milliy elektron tizimi — “On-Nara” (koreyscha, onlayn-

mamlakat) tizimidan foydalanishga o‘tgan. Buning natijasi o‘laroq,

fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddati 30-44 kundan

7-13 kungacha qisqargan.







Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning innovatsion tizimi — “On-Nara”



2007-yildan to‘liq ishga tushgan bo‘lib, uning oldiga quyidagi maqsadlar qo‘yilgan:

ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv jarayonlarini

standartlashtirish;

davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona

tizimga solish;

tizim ishtirokchilari o‘rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni ta’minlovchi turli

jarayonlarni o‘zaro bog‘lash va bir-biriga integratsiya qilish.

Janubiy Koreyada hozirda deyarli barcha davlat xaridlari veb-texnologiyalar

yordamida amalga oshiriladi — tenderlarning 93 foizi va onlayn-xaridlarning 99,6

foizi.


Davlat instansiyalariga tovar va xizmatlarni yetkazib berishda elektron shaklga

o‘tish natijasida har yili 4,8 milliard dollar mablag‘ tejalmoqda.[2] Chunki, barcha

tender takliflari veb-saytdagi maxsus kompyuter dasturi vositasida ko‘rib chiqiladi

va baholanadi, bu tenderning qanchalik ochiq va shaffof ekanligini ko‘rsatib beradi.

Tashqi savdoda eksport bo‘yicha bojxona deklaratsiyalarini ko‘rib chiqish uchun

ketadigan vaqt 1 kundan 2 daqiqagacha, import bo‘yicha esa — 2,5 kundan 1,5

soatgacha qisqartirilgan. Bu esa, yiliga 2,5 milliard dollar mablag‘ni tejash imkonini

bermoqda.

Umumiy hisobda, Janubiy Koreyada elektron hukumatni joriy etish ortidan har yili

10 milliard dollardan ortiq mablag‘ tejab qolinmoqda.

 





2008-yildan uchinchi bosqich boshlangan. Bu bosqichda asosiy

e’tibor barcha mavjud tizimlar va turli darajadagi elektron hukumatlar

o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ularni bir-biriga

integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan. Bu fuqarolarga va

kompaniyalarga kompleks davlat xizmatlarini taqdim qilish imkonini

beradi.


Ushbu bosqichda Koreya Respublikasi boshqa davlatlarga (jumladan,

Ekvador, Indoneziya, Bangladesh, Shri-Lanka, Mali) elektron

hukumatni shakllantirish uchun texnologik yechimlarni yetkazib

berish bo‘yicha shartnoma ham tuzgan. Bungacha, 2004-yildan

boshlab Janubiy Koreyada elektron hukumat uchun ishlab chiqilgan

texnologiyalarni import qiluvchi asosiy davlat Yaponiya bo‘lgan.

Janubiy Koreya hukumati turli sohalarda axborot texnologiyalarni

qo‘llash borasida ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir so‘z

bilan aytganda, bojxona ishidan tortib to intellektual mulk

masalalarigacha avtomatlashtirilgan tizimga o‘tgan. Shuning uchun

ham u hozirda dunyoda elektron hukumatning rivojlanish darajasi

bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi.

 



«Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish

markazi www.egovernment.uz




Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal

my.gov.uz




Hozirgi kundagi statistic ma’lumotlar


E’tiboringiz uchun rahmat

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish