Radioto‘lqinlar:
Yuqorida ham qayd etilganidek, radioto‘lqinlar uzunligiga ko‘ra sezilarli va yaqqol katta farqlarga ega bo‘lishi mumkin. Ularning to‘lqin uzunligi bir necha santimetrdan boshlab, bir necha yuz, hatto ming kilometrlargacha ham cho‘zilishi mumkin va ularning uzunligi hattoki Yer radiusi bilan taqqoslanarli darajalarda ham bo‘ladi (ma'lumot uchun, Yerning radiusi ?6400 km). Radioto‘lqinlar diapazoninig barcha to‘lqinlari texnikada juda keng qo‘llaniladi. Xususan, detsimetrli va ultraqisqa uzunlikdagi to‘lqinlar televizion dasturlarni hamda, radioeshittirishlarni uzatishda qo‘llanadi. Chastotaviy modulyatsiyalanuvchi ultraqisqa to‘lqinlar diapazoni (UKV/FM) to‘lqinlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarqalishi hududida nihoyatda katta aniqlik va sifat ko‘rsatkichi bilan, signalning tiniq yetkazib berilishini ta'minlay oladi. Kilometrlik to‘lqin uzunligiga ega radiouzatmalar esa, olis va uzoq masofalarga signal uzatish-qabul qilish maqsadlarida qo‘llanadi va ularni amplituda bo‘yicha modulyatsiyalanadi. Bunda siganlning sifati sezilarli darajada yo‘qotilsa hamki, lekin, kilometrlik to‘lqinlarning Yer atmosferasi ionosferasidan akslanishi evaziga, Yer sharining istalgan nuqtasiga yetkazish imkoni mavjuddir. Kezi kelganda aytish joizki, bugungi kunda, aloqaning ushbu turi asta-sekinlik bilan o‘tmishga aylanib bormoqda. Buning bosh omili esa, aloqaning boshqa bir turi - sun'iy yo‘ldosh orqali aloqaning rivojlanayotganligidir.
Mikroto‘lqinlar:
Mikroto‘lqinlar hamda, o‘ta yuqori chastotali radioto‘lqinlar 300 mm dan 1 mm gacha bo‘lgan uzunlikka ega bo‘ladi. Huddi detsimetrli va metrli uzunlikdagi to‘lqinlar singari, santimetrli uzunlikdagi to‘lqinlar ham atmosferada deyarli qarshiliksiz tarqaladi (ya'ni, ularni atmosfera deyarli yutmaydi). Ayni omilga ko‘ra ular ham sun'iy yo‘dosh aloqasini ta'minlashda, hamda boshqa muhim telekommunikatsion tizimlarda keng qo‘llanadi. Biz uylarimiz tomlarida ko‘rib ko‘nikib qolgan odatiy sun'iy yo‘ldosh likopchasi (parabola antennasi tarelkasi)ning o‘lchamlari, aynan shunday turdagi elektromagnit to‘lqinlardan bir nechtasining uzunligiga tengdir.
Ushbu ko‘rinishdagi elektromagnit to‘lqinlarning nisbatan qisqaroqlari sanoatda, hamda, maishiy turmushda o‘zining mustahkam o‘rniga egadir. Uzoqqa bormay, har birimizning oshxonalarimizda mavjud bo‘lgan mikroto‘lqinli pechlarni eslash kifoya. Mikroto‘lqinli pechning ishlash mohiyati, klistron deb ataluvchi qurilmadagi elektronalrning o‘ta tezkorlik bilan aylanishi tamoyiliga bog‘liqdir. Ushbu aylanish natijasida elektronlar muayyan chastotadagi o‘ta yuqori chastotali elektromagnit nurlanishlarni tarata boshlaydi va ushbu nurlanishlarni suv molekulalari osonlik bilan o‘ziga singdiradi (yutadi). Mikroto‘lqinli pechga taom qo‘yilganida, taom tarkibidagi suv molekulalari o‘ziga kelib tushayotgan mikroto‘lqinlarning energiyasini yutib oladi hamda natijada tezkorlik bilan harakatlana boshlaydi. Molekulalarning ushbu jadal harakati natijasida tarkibida ushbu molekulalar bo‘lgan taomning qizishi (isishi yuzaga keladi). Boshqacha aytganda, taomni tashqaridan turib qizdirish-isitishni amalga oshiruvchi oddiy pech yoki, duxovkalardan farqli o‘laroq, mikroto‘lqinli pech mahsulotni ichidan isitadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.www.hozir.org
2.www.arxiv.uz
3.www.orbita.uz
4. Sklyarov O.K Формирователь оптический импулсов ю PATENT N/o 1802418. Проиритет от 08,01,1991 Зарегистрырован 13,10,1993
Do'stlaringiz bilan baham: |