Elektron biznesda marketing tadqiqotlari.
Reja:
Internet orqali birlamchi ma`lumot olish usullari.
Internet orqali iste`molchilarni o`rganish.
Internetda marketing faoliyati samaradorligini baholash.
1. Internet orqali birlamchi ma`lumot olish usullari.
Elektron biznesda marketing usullarini bozorni o`rganish usullari va ilgari surish hamda sotish usullariga ajratish mumkin.
Bozorni o`rganish maqsadlari uchun asosan quyidagi usullar va texnologiyalar qo`llanishi mumkin: Server tashrifchilarining bevosita qayd etilish, tashrifchilarning qiziqishlarini tahlil qilish va hisobga olish, tashrifchilarning elektron so`rovlari, interfaol o`zaro harakat.
Ilgari surish va sotuvlar maqsadlari uchun eng avvalo bevosita reklamaning o`z tovari reklamasining o`z serverida joylashtirishi, manfaatdor shaxslarga elektron xatlarni yuborilishi, tarmoq teleanjumanlarida ishtirok etish kabi usullari qo`llanadi. Internetda vositali reklama ma`lum izlash mashinalarida serverni qayd etish, barcha ma`lum web- kataloglarga o`z serveriga bepul tayanishni ulashni, «sariq sahifalar»ni, mavzuiy serverlarni do`stona serverlarda o`z reklama va o`zaro ssilkalarni joylashtirish, yaxshi kiriluvchan serverlarda pullik reklama tolonlarni joylashtirishini, boshqa serverlarda qiziqarli mavzuiy materiallarni o`z serveriga yuklanishi bilan tayyorlash va bosib chikarish, server manzilini notarmoq reklamaga kiritishdan foydalanadi.
Mijozlar bilan davomli sherikchilik munosabatlarini o`rnatish borasida harakat qiluvchi usullarning samarali guruhini tarmoq resursini kastomizastiyalash usullari tashkil etadi. Bu guruhga quyidagi asosiy usullar va texnologiyalar kiradi:
- serverda uning arxitekturasi, boshqa serverlarga gipermatnli yuborilishlar, o`rnatilgan izlash tizimi, tayanch so`zlar bo`yicha o`rnatish;
- personallar shaxsiy xabardor qilish xizmatlarini amalga oshirilishi;
- har bir alohida tashrifchi bilan suhbatlashish uchun elektron avtojavob beruvchining o`rnatilishi, shu jumladan serverga kirgani uchun minnatdorchilik, standart savollarga individuallashtirilgan javoblar, noan`anaviy savollarga javob muddatlarini ma`lum qilish.
- tashrifchilar uchun ma`lumotlar korporativ bazasi bilan aloqada serverni individual sozlash, rasmiylashtirish va mazmunli to`ldirishga imkon yaratish.
Elektron do`konlar orqali on-layn tartibida sotuvlarni faollashtirish uchun bu texnologiyaning asosiy afzalliklaridan foydalanish juda muhim, ular orasidan ajralib turadi:
- xona ijarasi va sotuvchilarning katta shtatiga ish haqi uchun xarajatlar yo`qligi natijasida past narxlar;
- tarmoqda ularning kompaktligi natijasi sifatida tovarlar tanlov boyligi ta`minlash imkoni,
- xaridor bilan interfaol muloqot, eksport maslahatlari bilan birga ma`lumot servisining yuqori darajasi;
- yangi qiziqarli tovarlar paydo bo`lish tovarlar paydo bo`lish to`g`risida elektron pochta orqali shaxsiy xabardor qilish imkoniyati (individual marketing)
On–layn tartibida sotuvlar bo`yicha faoliyat xaridorlar uchun quyidagi harakatlarini ta`minlashni ko`zda tutadi:
- xaridor tomonidan tovar katalogining ko`rib chiqilishi;
- qiziqtirgan pozistiyalarni tanlash;
- buyurtma shaklini xaridor nomi va tovarni yetkazib berish manzili, xaridor kredit kartochkasi nomerini ko`rsatib to`ldirish;
- buyurtmani yetkazib berish;
- xaridor kartochka hisobidan sotuvchi hisobiga pulni ko`chirish;
Bunda do`kon pulni olishga xaridor esa – tovarni olishda ishonchi komil bo`lishi kerak.
Internet firma tomonidan tarmoqda o`tkaziluvchi izlanishlari doirasida olinuvchi ma`lumotlarga asoslangan dastlabki o`rganishlari ham, Internetda nashr etilgan hamda boshqa manbalardan olingan ma`lumotga asoslangan ikkilamchi izlanishlari ham o`tkazishga imkon beradi. Internet tovar bozorlarini o`rganish, bozor firma tuzilmasini o`rganish yoki iste`molchilarni o`rganish uchun foydalanilishi mumkin.
1-jadval. Marketing faoliyatida internetdan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |