Bog'liq 6. Elektromagnit to\'lqinlarni tarqatish va qabul qilish usullari
Maksvell nazariyasi
Maksvell nazariyasiga ko’ra magnit maydonning paydo bo’lishi yo harakatdagi elektr zaryadlari, yo o’zgaruvchan elektr maydonlari bilan bog’liqdir. Bundan elektr maydon kuch chiziqlari yo zaryadlardan boshlanadi va zaryadlarda tugaydi, yoki berk bo’ladi. Magnit maydoni induksiya chiziqlari doim berk bo’ladi, ularning boshi ham oxiri ham bo’lmaydi.
SHunday qilib fazoda o’zgaruvchi magnit maydon hosil qilingan bo’lsa, shu daqiqada maydonning shu yerda o’zgaruvchi elektr maydon yuzaga keladi va aksincha. Ana shu ikki o’zgaruvchi maydonlar hamma vaqt bir-birlari bilan bog’liq va birgalikda elektromagnit maydonni tashkil qiladilar. Elektromagnit maydon uyurmali. Bu degan so’z hosil qiluvchi maydonning kuch chiziqlari hosil bo’luvchi maydon kuch chiziqlari bilan konsentrik bog’langan. SHunday qilib, elektromagnit to’lqin elektromagnit tebranishlarni fazoda, ma’lum tezlik bilan tarqalish jarayoni.
Nurlatgichdan tarqalayotgan elektromagnit maydon haqida quyidagilarni aytish mumkin:
1. Elektr maydon kuchlanganligi elektromagnit nurlanish yo’nalishiga perpendikulyar tebranadi.
2. Magnit maydon induksiya vektori elektromagnit nurlanish yo’nalishiga va elektr maydon kuchlanganligiga perpendikulyar tebranadi. SHunday qilib va o’zaro perpendikulyar bo’lib, to’lqin tarqalish yo’nalishiga ya’ni to’lqinning tezlik vektorini yo’nalishiga perpendikulyar tekislikda yotadilar. Ana shu elektromagnit to’lqinni ko’ndalang to’lqin deyishimizda asos bo’ladi.
Elektr maydon kuchlanganligi vektori va magnit maydon induksiya vektori bir hil fazada tebranadilar ya’ni va bir vaqtda nolga teng bo’ladi va bir vaqtda maksimumga erishadi. Bu ma’lumotlarga asoslanib, elektr maydon kuchlanganligi va magnit maydon induksiyasi ning o’zgarishi va shu bilan birga to’lqin tarqalishini tezligi yo’nalishini grafik ko’rinishda ifodalash mumkin (101-rasm). SHu grafikdan foydalanib to’lqin uzunligi tushunchasini o’quvchilarga yetkazamiz. Elektromagnit to’lqinning bir tebranish davriga teng vaqt ichidagi siljish masofasi to’lqin uzunligi deyishadi.
Elektromagnit to’lqinning vakuumdagi tezlik va elektr va magnit doimiylari; muhitda elektromagnit to’lqin tezligi , bu yerda va - muhitning dielektrik va magnit singdiruvchanliklari. Agar elektromagnit to’lqinlarning tebranish davri T va chastotasi bo’lsa, u holda tarqalish tezligi:
Elektromagnit to’lqinlarning xossalarini o’quvchilarga tushuntirishda, avvalo ularning xossalari boshqa fizik tabiatli barcha to’lqinlar xossalari bilan birhilligini va bunda faqat elektromagnit to’lqinning ko’ndalang to’lqin ekanligini e’tiborga olish zarurligini ko’rsatamiz. Elektromagnit to’lqinlarning xossalarini o’rta maktabda asosan eksperimental yo’l bilan tushuntiramiz (nazariy yo’l o’quvchi uchun qiyin hisoblanadi).