Elektromagnit maydon



Download 295,35 Kb.
bet3/5
Sana26.04.2022
Hajmi295,35 Kb.
#584494
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-ma\'ruza

2) elektromagnit maydon modda kabi massaga, energiyaga, harakat miqdori va uning momentiga ega bo‘lib, boshqa materiya hisobiga hosil bo‘ladi va materiyaning boshqa turiga aylanishi mumkin hamda tabiatning asosiy qonuniga ko‘ra bordan yo‘q va yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Shu bilan birga elektromagnit maydon fazoda uzluksiz to‘lqin, diskret yoki kvant ko‘rinishida tarqaladi. Bu xususiyat esa faqat elektromagnit maydonga xos bo‘lib, materiyaning boshqa turlarida kuzatilmaydi.

3) elektromagnit maydon tomonidan zaryadlangan zarrachalarga ko‘rsatadigan kuch ta’siri maydonning maxsus elektromagnit xususiyati hisoblanadi. Bunday xususiyat mexanikada butunlay kuzatilmaydi.

4) elektromagnit maydon ma’lum sharoitlarda moddaga, modda esa o‘z navbatida maydonga aylanishi mumkin. Masalan, elektron va pozitron ikki kvantli elektromagnit nurlanishga aylanadi, foton yo‘q bo‘lganda esa ikki juft elektron va pozitron hosil bo‘ladi.

Shu narsani ta’kidlab o‘tish joizki, fizik (elektr, magnit va boshqa) maydon va bizga matematika kursidan ma’lum bo‘lgan funksiya, skalyar yoki vektorning maydoni turlicha ma’noga ega. Funksiyaning maydoni deganda bu funksiya aniqlanadigan fazoning sohasi tushuniladi. Fizik maydon xossalarini bayon etishda maydonning matematik tushunchasidan foydalaniladi.

Elektr maydonidagi materiallarning xarakteristikalari


Bir xil zaryad turli muhitda har xil kattalikdagi elektr maydonini hosil qiladi. Chunki muhit (material) elektr maydoniga ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat materialdagi qo‘shimcha zaryadlarning harakatga kelishi natijasida o‘zlarining elektr maydonini hosil bo‘lishi bilan tushuntiriladi.
O‘tkazgich materiallarda tashqi elektr maydoni ta’sirida erkin zaryadlarning qayta taqsimlanishi yuz beradi va material ichida qo‘shimcha elektr maydoni hosil bo‘ladi. Bu maydon tashqi elektr maydonini to‘la kompensatsiyalaydi. Shuning uchun ham o‘tkazgich materialdagi natijaviy maydon kuchlanganligi nolga teng bo‘ladi. O‘tkazgich materiallarda elektr maydoni ta’sirida zaryadlarning qayta taqsimlanish hodisasi elektrostatik induksiya deb ataladi. Bu hodisadan elektrotexnik qurilmalarni tashqi elektrostatik maydon ta’siridan himoyalash (elektrostatik ekranlar yasash)da foydalaniladi.
Elektr maydoni bilan o‘zaro ta’siriga ko‘ra dielektriklar qutblanmagan va qutblangan dielektriklarga bo‘linadi. Qutblanmagan dielektriklarda bog‘langan zaryadlar mavjud bo‘lib, tashqi elektr maydoni bo‘lmaganda ular elektr neytral holatda bo‘ladi. Musbat zaryad markazda, manfiy zaryad esa markaz atrofidagi aylanada joylashgan bo‘ladi (8.6 – rasm, a).
Tashqi elektr maydoni ta’sirida bu zaryadlar o‘zaro siljiydi (8.6 – rasm, b va v),
natijada
elektr momenti bilan tavsiflanadigan dipol hosil bo‘ladi.
Bog‘langan zaryadlarni elektr maydoni ta’sirida siljishi qutblanish deb ataladi.

8.6 – rasm

Qutblangan dielektriklarda tashqi elektr maydoni bo‘lmagan holatda ham o‘zaro siljigan bog‘langan zaryadlar mavjud bo‘ladi. Ammo tashqi elektr maydoni bo‘lmaganda tartibsiz joylashgan bu zaryadlarning natijaviy elektr momenti nolga teng bo‘ladi. Tashqi elektr maydoni ta’sirida dipollar joylashuvi o‘zgaradi, natijada ular tashqi maydonga qarama-qarshi yo‘nalgan maydon hosil qiladi. Dielektrikdagi natijaviy elektr maydoni quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda
- dielektrik ichki maydonining kuchlanganligi,
tashqi elektr maydoni kuchlanganligi.
Shuni ta’kidlash joizki, qutblanish qancha kuchli bo‘lsa, dielektrikdagi natijaviy elektr maydoni shuncha kuchsiz bo‘ladi. Dielektrikning bu xossasini son jihatdan tavsiflash uchun qutblanganlik deb ataluvchi kattalikdan foydalaniladi:
Elektr maydonini tavsiflashda elektr induksiya yoki elektrik siljish vektoridan foydalaniladi:
bu yerda a=o – muhitning absolut dielektrik singdiruvchanligi.
Elektr induksiya – vektor kattalik bo‘lib, dielektrikdagi zaryadlarni tashqi elektr maydoni ta’sirida yuza birligi bo‘yicha siljishini son jihatdan tavsiflaydi. Elektr induksiya elektr maydoni kuchlanganligidan farqli ravishda muhitning xossalariga bog‘liq emas.
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish