Elektromagnit to'lqinlarni tarqatish va qabul qilish usullari Reja


Elektromagnit to’lqinlarning xossalarini eksperimental o’rganish



Download 72,5 Kb.
bet3/3
Sana04.06.2022
Hajmi72,5 Kb.
#636103
1   2   3
Bog'liq
6. Elektromagnit to\'lqinlarni tarqatish va qabul qilish usullari

Elektromagnit to’lqinlarning xossalarini eksperimental o’rganish

Elektromagnit to’lqinlarning xossalarini eksperimental o’rganish uchun to’lqin uzunligi 3 sm bo’lgan elektromagnit to’lqinlar generatori va priyomnigidan foydalanamiz (106-rasm). Generator va priyomnik ruporli antennaga ega, ruporlar elektromagnit to’lqinlarni aniq yo’nalish bo’yicha tarqatish va qabul qilishni ta’minlaydi. Qabul qilingan tebranishlar to’g’rilanadi va kuchaytirilgandan so’ng elektromagnit to’lqinlar indikatori hisoblanuvchi voltmetrga yuboriladi.
Yuqori chastotali generator va priyomnikni 106-a rasmda ko’rsatilgandek joylashtirib, voltmetr strelkasi nolda turishini ko’ramiz. Buning sababi shundaki, ruporli antennadan nurlanuvchi elektromagnit to’lqinlarning ensiz dastasi qabul qiluvchi antenna yonidan o’tib ketadi. Elektromagnit to’lqinlar yo’liga metall plastinka qo’yib (106-b rasm), galvanometr strelkasining og’ishini ko’ramiz. Demak, elektromagnit to’lqinlar metall plastinkadan qaytar ekan, shunga o’xshash yorug’lik to’lqinlari ham metall to’siqdan qaytadi.
Elektromagnit to’lqinlarni yutilishini namoyish qilish uchun ruporlarni bir-birining ro’parasiga joylashtiramiz, so’ngra radiokarnayda tovush eng yaxshi eshitiladigan bo’lgandan keyin ruporlar orasiga turli dielektrik jismlar qo’yiladi. Bunda karnaydan chiqayotgan tovush kamayganligini sezamiz.
Elektromagnit to’lqinlar dielektrik chegarasida o’z yo’nalishini o’zgartiradi ya’ni sinadi.
Elektromagnit to’lqinlarni sinishini kuzatish uchun 107-a rasmda tasvirlangan qurilmani yig’amiz. Generatorni ulab priyomnik elektromagnit to’lqinlarni qabul kilmayotganini kuzatamiz. Bunga sabab, rupordan tarqalayotgan to’lqinlar priyomnik antennasi yonidan o’tib ketadi. Generator bilan priyomnik oralig’iga parafindan qilingan to’g’ri burchakli prizmani 107-b rasmda ko’rsatilgandek qo’yib – priyomnik elektromagnit to’lqinlarni qabul qilaboshlaganini kuzatamiz.
Elektromagnit to’lqinlarning kutblanishini kuzatish uchun stol ustiga generator va priyomnikni ruporlarini bir-biriga qaratib qo’yamiz.
Ular orasiga ikkita metall panjara qo’yiladi (108-rasm). Agar panjaralar birxil vertikal holatda qo’yilsa, priyomnik signallarni qabul qilaboshlaydi. Panjaralardan biri – sekin asta aylantiraborilsa, qabul qilinayotgan ovozning pasayaboshlaganini sezamiz. Panjaralar o’zaro perpendikular holatga kelganda to’lqin o’tmasligini ko’rsatadi. Bu esa elektromagnit to’lqinlarning ko’ndalang to’lqin ekanligini ko’rsatadi.
Maksvell nazariyasidan kelib chiqadi-ki, elektromagnit to’lqin energiya uzatadi, elektromagnit to’lqin uzatadigan energiya, miqdor jihatidan energiya oqimining zichlik vektori (Umov-Poynting vektori) orqali ifodalanadi.
Elektromagnit to’lqin impulsga ega bo’lib, juda kichik. Elektromagnit nurlanishning impulsga egaligini kometa dumining holati isbotlaydi, ya’ni u radiatsion bosim ta’sirida quyoshdan teskari tomonga yo’nalgan.
Erkin elektromagnit maydon energiyaga, impulsga ega bo’lish bilan birga massaga ham egadir. bo’lganligidan s yorug’likning vakuumdagi tezligi katta bo’lganligi uchun massa kichik qiymatga ega. Masalan juda kuchli radiostansiya (500 kVt) ning bir soat ichida nurlagan energiyasini massasi 0,02 mg ekan.


Download 72,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish