O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
Energetika FAKULTET
Mustaqil ish
Mavzu: Elektron aparatlar haqida umumiy ma’lumotlar
Bajardi: 47_20-guruh talabasi
Xamitov Timurbek
Tekshirdi: Bohodirov I.I
Toshkent 2021
Elektr va elektron aparatlar
Reja:
1. Elektr va elektron apparatlari.
2. Elektr apparatlariga iqlimiy omillarning ta'siri.
3. Elektr apparatlariga qo’yiladigan talablar.
Elektr va elektron apparatlar — turli qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar va boshqalarning elektr va noelektr parametrlarini oʻzgartirish, rostlash, oʻlchash, nazorat qilish hamda ularni ortiqcha kuchlanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan elektr qurilmalar. Vazifasiga koʻra, kommutatsion, ishga tushiruvchirostlovchi, rostlovchi, cheklovchi, oʻlchovchi, nazorat qiluvchi turlarga boʻlinadi. Ishi qanday fizik hodisaga asoslanganligiga qarab, Elektr apparatlarni elektromagnit, issiqlik, induksion va boshqalar turlarga ham boʻlish mumkin. Baʼzan, bir apparatning ishi bir necha fizik hodisalarga asoslangan boʻladi. Avtomatik va noavtomatik Elektr apparatlar ham farqlanadi. Elektr apparatlar jumlasiga boshqarish knopkalari, rubilniklar, ajratkichlar, viklyuchatellar (kommutatsion Elektr apparatlar), kontaktorlar, kontrollyorlar, magnitli ishga tushirgichlar, reostatlar va boshqalar (ishga tushiruvchirostlovchi Elektr apparatlar), rostlagichlar, stabilizatorlar va boshqalar (rostlovchi Elektr apparatlar), elektr reaktorlar, eruvchan saqlagichlar, razryadniklar va boshqalar (cheklovchi Elektr apparatlar), tok transformatorlari, kuchlanish transformatorlari (oʻlchovchi Elektr apparatlar) va boshqalar qurilmalar kiradi. Elektr apparatlar elektr tarmoqlarini himoya qilish tizimlarida, ishlab chiqarish jarayonlarida qoʻllaniladigan ishga tushirishrostlash qurilmalarida, transport vositalarida, avtomatika va telemexanika tizimlarida, aloqa, radio va televideniye tarmoqlari va boshqalar koʻp sohalarda ishlatiladi.
Elektr apparati - bu elektr energiyasini iste'mol qiluvchi va taqsimlovchi, o’zgartiruvchi va uzatuvchi qurilmalarning boshqaruvchi va rostlovchi, himoyalash, o’lchash va nazoratlash, elektr zanjirlarini ulab - uzish uchun qo’llaniluvchi elektrotexnik qurilmadir. Elektr apparati deganda energetikada, sanoatda, xo’jalikda va turmushda qo’llaniluvchi keng doiradagi xar-hil turdagi qurilmalar tushuniladi.
Ushbu qo’llanmada elektr tizimlarida, sanoat korxonalarining elektr ta'minot sxemalarida, texnolgik jarayonlarni avtomatlashtirishda va elektr yuritmalarda qo’llaniladi-gan apparatlarning nazariyasi asoslari, konstruksiyasi va ishlatish xarakteristikalari o’rga-niladi. Elektr apparatlarining sinflarga ajratilishi bir qator xususiyatlari bo’yicha amalga oshiriladi: asosiy bajaradigan funksiyasi, qo’llash doirasi, ishlash prinsipi, tokining turi, atrof muhit ta'siridan himoyalanganligi, konstruktiv xususiyatlari va boshqalar. Asosiysi bu asosiy bajaradigan funksiyasi bo’yicha sinflanishidir, bunga ko’ra elektr apparatlari quyidagi katta guruxlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |