Elektron hukumat qo’yiladigan quyidagi asosiy talablar:
Jismoniy va yuridik shaxslarga ko’rsatiladigan davlat xizmatlarining yuqori sifat darajasida tezkor ravishda, yagona standartlar asosida ko’rsatilishi
Davlat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda, fuqarolarning davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga oid axborotlar bilan uzluksiz ta’minlanishi
Davlat hokimiyatining ichki strukturalarida, hukumat organlarining turli bo’g’inlarida, tashkilot va muassasalarda idoralararo ichki munosabatlarda samaradorlikning ortishi
Geografik faktor; hujjat aylanishi va almashinuvi kabilarda sarf-xarajatlarni minimallashtirish. Elektron hujjat almashinuvi tizimini joriy etish
Mazkur kontseptsiyalarning amaliyotda o’z aksini topishi natijasida, davlat va jamiyat munosabatlarida, davlat boshqaruvi ichki strukturalarida quyidagicha samaradorlik va qulayliklarga erishish maqsad qilinadi:
Fuqarolarga va tadbirkorlarga ko’rsatiladigan davlat xizmatlarida samaradorlik ortadi, ya’ni, fuqaro davlat idorasiga ariza, shikoyat yoki taklif bilan to’g’ridan-to’g’ri, elektron shaklda murojaat etishi va javob olishi mumkin bo’ladi. Davlat xizmatlaridan foydalanishda tayyor hujjat shakllarini (blankalarni) on-layn to’ldirish va topshirish, zaruriy ma’lumotnoma, ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni on-layn tarzda shakllantirib, yuklab olishi, chop etishi kabi interaktiv xizmatlardan foydalanishi mumkin bo’ladi. - Fuqarolarga va tadbirkorlarga ko’rsatiladigan davlat xizmatlarida samaradorlik ortadi, ya’ni, fuqaro davlat idorasiga ariza, shikoyat yoki taklif bilan to’g’ridan-to’g’ri, elektron shaklda murojaat etishi va javob olishi mumkin bo’ladi. Davlat xizmatlaridan foydalanishda tayyor hujjat shakllarini (blankalarni) on-layn to’ldirish va topshirish, zaruriy ma’lumotnoma, ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni on-layn tarzda shakllantirib, yuklab olishi, chop etishi kabi interaktiv xizmatlardan foydalanishi mumkin bo’ladi.
- Standartlashtirilgan va avtomatlashtirilgan interaktiv xizmatlardan foydalangan xolda, yuridik shaxs, o’zi uchun zaruriy davlat xizmatlarida on-layn foydalanishi imkoni paydo bo’ladi. Masalan, yuridik shaxs, o’z faoliyatini yuritish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziya, patent, bojxona ko’rigi kabi) olishi yoki, davlat organlariga hisobot (masalan soliq deklaratsiyalari) topshirishi uchun tegishli portaldan foydalanib, tezkor va qulay ravishda ko’zlangan maqsadga erishishi mumkin. Bunda to’lovlarni ham on-layn usulda, internet banking yoki SMS-banking kabi xizmatlardan foydalanib amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
- Davlat boshqaruvi ichki strukturasi – vazirliklar, idoralar, tashkilot va muassasalar, markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar, orasida elektron hujjat almashinuvi yo’lga qo’yiladi. Idoralararo munosabatlarda yaxlit interaktiv axborot tizimini qo’llash orqali, o’zaro aloqa va ichki monitoring tizimi shaffoflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |