Elektron apparatlarini changdan himoya qilish Reja


Keng polosali kuchaytirgichlar



Download 1,89 Mb.
bet26/67
Sana14.01.2022
Hajmi1,89 Mb.
#360365
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
Elektron apparatlarini changdan himoya qilish

Keng polosali kuchaytirgichlar

Analog integral mikrosxemalar elementar negiz bosqichlar asosida yasaladilar. Negiz bosqichlarga UE sxemada ulangan bipolyar tranzistorlar hamda UI sxemada ulangan maydoniy tranzistorlardan yasalgan bir bosqichli kuchaytirgichlar kiradi. Negiz bosqichlar bir vaqtning o‘zida tok yoki kuchlanish, hamda tok va kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish bilan quvvatni kuchaytiradilar.



Bipolyar tranzistorda yasalgan kuchaytirgich bosqichi. Umumiy emitter sxemada ulangan bipolyar tranzistorda yasalgan kuchaytirgich bosqichi eng keng tarqalgan. Kuchaytirgich tahlil qilinganda signal manbai yoki qarshilik RG bilan ketma – ket ulangan ideal kuchlanish manbai YeG ko‘rinishida (12.14 a-rasm), yoki qarshilik RG bilan parallel ulangan ideal tok manbai IG ko‘rinishida (12.14 b-rasm) ifodalanishi mumkin.



a) b)

12.14 – rasm.

Agar RG va kuchaytirgich bosqichining kirish qarshiligi qiymatlari bir – biriga yaqin bo‘lsa, signal manbaining turi hisoblash aniqligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Agar RG kuchaytirgich bosqichining kirish qarshiligidan ancha katta.

Umumiy emitter sxemada ulangan bipolyar tranzistorda yasalgan kuchaytirgich bosqichi sxemasi 12.15 – rasmda keltirilgan.

Sxemani tahlil qilganda, tranzistor holati kirish kuchlanishi bilan boshqarilganda uzatish xarakteristikasi (12.16-rasm), chiqish xarakteristikalar oilasi hamda kirish xarakteristikalar oilasidan foydalanish qulay.

12.15 – rasm. 12.16 – rasm.

Uzatish xarakteristikasi - kollektor toki IK ning baza – emitter kuchlanishi UBE ga bog‘liqligi eksponensial funksiya bilan approksimatsiyalanadi

. (12.16)

bu yerda - termik potensial, IKS – proporsionallik koeffisienti bo‘lib uning tahminiy qiymati mikroquvvatli kremniyli tranzistorlar uchun T=300 K bo‘lganda 10-9 mA tartibga ega bo‘ladi.

Kirish signali mavjud bo‘lmaganda kuchaytirgich bosqichi sokinlik rejimida bo‘ladi. Sokinlik rejimida kollektor – emittter kuchlanishining doimiy tashkil etuvchisi .

Kirishga o‘zgaruvchan kirish signalining musbat yarim davri berilsa, baza toki ortadi va u kollektor toki o‘zgarishiga olib keladi. Bu holat uzatish xarakteristikasi (12.16-rasm) dan ko‘rinib turibdi. Kollektor toki IK ning UBE kuchlanishiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi xarakteristika tikligi S bilan ifodalanadi:



UKE = const bo‘lganda

Bu kattalikni (6.1) ifodadan foydalanib ham topish mumkin:



(12.17) .

Shunday qilib, tiklik kollektor tokiga proporsional bo‘lib, har bir tranzistorning individual xossalariga bog‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun bu kattalikni aniqlashda o‘lchashlar talab qilinmaydi.

Kirish signali ta’siri natijasida RK dagi kuchlanish ortadi, UKE kuchlanish esa kamayadi, ya’ni manfiy yarim davrli chiqish signali shakllanadi. Demak, bunday kuchaytirgich bosqichi chiqish va kirish kuchlanish signallari orasida 180 0 ga faza siljishini amalga oshiradi. Kollektor toki Ik

.

kattalikka ortadi.

Chiqish kuchlanishi UChIQ esa

.

kattalikka kamayadi.

Demak kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffisienti (yuklama mavjud bo‘lmaganda (IYu=0)), quyidagiga teng

(3.18)

Masalan, agar RK =5 kOm; =25 mV; IK k=1 mA; S= 40 mA/V, u holda KU=-200.

Kollektor toki faqat UBE kuchlanishiga emas, balki UKE kuchlanishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu bog‘liqlik differensial chiqish qarshiligi bilan xarakterlanadi

UBE = const bo‘lganda,

Bu yerda proporsionallik koeffisienti UE Erli kuchlanishi. UE ning qiymatlari kremniyli n-p-n tranzistorlar uchun 80-200 V atrofida bo‘ladi. rKE hisobiga



(12.19) .

Signal manbaiga nisbatan kuchaytirish bosqichi uchun kirish qarshiligi katta rol o‘ynaydi. Uning qiymati qancha katta bo‘lsa, signal manbai shuncha kam yuklanadi va shunchalik yaxshi kirish bosqichiga uzatiladi. Kirish zanjirini yuklamaga ulangan kuchlanish manbai ko‘rinishida ifodalash uchun differensial kirish qarshiligi kattaligi kiritiladi



UKE = const bo‘lganda.

Kirish qarshiligi rBE va tiklik S orasida quyidagi bog‘liqlik mavjud



,

bu yerda - tok uzatish differensial koeffisienti. Amaliy hisoblar uchun quyidagi nisbatdan foydalanish mumkin



(12.20).

Kuchaytirgich bosqichining chiqish yoki ichki qarshiligi rChIQ bu bosqichni yuklama (keyingi bosqich) bilan o‘zaro ta’sirlashuvida katta rol o‘ynaydi. Kuchaytirgichning chiqish qarshiligi yuklamadan tok oqib o‘tayotganda chiqish kuchlanishini kamayishiga olib keladi va bu holatni kuchaytirish koeffisientini hisoblayotganda hisobga olish kerak bo‘ladi.

Yuklama qarshiligi RYu va chiqish qarshiligi rChIQ kuchaytirgich kuchaytirish koeffisientini martaga kamaytiruvchi kuchlanish bo‘luvchisini hosil qiladilar. Chiqish ichki qarshiligi . Natijada yuklamadagi kuchaytirish koeffisienti

(12.21)

Kuchaytirish koeffisienti temperatura o‘zgarishiga bog‘liq, chunki .

Nihoyat, tok bo‘yicha differensial kuchaytirish koeffisienti quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi

UKE = const bo‘lganda.

Bu kattalik statik koeffisientdan kollektor tokining keng o‘zgarish diapazonida sezilarli farq qilmaydi va ga teng.

Nochiziqli buzilishlarni kamaytirish va kuchaytirish koeffisientini temperaturaviy barqarorligini oshirish maqsadida kuchaytirgich bosqichiga manfiy teskari aloqa kiritiladi.


Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish