Elektron biznes Elektron bozorning an’anaviy bozordan farklari Elektron biznesda iste’molchilar xulki



Download 32,07 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi32,07 Kb.
#467313
Bog'liq
Elektron biznes Elektron bozorning an’anaviy bozordan farklari E


Mavzu: Elektron biznes va ana’naviy biznes farqlari
Reja:

  1. Elektron biznes

  2. Elektron bozorning an’anaviy bozordan farklari

  3. Elektron biznesda iste’molchilar xulki


An’anaviy va elektron biznes kurinishlari o’zaro munosabatlarining ahamiyati qanday? Eelktron biznes rivojlanishining boshlangich bosqichlarida “on-layn rejimiga chiqish” korxonaning o’z vebsaytini ishga tushurishini bildirgan. Lekin ko’p o’tmay korxonalar saytini shunchaki ishga tushirish internet tarmogida korxonaning marketing strategiyasiz va tashkiliy omillarni xisobga olmasdan samarali bulmasligini tez orada tushundilar. Bunday omillardan an’anaviy va elektron kurinishlari uzaro munosabatlari muximlaridan biri xisoblanadi. Bu rasmdan ko’rinadiki, an’anaviy va elektron biznes ko’rinishlarining o’zaro munosabatlari odamlarga, tizimlarga, resurslarga va mijozlarga nisbatan xar xil talablarni nazarda tutadi. Biznesning yetakchi xolatiga odamlar, resurslar, tizimlar va mijozlar moslashuvi natijalarini o’lchovchi moe vositalar yo’q bo’lgan xolda strategik maqsadlarga erishish mumkin emas Elektron biznes an’anaviy biznesdan mustaqil ravishda mavjud bulgan aloxida biznes kurinishiga aylanganda o’zgacha yondashuv talab qiladi. Masalan, tovarlarni an’anaviy zanjir ishtirokchilari (distribyutor va ommaviy sotuvchilar) orqali sotadigan ishlab chiqaruvchi birdan ularni tarmoq orqali tugridan-tugri taklif qilishga qaror qiladi. Tashkilot an’anaviy zanjir ishtirokchilarining salbiy (negativ) reakstiyasini chetda qoldirib, taqsimlashning odatiy jarayonini saqlab qolgan xolda tashkilot mijozlarga yangi yolda xizmat kursata olmaydi. Elektron biznes strategiyasining samarali ishlashiga imkon beradigan tizimlarni kurib chiqish, yaratish va ularni an’anaviy operatorlar bilan boglash zarur. Agar bu tizimlarni birlashtirilmasa, ishni olib borishning ikkala usuli (an’anaviy va elektron) katta zarar kurishi mumkin. An’anaviy biznes - korxona tovarlar ishlab chiqaradi va ularni an’anaviy kanallar orqali sotadi. Bir qismi elektron biznesdagi an’anaviy biznes. masalan, do’konlarda savdo va tarmoqda kataloglar taklifi. qandaydir darajada tarmoqqa integrastiyalashgan an’anaviy biznes. Masalan, distribyutorlar orqali savdo, ba’zi ta’minotchilar Extranet orqali bog’langan. Intensiv integrashtirilgan elektron faoliyatli an’anaviy biznes. Masalan, distribyutorlar orqali savdo va tarmoq - barcha ta’minotchilar Extranet orqali ulangan. An’anaviy biznes elektron biznesga aylanadi: tovarlar, xizmatlar elektron usulda etkaziladi. An’anaviy va elektron biznes ko’rinishlarining o’zaro munosabatlari sxemasi. Elektron magazinlarda savdo jarayonini tashkil etish an’anaviy tu- shunchadagi savdodagidan farq qiladi. Elektron savdo va oddiy savdo ja- rayonlarining asosiy farqli tomonlarini quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Xaridorlarni jalb qilish usuliga ko‘ra. Magazinga xaridorlarni jalb qilish usuli juda katta ahamiyatga ega. An’anaviy tushunchadagi savdoda ushbu jarayonni 4 bosqichda izohlash mumkin • xaridorlarni reklama yordamida jalb qilish; bu yerda asosiy omil magazinning qayerda joylashganligidir; • savdo peshtaxtalari va magazinga kirish joyining chiroyli qilin- ganligi; bu bosqichga alohida e’tibor qaratiladi; • Magazinga kirgan xaridorni, savdo zalining ichki qismini did bilan yasatish va qulay tashkil qilish bilan, o‘ziga jalb qilish; • Xaridorning o‘ziga zarur bo‘lgan tovarni tanlashi; sotuvchi yor- damida tovarni qancha oddiy va tez tanlashi, xaridorga kelgusi xaridlar uchun qaror qabul qilishi yoki qilmasligiga shunchalik bog‘liq. Elektron magazinda yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar umuman boshqacha tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Elektron vitrina (peshtaxta) va magazinga kirish birgalikda tashkil qilingan. Barcha reklama ma’lumotlari elektron magazinning peshtaxtasida joylashtirilgan. Bunda xaridorga ke- rakli tovarni qayerdan va qanday olishi to‘g‘risida sodda va lo‘nda ko‘r- satilgan ma’lumotlar bo‘lishi zarur. 2. Xaridorlarga psixologik ta’sir qilish usuli bilan. Elektron savdo tizimida sotuvchilar xaridorlarga psixologik ta’sir qilish imkoniyati- dan mahrumdir. Xaridorga o‘zining chiroyi va respektabelligini namo- yish qilish bilan ta’sir qilish bundan mustasno. 3. Tovar haqida ma’lumot berish usuli bilan. Oddiy savdo jarayonida tovar bilan tanishuvni bevosita amalga oshirish mumkin. Elektron magazinda esa bunday tanishuv xaridorlarning tovar haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganishlari va uning ko‘rsatilgan sifatlarining naqadar to‘g‘ri ekanligiga e’tibor berishlarini talab etadi. 4. Xarid qilish usuli bilan. Oddiy savdo jarayonida tovarni sotib olish bevosita yuz beradi. Elektron magazinda xarid jarayonida esa, xa- ridor buyurtmani Internet orqali ro‘yxatdan o‘tish va rasmiylashtirish or- qali amalga oshiradi. 5. Savdoni tashkillashtirishda xarajatlar darajasiga ko‘ra. Elektron magazin orqali savdo va xizmat ko‘rsatishda, magazin binosi, ombor va idora, shu bilan birga, boshqa savdo uskunalari talab etilmaydi. Dunyo- da umuman savdo do‘konlariga ega bo‘lmagan va o‘z tovarlarini faqat elektron magazin orqali amalga oshiradigan kompaniyalar talaygina topi- ladi (www.virtualvin.com, www.amazon.com). Bunday turdagi savdoni tashkillashtirish reklama va chakana savdo rastalarini saqlab turishga keta- digan xarajatlarni qisqartiradi. Amalda mahsulot ulgurji narxlarda, lekin chakana ravishda sotiladi (20-30 foiz arzonlashtirilgan holda). 6. Magazinlarga tashrif buyurishning soddaligiga ko‘ra. Ke- rakli mahsulotni qidirishda o‘nlab elektron magazinlarga kirish, shuncha sondagi savdo magazinlarni mashinada aylanib chiqish yoki ularga qo‘n- g‘iroq qilishdan ko‘ra ancha qulay. 7. Kira olish darajasiga ko‘ra. Har qanday elektron magazinga xaridorlar dunyoning deyarli har qanday nuqtasidan kira olishlari mumkin. Shuning uchun ham sayohat yoki xizmat safarlari vaqtida zaruriy tovarlarni tanlash imkoniyati cheklanmagan. Bunday magazinlar kecha- yu kunduz ochiq bo‘lib, oddiy magazinlarga o‘xshab xaridorlar tiqilinch bo‘lmaydi. Xaridor o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda xarid qilish imko- niyatiga ega. 8. Xizmat ko‘rsatish sifatiga ko‘ra. Oddiy magazinda kerakli tovar haqida batafsil ma’lumot olish uchun sotuvchiga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bu holda, tovarni tanlash sotuvchining omilkorlik darajasiga, shu bilan birga, uning xaridor uchun vaqt sarflay olishiga bog‘liq. Yaxshi tashkil qilingan elektron magazin har bir tovar uchun keng ma’- nodagi ma’lumotlarni yo‘lga qo‘yilganligini ta’minlash bilan birga, tovar haqida maslahat olish uchun sotuvchining qo‘li bo‘shashini kutishi shart emas. 9. Bozorga chiqish muddatiga ko‘ra. Shaxsiy “firma” elektron magazinini tashkil qilishga oddiy, an’anaviy magazin tashkil qilishdan ko‘ra ancha oz vaqt ketadi. Bunda ishlab chiqaruvchi firma o‘z mahsu- lotiga narxni o‘zi belgilashi va nazorat qilishi mumkin. Vositachilar ish- tirok etmaydigan bu munosabat jarayonida, firma o‘z tovarlarini sotish- dan yanada ko‘proq daromad ko‘radi. 10. Tovarlar xilma xilligiga ko‘ra. An’anaviy magazinlarda, qoi- daga ko‘ra, tovar turlari chegaralangan. Shuning uchun ham, xaridor o‘ziga kerakli molni topish uchun shu turdagi bir necha magazinlarga borishiga to‘g‘ri keladi. Agar zaruriy tovar bir elektron magazinda bo‘l- masa, boshqasidan qidirish imkoniyati bor. Bundan tashqari, ishlab chi- qaruvchining rasmiy web-saytiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish ham mumkin. Shuning uchun ham, har doim eng yaxshi yoki minimal narx- dagi tovarni tanlash mumkin.
Elektron bozorning an’anaviy bozordan farklari. Elektron bozor deb, uning ishtirokchilari va axborot strukturalari xamda telekommunikastiya texnologiyalari, tizimlari sharoitida ma’lum konuniyatlar bilan xarakterlanadigan ishtirokchilar, ularning uzaro ta’sir jarayonlari majmuasi tushuniladi. Elektron bozor an’anaviy jismoniy bozorga nisbatan ancha mukammal rakobat bilan xarakterlanadi. Elektron bozorda xaridor va sotuvchilarning katta soni ishlaydi, yangi ishtirokchilarning bozorga chivishiga xech kanday tusiklar yuk, barcha ishtirokchilar axborotdan erkin foydalanadi. Sotuvchilar xar xil ulchamdagi, turli geografik rayonlarda joylashgan, elektron biznes vositalarini tadbik etishning turli boskichlaridagi kompaniyalar tomonidan e’tiborga xavola etilganlar. Jismoniy bozordr katta kompaniyalar afzallikka ega. Chunki ular uzlarining bozordagi katta urni, ulushi sababli iste’molchilarda uzlarining tovar yoki xizmatlarini ancha sifatli, ancha ishonchli deb kabul kilish tuygusini shakllantiradilar. Elektron tijorata bunday afzallik mavjud emas. Internetni buyuk tarozu xam deyishadi. Kichik kompaniyalar katta muvaffakiyatga erishishlari va yirik kompaniyalar bilan barobar rakobatlashishi mumkin. Axborotdan erkin foydalanish xar xil kompaniyalar tovarlari xarakteristikasi va narxini solishtirishi mumkin bulgan iste’molchilargagina foydali emas. Axborot texnologiyalari almashinuvlar natijasida topilgan iste’molchilar, ularning didi va ta’bi xakidagi axborotni yigish va saklashga imkon beradi. Iste’molchilarga individual xizmat kursatish yondashuvi amalga oshirilishi mumkin. Bu esa talabning noanikligining darajasini pasaytiradi va korxonaning bu noaniklik ta’sirida buladigan zararlarini chetlatadi. Axborotning mavjudligi va ochikligi xaridorlarga maksimal darajada ma’kul narx kuyishda sotuvchilarga imkon beradi
Elektron biznesda xaridorlar xam uz xususiyatlariga ega bulib, ular an’anaviy jismoniy bozor xaridorlaridan fark kiladi. Intrenetdan foydalanish ma’lum apparat vositalari va ma’lum bir bilim darajasi mavjudligiga boglik. Shu sababli, internet foydalanuvchisini real bozorning urta darajadagi xaridoridan, umuman olganda, ancha yukori foyda va bilim darajasi bilan xarakterlanadi. Turli mamlakatlarda ularning profillari va xaridorlik faoliyatining xususiyatlari mavjud. Bu shaxsiy kompyuterlar, aloka liniyalari tarakkiyoti, mavjud taksimlash tizimlarining ishonchliligi, milliy xaridor faoliyati xususiyatlariga, keng tarkalganligi v.b. larga boglik. Lekin bu milliy va davlat xususiyatlari doimiy yoki uzgaruvchanmi, elektron biznesning keng tarkalishi va texnologiyaning keyingi mukammallashishi bilan bu xolat uzgaradimi degan savollar ustida uylab kurish kerak. Elektron biznesda xaridorlarni 3 guruxga ajratish mumkin: 1. An’anaviy yunalish tarafdorlari - ular sotib olmokchi bulgan tovarni kurish, uni ushlash, sotuvchi bilan mulokot kilish (savdolashish)ni afzal kuradilar. Bu iste’molchilar ularni ma’lum vaziyatlar majbur kilmasa, uz xaridlarini elektron muxitda amalga oshirishga moyil emaslar. Bunday vaziyatlar iktisod kilish (tejash), mavjud ish grafigini uzgartirish, ijobiy fikr, dustu tanishlarning maslaxati v. x. bulishi mumkin. 2. Elektron dukonni uzlashtirgan va uz xaridlarining bir stismini amalga oshirish uchun Internetdan foydalanadigan xaridorlar. Ular, masalan, talab kilinayotgan tovar narxlari xakida ma’lumot olish, zarur tovarlarning bir kismini elektron dukonda buyurtma berish uchun internetdan foydalanishlari mumkin. Bunda ular xarid kilishning an’anaviy usulidan voz kechmaydilar. 3. Barcha xaridlarni on-layn rejimda amalga oshiradigan, ancha oldinlab ketgan iste’molchilar. Ular odatda axborot texnologiyalari bilan professional jixatdan boglik buladi.
. Elektron biznesda iste’molchilar xulki va psixologik reakstiyasi xam uz spestifik kirralariga ega. tarmok mijozlari katta foyda va bilim darajasiga ega ma’lum bir guruxidir. Xarid kilish karorini kabul kilish uchun ular kupincha etarlicha sifatli va ancha arzon narxlardagi toarlar xakida axborot kidirish uchun tarmokni tadkik kiladilar, urganadilar. Tarmok mijozlari oddiy mijozlar dan farkli ularok kulaylikka kuprok e’tibor berishlari yoki an’anaviy kanallarda taklif kilinmaydigan maxsus tovar (xizmat)larni izlashlari mumkin. Tarmok mijozlari axborotdan foydalanishda kuprok imkoniyatga ega. Shuning uchun, bozor xakida keng bilimga ega buladilar. Ular boshka mijozlar bilan aktiv uzaro ma’lumot almashadilar. Ular tovarni kiymatini aniklash va xarid kilishni tarmokda yoki undan tashkarida amalga oshirishlari mumkin. Tarmok mijozlarida bilish va kabul kilish an’anaviy xaridorlarnikidan fark kilishi mumkin. Tarmok sayti orkali uzaro aloka an’anaviy ofis yoki dukondagidek tulik va katta xajmli bulmasligi mumkin. ijozlar texnologiyani tushunish uchun etarli bilim va malakaga ega bulmasliklari mumkin. Bundan korxona bitim shaxsiyligini (konfidenstialligini) saklay olish xususiyatiga nisbatan mijozning ishonchsizligi kelib chikadi. Shunisi muximki, tarmok mijozlari katta kuchga ega virtual birlashmalarga birlashishlari mumkin. An’anaviy savdoda esa mijozlar individual xulk bilan xarakterlanadi. Bunday birlashmalarda mijozlar bir-biri bilan , ma’lumot, bilim, tajriba va fikrlari bilan almashishlari mumkin. Ularnig fikri tarmok buylab tez tarkaladiva marketing strategiyasining muvaffakiyati yoki omadsizligini xal kiladi. Virtual birlashmalarda mijozlar bilimlarga ega bulishlari mumkin. Bu esa marketologlar uchun katta axamiyatga ega vaelekton biznesda marketing strategiyalarini ishlab chikishda xisobga olinishi kerak. Internet - butun dunyo tarmogi foydalanuvchilarian’anaviy axborot tarmogi foydalanuvchilaridan xam fark kiladilar. Bu farklar ularnig professional kunikmalari, kutishlari, maksadlari, faoliyat soxalari v.b.larga boglik. Elektron biznes, internet, axborot telogiyalari korxonaning barcha muammolarini echishga qodir panastiya (omil, vosita) xisoblanmaydi.lekin shunchaki marketing vositalaridan biri emas. Internetga chiqish va u yoki bu elektron biznes modelini qullash borasida korxona yoki tashkilot tomonidan mavjud strategiya asosida qaror qabul qilinadi. Aynan ana shu strategiya navbatdagi texnika yangiligini qullash buyicha korxonaning tadbirlari tartibini belgilashi kerak. Bunda korxona yuqori boshqaruvining urni juda katta. Interent tarmogi va elektron biznes rivojlanishining birinchi bosqichlarida korxonaning tarmoqqa ulanishi bilan bog liq barcha qarorlar IT- personal tomonidan qabul qilingan. Korxonaning tarmovdagi faoliyatiga kim mas’ul degan savol kupincha javobsiz qolgan. Elektron bozorlarning zamonaviy rivojlanish bosichida korxonaning internetga chiqishi va onlayn faoliyat yuritishi strategik sinfga qarashli va ular buyicha qarorlar korxonaning yuqori boshqaruvi tomonidan qabul qilinishi kerak. korxonada moliya va inson resurslari bulishi shart. Kup sonli dot.com goyalarining muvaffaqiyatsizligidan sung, bu boeichda internet loyixalarga nisbatan sarmoyadorlarning munosabati ancha e’tiborli va extiyotkor bulib qoldi. Sarmoyalar uchun tashkilot tarmovda tugri marketing strategiyasigaegaligi va uni amalga oshirilishi uchun zaruriy malakaga ega personalga egaligi kuproq axamiyat kasb etmovda. Xrzirgi vaqtda elektron bozorda zaruriy ish tajribasiga ega yuqori malakali kadrlarning defistiti xali xam mavjud. Sanab utilgan omillarni tuliq taxlili va baxolanishidan sunggina elektron bozorga chiqish va internet tarmogida ishlashga qaror qilgan korxona internet tarmogi uchun uz marketing strategiyasini ishlab chiqishi lozim. Strategiyani tanlash bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi. Birinchidan, korxonaning raqobat ustunliklari anщlab olinadi. Tashqi va ichki muxit taxlili ma’lumotlarini solishtirish va ular asosida raqobatchilar xarakteristikasidek berilgan korxona xarakteristikalari, shuningdek, raqobatchilar va xamkorlar kutishlari bilan taqqoslanishi amalga oshiriladi. Korxona uzining kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi. Bu unga muvaffaqiyatga erishishi mukin bulgan yunalishlarni ajratishga imkon beradi. Bundan tashqari korxona bozorda omad omillarini aniqlashga yordam beradigan bozor imkoniyatlari va taxdidlarini baxolaydi. Potenstial muvaffaqiyatli yunalishlar va muvaffaqiyat uchun muxim omillar solishtirilishi korxonaga raqobat qilish ustunliklari xaqida tushuncha beradi va strategiyani ishlb chiqarishga imkon yaratadi. Bundan sung bazaviy strategiyani ishlab chiqish navbati keladi, ya’ni korxona uzining maqsadlariga qanday erishishi xaqida qisqscha ta’rif beradi. qabul qilingan bazaviy strategiyaga asoslanib, korxona boshqaruvi uning barcha bulimlari barcha bosqich darajalarida tuplamlar taxlilini utkazadi. Bunday taxlil natijalari korxonaning unga ochilgan imkoniyatlarni qullaganmi, raqobatchilarga uz urnini boy berganmi - shuni aniqlashga yordam beradi. Tuplam taxlili va ajratilgan rakobat ustunliklari taxliliga aeoelanib, cheklangan korxona reeurelarining turli xil bozor va faoliyat yunalishlari urtaeida takeimlanishini optimallashtirish mumkin. Korxonaning internet etrategiyaei umumiy marketing etrategiyaeining bir kiemi xieoblanadi. U uz etrategik makeadlariga erishish uchun shu korxona tomonidan internet voeitalari va imkoniyatlarini kullashni aeoelaydi. Internetga chikish moda yoki barcha korxonalar elektron bizneeni ishlatayotgani bilan tushuntirilishi mumkin emae. Korxonaning bunday karor kabul kilishi uchun keekin eabablari bulishi lozim. Bunday eabablarga kuyidagilarni kiritish mumkin: • Jiemoniy bozorda rakobat ueishi; • Rakobatchilar, iete’molchilar, xamkorlar tomonidan yangi texnologiyalarning kullanishi; • Elektron bizneeni kullaydigan yangi iete’molchilar eegmentiga chikish ietagi. • Yangi kanalni kullab, mavjud mijozlar xaridlarini kengaytirish intilishi. • Kutishlarni, operastiya bajarish vaktini kamaytirishga intilish v.x. Uz faoliyatida internetni ishlatayotgan korxonalarni (brick-and-click) elektron bizneeni kullash makeadi va eabablariga boglik xolda, bir nechta kategoriyalarga bulish mumkin: • Jiemoniy yoki elektron tovar yoki xizmatlar eotish orkali kushimcha daromad olishga intiluvchi korxonalar. Bu kataloglar buyicha va chakana eavdo bilan shugullanadigan jiemoniy tovar eotuvchilari bulishi mumkin. Ular kataloglarni intrnet orkali tarkatish, uz tovarlari xakida axbrot xavola etish, buyurtmalar olish v.x.larga karor kiladilar. Xuddi shu kategoriyaga bozor strategiyasini ta’minlovchi dallollar (ma’lum bir biznee soxasidagi dallollar, aukstionerlar v.b.) ni kiritish mumkin. • Bizneening turli soxalarida bitimni amalga oshirish muddatini kiekartirish va kutilmalarni paeaytirishga intiluvchi korxonalar: tovarlarni takeimlash, mijozlar bilan munoeabatlarni boshkarishda, yangi tovarlarni yaratish, axborotni tarkatish, fondlar aylanishi eoxalarida. • Uz savdo markalarini yaratish va mustaxkamlashga intiluvchi korxonalar • reklama/yurgizish; • mijozlar bilan doimiy alokani amalga oshirish; • yangi tovarlar xakida axborot tarkatilishi; • tashkilot eiyoeatining uzgartirilishi; • mijozlar v.b. maksadli auditoriyalar urtasida muxokamani amalga oshirish; • korxona mijozlari bilan uzok muddatli munosabatlar urnatish tizimi doirasida iste’molchilar bilan doimiy suxbatni amalga oshirish uchun Internetni kullaydilar. Internet orkali faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar orasida xar xil maksadlarga intiluvchi tashkilotlar mavjud. Bu Internetda chakana savdo bilan shugullanuvchi (e-tailing), tarmokda xar xil xizmatlar taklif kiluvchi korxonalar, biznes xamkorlar tanlashni ta’minlovchi dallollar, internetda ishlash uchun yordam va kumak taklif kiluvchi vakillar (portallar, kidiruv tizimlari), veb-birlashmalar kurish bilan shugullanuvchi , yangi elektron tovar yoki xizmatga bagishlab yaratilgan korxonalar dir. An’anaviy bozorda bulganidek, elektron bozorning asosiy ishtirokchilari tashkilot, ta’minotchilar va tovar, xizmatlarni iste’mol kiluvchilardir. Elektron bozorda korxona muvaffakiyatli faoliyat yuritishi uchun u rivojlangan korporativ axborot tizimiga ega bulishi kerak. Bu tizim asosiy biznes jarayonlarni kullab-kuvvatlanadi va internetga chikish uchun kichik tizimga ega. U orqali elektron biznes soxasida tashkilot o’z vazifalarini amalga oshiriladi. Ishlatilayotgan resurslar va dasturiy muxitning yuqori tezlikdagi uzgarishini xisobga olgan xolda zamonaviy tashkilotni samarali boshkarish ancha murakkab vazifa xisoblanadi. Bu vazifaning yechimi korporativ axborot tizimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday tizimlar mavjud biznes jarayonlarni qo’llab-quvvatlanishi, xamda boshqaruvning strukturasi va usullariga mos kelishi kerak. elektron biznes nuqtai nazaridan zamonaviy axborot tizimlarini ma’lumotlar bazasini boshqarishning zamonaviy tizimlarini qo’llash imkoniyati bilan server-mijoz arxitekturasi asosida amalga oshirish maksadga muvofikdir. Bundan tashkari ular xar xil nazrat usullari va axborot resurslaridan foydalanishni cheklash yordamida xavfsizlikni ta’minlashi, taksimlangan axborotni kayta ishlashni kullab- kuvvatlashni, ochik standartlar evaziga turli xil operativ mustakil funkstional bloklardan kurilishning modul prinstipi, shuningdek, internet va internet texnologiyalarni kullab-kuvvatlashni ta’minlashi zarur. Korporativ axborot tizimlarida tashki iqtisodiy muxit bilan aloqa elektron biznes qarorlari - interaktiv veb-vakolatxonalar va portallari bilan integrastiya xisobiga ta’minlanadi. Vebvakolatxonalar (korporativ vakolatxona) deb, birinchi navbatda reklama - marketing vazifalarini xal qiluvchi internet tarmog’idagi korxona sayti tushuniladi. Veb-vakolatxona odatda korxona xakida axborotga ega buladi: uning rivojlanish tarixi, yangiliklar va press-relizlar, korxona tomonidan taklif kilinadigan tovar va xizmatlarning asosiy kurinishlari xakida ma’lumot, voxadagi faoliyati xakida axborot, distribyutor va diler tarmoklari v.x. Masalan, integrashtirilgan korporativ axborot tizimlarida ta’minot tizimi (B2B distribution) maxsulot ishlab chikaruvchisi va tarkatuvchisi urtasida uzgaruvchan alokani ta’minlaydi. Bu elektron dukonlarda tovarlar xakidagi axborotni operativ yangilashga imkon beradi.
Tashkilot to’liqligicha elektron biznes vazifalarini amalga oshirish uchun korporativ portallar (EIP - Enterprise Information Portal - dasturiy apparat kompleksi) yaratadilar. Ular ishchilar, mijozlar, xamkorlarga tashkilotning turli axborot resurslaridan erkin foydalanishga imkon yaratadi. Bu axborot resurslari: dasturlar, korporativ va boshka ma’lumotlar, tashkilot va korxonalar vazifalari va maqsadlari bilan mos keluvchi, taklif qilinuvchi xizmatlar (qidiruv tizimlari, elektron pochta yoki e’lonlar elektron taxtachasi, buyurtmani bajarish jarayoni olib boruvchi buyurtma tizimi yoki nazorat tizimi). Ish mazmuniga ko’ra portal nafaqat tashkil iqtisodiy muxit bilan aloqani amalga oshiradi, balki ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar, ta’minotchilar o’rtasida o’zaro munosabatlar muxitini yaratadi. Masalan, xaridlar yoki ta’minot tizimlari texnik-material resurslarga extiyojlari xaqida axborot joylashtirishga, ta’minotchilar qidirish va ulardan tijorat takliflarini olish, tenderlar tashkiloti va boshqalar uchun imkon yaratadi.Barcha ma’lumot tizimda standartlashtirilgan katalogga mos ravishda sinflashtiriladi va saqlanadi.
Bozor ishtirokchilarining o’zaro munosabatlarining shakllari: Elektron savdo maydonchalari. Elektron biznes tizimlarida o’ziga xos rolni elektron savdo maydonchalari (e-marketplaces) o’ynaydi. Biznesning B2B modelida savdo maydonchalari ishtirokchilarga bir nechta asosiy vazifalarni ta’minlaydilar. Birinchi vazifa - bu umumiy apparat va dasturiy asos(platforma)da ta’minotchi va iste’molchilarga ma’lumotlar yetkazish. Bu orqali savdo kompaniyalari zaruriy axborotlarni ta’minlaydigan tranzakstiyalarni bajaradi. Boshqa bir vazifa - on-layn to’lov, logistika va dinamik savdo imkoniyati kabi xizmatlar taklifi. Savdo maydonchalarining yana bir vazifasi - limitlash, byudjetlash, kreditlash va yig’ma chegirmalar mexanizmlarini taqdim etish.Xozirgi kunda elektron savdo maydonchalari jo’shqin rivojlanish bosqichidadir. Elektron savdo maydonchalari turlarini, tashkillashtirish modellarini, boshqaruv xususiyatlarini va misollarni kengroq ko’rib chiqamiz. Elektron savdo maydonchalari ikki asosiy yo’nalish bo’yicha rivojlanadi. Yo tor soxaga, yo soxalararo jarayonlarga yo’nalib, mos ravishda yo vertikal, yo gorizontal birlashmalarni xosil qiladi. Gorizontal birlashmalar funkstional jarayonlar moliyaviy xisob, logistika, xizmat ko’rsatish va ta’mirlash, kadrlar bilan ishlash va boshqalar avtomizastiyasi bo’yicha yechimlar taklif qilgan xolda turli soxalarni qamrab oladi.
Testlar
1.Elektron biznesda xaridorlar necha tur boladi?
A)3
B)5
C)4
D)2
2.Elektron biznesga nechta ta’rif berilgan?
A)4
B)3
C)2
D)5
3.B2B andozasidan foydalanishni nechta turi bor?
A)2
B)6
C)3
D)5
4.B2B andozasi xorijda necha yil oldin paydo bo’lgan?
A)30
B)18
C)24
D)15
5.Zamonviy bozorda faoliyat yurituvchi xamma korxonalarni ularning elektron bozorga bo’lgan munosabatiga ko’ra necha guruhga ajratish mumkin?
A)3
B)7
C)5
D)6
6.Elektron biznesda barcha tovar va xizmarlar necha tur boladi?
A)4
B)7
C)3
D)2
7.Barcha elektron tovar va xizmatlar nechta kategoryadan iborat?
A)3
B)5
C)4
D)7
8.Java tilini qaysi kompaniya ishlab chiqqan?
A)Sun
B)Realnetwork
C)Netscape
D)Micrrosoft
9.Boeing qachon Venger kompaniyasi bilan shartnoma qilgan?
A)1997-yil
B)1999-yil
C)1998-yil
D)2000-yil
10. Internet do’kon nechta qismdan iborat?
A)3
B)5
C)4
D)6
11.Elektron tijoratni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan?
A)2007-yil
B)2009-yil
C)2003-yil
D)2002-yil
12. Arpanet qachon tashkil topgan?
A)1960-yil
B)1971-yil
C)1965-yil
D)1970-yil
13.Elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonun qachon qabul qilingan?
A)2003-yil
B)2000-yil
C)2004-yil
D)2002-yil
14.Elektron biznes andozalari nechta xil boladi?
A)5
B)3
C)7
D)6
15.Elekron biznes bilan shug’ullanadigan korxona o’z daromadining necha foizini reklamaga sarflaydi?
A)43%
B)50%
C)45%
D)55%
16.Ana’naviy biznesda o’z daromadining necha foizini reklamaga sarflaydi?
A)14,2%
B)15,6%
C)12%
D)20%
17.1980-yil Holl Varian tomonidan o’tkazilgan tadqiqotda iste’molchilar nechta guruhga bo’linadi?
A)2
B)6
C)7
D)4
18.Hozirgi kunda shtrixlashtirishning dunyoda necha turi mavjud?
A)50
B)47
C)55
D)60
19.Birinchi shtrixxlashtirish tizimi nechanchi yil va qayerda paydo bo’lgan?
A)1930-yil AQSHda
B)1937-yil Yaponiyada
C)1941-yil Xitoyda
D)1945-yil Rossiyada
20.UPC-shtrixli kodi qaysi davlatda ishltiladi?
A)AQSH,Kanada
B)Xitoy,Yaponiya
C)Uzbekistan,Qozog’iston
D)Rossiya,Italiya
Download 32,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish