Navbatdagi muhim ko`rsatkich - tsitatalanish indeksidir, izlanayotgan resursga boshqa saytlarda yuborilishlar soni bu ko`rsatkich ilmiy doiralarda olimning barcha asarlari ahamiyatining shartli darajasini hisoblashda qo`llanadi. Internetda tsitatalarni indeksini Yandex, Google, Rambler izlash mashinalari hisoblaydi. U shuningdek muvofiq sozlanishlarda Spylog.ru kabi katalogda ham aks ettiriladi. Tsitatalanish indeksi egiluvchan emas, va uni kamida bir oy oldin hisoblash tavsiya etiladi.
Savdo markasi rusumi harakatining keyingi ko`rsatkichi so`ralishning o`zgarishidir, ya`ni izlash mashinalarida foydalanuvchilar tomonidan nomi kiritiluvchi savdo markasi bo`lgan so`rovlar soni. Ayniqsa bu ko`rsatkich ilgari ma`lum bo`lmagan savdo markalarga yaxshi ishlaydi. Shunga qaramay, ko`pincha gap trafikni – tarmoq resursga kiruvchanlikni oshirish masalasi to`g`risida boradi. Istalgan trafikni olish veb saytlarning har kuni keskin o`sib borishda oson ish emas.
Trafikni oshirishning sinalgan va ishonchli usullari sifatida mutaxassislar quyidagilarni tavsiya etadi:
1. Yaxshi manzil nomini tanlash. Oson eslab qolinuvchi manzil nomini qayd etish. Oldin uning yaxshi eshitilishini tekshirib ko`rish lozim. Aytilish osonligiga ahamiyat beriladi.
2. Tarqatma materiallarni nashr etish.
Tashrifchilarga bepul tarqatmalarni taklif etib ularning e-mail manzillaridan foydalash, bepul yangiliklar yoki yuborishlar – hozirgi va bo`lajak mijozlar bilan doimiy muloqotda bo`lishga imkon beradi. Axborot byulletenlaridagi maqolalar yordamida mijozlar ta`limi bilan shug`ullanish, o`quvchilarga qimmatli va o`rinli ma`lumotni taklif qilish juda ahamiyatli.
3. Maqolalar yozish. Maqolalarni yozib ularni boshqa tarqatishlarda nashr etish orqali ishonch va mashhurlikka erishiladi, sohaning eksperti sifatida tan olinadi.
4 Yuborilishlar bilan almashishni o`xshash saytlarga yuborilishlar qo`yish. Kontaktlar, mijozlar, sotuvchilar tarmog`ini yaratish orqali mukofotni e`lon qilib, uni olish uchun nima qilish kerakligini tushuntish kerak.. Mukofot oluvchi barcha «sayt»larga yo`naltiriladi. Maxsus «yutish uchun biz bilan bog`laning» konteksti orqali yuborilishlarning rag`batlantirilishiga erishiladi.
5. Imzo qilish/yozuv qilish. Imzo-pochta tizimingiz bilan yuboriluvchi har bir e-mail xabar oxiriga qo`shiluvchi matn bloki. Bu tashrif kartochkasining Internet – versiyasi. Doimo imzoni qo`ying.
6. Maslahat berish. Saytda maslahatlar ruknini yaratish lozim. Bepul maslahat- Internetning eng ommabop bepul resursi va sizni o`z sohangizdagi xabardorligingizni ko`rsatish imkoni bilan ta`minlaydi. Maslahatlar rukniga qo`shimcha sifatida eksport kabi o`z obro`ingizni oshirish uchun e-mail yordamida o`qkuv markazi yaratiladi. Mashg`ulotlar vaqtida bog`langan aloqa orqali potenstial mijozlar bilan munosabatlar kengaytiriladi.
7. Bepul xizmat taqdim etish. Tashrifchilarni qaytishga majbur qilishning yaxshi usullaridan bir bepul xizmatni taklif etish. Bunday xizmatlar ko`rsatilish masalasi hal etilishida, bir marta o`rnatilgan dastur keyinchalik mustaqil ishlay oladiganlarini ko`rib chiqiladi.
8. Hamkorlik dasturlarini taklif etib boshqa saytlar bilan hamkorlik qilish – hamkorlik dasturlari bu o`zaro yutuqli vaziyat.
9. Betaraflik dasturlarni rivojlantirish. Yo`naltirilgan tarmoq xaridorlari uchun on-line klublar yoki betaraflik dasturlarini boshqa turlarini yaratish orqali mijozlar betarafligini rivojlantiriladi.. Betaraf, mijozlaringizga qayd etish shaklini to`ldirish evaziga bepul sovg`a yoki chegirma kuponini taklif etiladi. Shunday qilib, siz mijozlaringiz kimligini bilib olasiz va marketing harakatlaringizni yaxshiroq sozlay olasiz.
10. Off – line reklamadan foydalanish. Futbolka yoki kepkaga veb sayt to`g`risidagi ma`lumotni joylashtirish mumkin, e-mail va veb – manzilni yopishtirmalarga joylashtirib, mashinalarning bamperi yoki qayd etish raqamiga yopishtirish mumkin.
Ushbu tavsiyalarga quyidagi ahamiyatli harakatlarni qo`shish mumkin.
izlash mashinalaridan yaxshi ko`rinishni ta`minlash.
serverga yuborilishidan foydalangan tashrifchilar uchun uning birinchi sahifasidan boshlab qulay sharoitlar yaratish.
sahifani izlangan axborot piramidasi prinstipiga ko`ra tuzish (eng ahamiyatli ma`lumot oldinda joylashtiriladi).
serverga takroran tashriflarni rag`batlantirish.
server mazmunini doimiy to`ldirish va yangilash, bu haqida xabar berish.
Va nihoyat eng muhimi Internet marketing ishida firmada bosh rolni kompyuter texnologiyalari bo`yicha tor mutaxassislar emas, aynan marketologlar o`ynashi muhimdir
An`anaviy reklamadan foydalanishdagiga qaraganda Internetda e`tiborni tortish murakkabroq. Internetda reklamaga yuqori talablar qo`yiladi: arzon, dinamik, interfaol va jalb etuvchi, bo`lishi kerak. Bu talablarga javob beruvchi reklamani yaratish JAVA –animatsiya, HTML VRM2 tili kabi yangi vositalar ishlab chiqilishini talab etadi.
Tovar taqdimoti – Internet vositalari bilan mahsulotni ko`rsatish. Oddiy savdoda xaridor, odatda, tovarni ko`rishi va uning afzalliklarini baholash mumkin. Internetda tovarni ko`rsatish uchun multimedianing barcha imkoniyatlaridan foydalaniladi: videoroliklar, tovush, o`lchamli obrazlar va animatsiya. Axborot xizmatlari toifasiga kiruvchi tovarlar katta inqilobga ega, chunki ular to`g`risida kompyuter vositalari yordamida bosma nashrlar yordamidagidan ko`ra ko`proq va qiziqarliroq aytib berish mumkin. Tovarni yaxshi taqdim etish bu nafaqat mijoz e`tiborini jalb etishni anglatadi balki taklif etilayotgan tovar va sotuvchiga ishonch hosil qildirish, xaridorga o`zini tovar egasidek his etish imkonini berish.
Operastiyalarni o`tkazish- xaridni tez va xavfsiz o`tkazish. Buyurtmaning bajarilishi eletron pochta orqali xabar berish bilan beradi va maxsus sayt yordamida kuzatib borila olishi kerak. Sotuvdan keyingi quvvatlash –mijozga xaridorni qayd etish jarayonida ham, undan keyin ham ko`rsatiladigan yordam. Mijoz sotuvchi kompaniya bilan elektron pochta orqali va sayt yordamida, onlayn tartibida bo`lsa yana ham yaxshi muloqot qilishi imkoniga ega bo`lishi kerak .
Munosabatlarni tuzish –mijozlarga markaga bog`lanishni va yangi xaridlar uchun qaytishga intilishni rivojlantirish. Mijoz afzalliklari va didlarini bilishiga asoslangan tovarni ilgari surish texnologiyasi xaridorni unga kerakli mahsulotlar va xizmatlar to`g`risida o`z vaqtida xabardor qilishi orqali yangi xaridlar qilishga intilish chaqirishga imkon beradi. Bunday munosabatlarni rivojlantirishda video anjumanlar katta rol o`ynashi mumkin. Elektron biznes elektron bozorning barcha ishtirokchilari uchun manfaatli ishlab chiqaruvchilar, mijozlar va sotuvchilar. Elektron biznesning asosiy afzalliklarini belgilovchi asosiy omillar ancha past narxlar, vaqt tejalishi bevosita aloqaning mavjudligi. Ishlab chiqaruvchilar uchun afzallik quyidagi imkoniyatlarda ifodalanadi: -bozor sharoitlariga tezroq javob berish: assortiment, narxlar, tovar va xizmatlar tarifini tezkor o`zgartirish;
- Xaridorlarning u yoki bu takliflarga munosabatining tahlili, bu ularning ehtiyojlari to`g`risida qo`shimcha ma`lumot olishga va reklamaga darhol zarur o`zgarishlar kiritishga imkon beradi;
-Ish yuzasidan ma`lumotlarning tezkor olinishi, o`z mijozlari sheriklari bilan faoliyatini, aloqalarini avtomatlashtirish, shuningdek jahon axborot resurslaridan foydalanish;
-har qanday tovar uchun xaridorni aniqlashga imkon beruvchi istemolchilarning detallashtirilgan ma`lumotlarini yaratish;
-aloqaning alohida elektron vositalari yordamida o`z takliflarini manzilli yuborilishi orqali maqsadli xaridorga maqsadli tasir ko`rsatish;
-xaridorlar bilan davomli o`zaro munosabatlarni o`rnatish;
-aniq shartlangan vaqt paytida xaridor uchun ma`lumotning uzatilishi (masalan, xaridor qarindoshining tug`ilgan kuni oldidan, katta mablag` olishi davrida va hok);
-an`anaviy OAVdan foydalanishdan ko`ra ommaviy reklama o`tkazilishida maqsadli auditoriyaning kengrok qamrab olinishi.
Mijozlar uchun afzalliklar:
- tovarlar xarid qilish qulayligi: hech qayerga borish kerak emas. Savdo zallarida yurib, kerakli tovarni izlashning hojati yo`q. Ular uydan chiqmasdan sutkasiga 24 soat davomida bir tovarni turli modellarni solishtirishlari, ularning narxini taqqoslashi va uydan chiqmasdan buyurtma berishi mumkin.
- raqobatchi – tovarlarning katta qismini tez ko`rib chiqish imkoniga ega bo`lib, bu sifatli tanlovga yordam beradi.
Tovar tanlovi keng bo`lganda xaridor ancha pulini tejashi mumkin bo`ladi.
- ko`pincha Internet orqali sotib olish shaharda, mamlakatda noyob narsani topib olishning yagona imkoni;
- xaridorlar xarid qilish uchun kataloglar bo`yicha qo`shimcha ma`lumotni olishlari mumkin, shu jumladan interfaol tartibda;
Internet foydalanuvchilari uchun Internet - do`konlardan ularning bevosita vazifasidan boshqa maqsadda foydalanish imkoniyatini ham afzalliklar deb atash kerak: - ko`pchilik foydalanuvchilar tovarni boshqa biron joyda sotib olish uchun elektron do`konlarga tovarlar kataloglari va ma`lumotlari sifatida murojaat qiladilar.
- Internet - do`konlar oddiy do`konlarda ishdan keyin xarid qilinuvchi narsalarni rejalashtirish uchun ham qo`llanadi.
- sotivchilar uchun afzalliklar quyidagilar: - sotuvlar hajmini oshirish;
-reklamaga xarajatlarni kamayishi;
- infratuzilmaga operastion sarf-xarajatlar kamayishi;
- sotuvlar tannarxining kamayishi (elektron yo`l bilan bitim tuzilishi uni ishlanishi uchun narxni kamaytiradi, bu xaridorlar uchun narxlarning pasayishiga olib keladi);
2-jadval. Internet biznesining an`anaviy savdoga nisbatan afzalligi.