Elektromagnit kuchlanish rostlagichlar



Download 143,64 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi143,64 Kb.
#352256
Bog'liq
Elektromagnit kuchlanish rostlagichlar


Elektromagnit kuchlanish rostlagichlar

Rus artilleriya zobiti M.I .Karmanov tomonidan 1881 -yilda taklif qilingan elektromagnit (tebranuvchi) kuchlanish rostlagichlari asosan o ‘zgarmas tok generatorlari bilan ishlatiladi. Elektr ta’minot tizimida o ‘zgaruvchan tok generatorlariga o‘tilishi bilan ishonchliligi va ishlash muddati yuqori bolgan elektron kuchlanish

rostlagichlar elektromagnitli rostlagichlarni toboro siqib chiqarmoqda. Elektromagnitli rostlagichlar tuzilishining soddaligi va nisbatan arzonligi tufayli hozirgi kunda

ham ba’zi yengil avtomobillarda qo‘llanilmoqda.

Elektromagnitli kuchlanish rostlagichining sxemasi 1.23-rasmda berilgan.Uning magnit tizimi U shaklidagi yarmo 8, chulg‘am 7 o ‘ralgan o‘zak 3 va yakorcha 4 dan iborat

o‘zak, yarmi va yakorcha yuqori magnit o ‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan kam uglerodli po‘latlardan tayyorlangan. Chulglam 7 generatorning to'la kuchlanishiga ulangan. Prujina 6 yakorcha 4 ni tortib, kontaktlar 2 ni tutash holda ushlab turadi. Rostlagichning volframdan tayyolangan kontaktlari 2yakorcha va yarmo orqali generatoming uyg'otish chulg'ami UCh zanjiriga ketmaket ulangan. Kontaktlarning biri yakorcha 4 ga, ikkinchisi esa qo'zg'almas plastina 1 ga mahkamlangan. Kontaktlarga parallel, uyg'otish chulg'amiga esa ketmaket qo'shimcha qarshilik Rq ulangan. Yakorcha 4 termobimetall plastina (TBP) 5ga joylashtirilgan. Elektromagnit kuchlanish rostlagichlarida etalon kattalik vazifasini prujina 6 ning tortish kuchi, o'lchov elementi vazifasini esa generator ishlab chiqqan kuchlanishdan ta’sirlanuvchi rostlagichning chulg'ami 7 bajaradi.

Rostlagichning ishlash prinsipi. O't oldirish kaliti О OK ulanganda tok akkumulatorlar batareyasidan tutash kontaktlar 2, yakorcha 4, yarmo 8, ya’ni qarshiligi kam bo‘lgan zanjir orqali uyg'otish chulg'amiga keladi va uning atrofida magnit maydonni hosil qiladi. Ayni vaqtda tok elektromagnitning chulg'ami 7 ga hamkeladi va o'zak 3 ni magnitlaydi. Generatoming kuchlanishi UG belgilangan rostlanish kuchlanishi UR dan kam bo'lganda (UG < Up), prujina 6 kontaktlar 2 nitutash holda ushlab turadi, chunki o'zak 3 da hosil bo‘lgan magnit maydonining

yakorni tortish kuchi, pnijinani tortish kuchidan kam bo'ladi. Rotorning aylanishlar chastotasi ortishi bilan generatoming kuchlanishi ham o'sib boradi. Generator

kuchlanishining ortishi rostlagichning chulg'ami 7 dagi tok kuchining ham ortishiga va o'zak 3 ni kuchli magnitlanishiga olib keladi. Bu jarayon davom etib, generator kuchlanishi UG ning qiymati rostlanish kuchlanishi UR dan (UG> Up), ortgan,

ya’ni o'zak 3 magnit maydonining tortish kuchi prujina 6 ning tortish kuchidan ortgan vaqtda kontakt 2 uziladi.

Kontakt 2 uzilishi bilan generatoming uyg'otish chulg‘ami zanjiriga ketmaket qo'shimcha qarshilik R q ulanadi, natijada uyg'otish chulg'amidan o'tayotgan

tok miqdori keskin kamayadi. Bu esa o'z navbatida, uyg'otish chulg'ami atrofidagi magnit oqimining susayishiga va generatoming stator chulg'amlarida induksiyalanayotgan EYuK qiymati, demak kuchlanishning taxminan 0,1-0,4 V ga kamayishiga olib keladi. Generator kuchlanishining pasayishi bilan rostlagich chulg'ami7 dan o'tayotgan tok va o'zak 3 dagi magnit may donning tortish kuchi kamayadi va

natijada prujina 6 ning tortish kuchi ta’sirida rostlagich kontaktlari yana tutashadi.Tok uyg'otish chulg'amiga yana qarshiligi kam bo'lgan zanjir, ya’ni yakorcha va

yarmo orqali uzatiladi, uyg'otish chulg'amidan o'tayotgan tok ortadi, uning atrofida hosil bo‘layotgan magnit oqim kuchayadi va demak, generatoming kuchlanishi yana o'sadi. Generator kuchlanishining o'sishi rostlagich chulg‘amidan o‘tayotgan tok kuchini oshiradi, o'zakning magnitlanishi kuchayadi va u yana yakorchani

o'ziga tortib, kontaktlami uzadi. Shunday qilib, elektromagnit rostlagich ishlayotganda uning kontaktlari davriy ravishda tutashib-uzilib turadi va rotorning aylanishlar chastotasiga bog'liq holda, uyg'otish tokining qiymatini o'zgartirib turadi.Generatoming kuchlanishi esa o'zining o'rtacha qiymati atrofida o'zgaradi



Elektromagnitli kuchlanish rostlagichi:a) rostlagich sxemasi, b) generator kuchlanishining aylanishlar chastotasiga bogMiqligi.Agar kontaktlaming tutashish-uzilish chastotasi bir sekundda 30 martadan kambo‘lmasa, kuchlanishning tebranishi amalda sezilmaydi va и belgilangan o'zgarmasqiymatga ega degan tasawur hosil qilsa boMadi.

Generator kuchlanishining o ‘rtacha qiymati U0-rt ni kontaktlaming uzilishsharti, ya’ni o‘zakning magnit kuchi Fm bilan, prujinaning tortish kuchi Fpr lamingtengligi asosida aniqlash mumkin:0 ‘zakning magnit tortish kuchi:

Ғ т = С {ф 2 .

Bu yerda: cx - proporsionallik koeffitsiyenti, Ф - rostlagich o‘zagidagi magnit oqimi.Magnit zanjiriga taalluqli Om qonuniga ko4ra:Bunda: O - rostlagich chulg‘amining o'zakni magnitlovchi magnityurgizuvchi kuchi, Rm = s2b rostlagich o ‘zagi va yakorcha orasidagi tirqish 5 ga proporsional bo‘lgan magnit qarshilik, c2-proporsionallik koeffitsiyenti. Demak,

Yuqorida aytilganidek, rostlagich chulg‘ami generatorga parallel ulangan va unga generatoming rostlanayotgan kuchlanishi uzatiladi. Demak, rostlagich chulg‘amininng magnit yurgizuvchi kuchi: Bunda: i0 - chulg‘amdan o‘tayotgan tok, co0 - chulg‘amdagi oMamlar soni, r0 -

chulg‘am qarshiligi.

Endi <9 ifodasini ga qo‘ysak:Bu tenglamani Uo rl ga nisbatan yechsak, generatoming rostlanayotgan kuchlanishining asosiy tenglamasini hosil qilamiz: ifodadan ko‘rinib turibdiki, agar rostlagich chulg‘ami qarshiligi rQ ni temperatura ta’sirida o ‘zgarishi hisobga olinmasa, generatoming rostlanayotgan kuchlanishi faqat o‘zak bilan yakorcha orasidagi tirqish 5 va prujinaning tortish kuchi Fpr ga bogMiq boMadi.Demak, generatoming rostlanayotgan kuchlanishi qiymatini o‘zgartirish uchun yo prujinani tortish kuchi Fpr ni (asosiy usul), yoki havoli tirqish 5 ni o ‘zgartirish zarur.

Elektromagnitli rostlagichning generator aylanishlar chastotasi o ‘zgargandagi ish jarayoni. Rostlagich kontaktlari tutash boMganda, generator kuchlanishi UG ning ortishi va kontaktlar uzilganda kamayish tezliklari generatoming aylanish chastotasiga bogMiqdir. Uyg‘otish chulg‘amining zanjiri ulangan holda, generator kuchlanishi ma’lum chegaraviy qiymatgacha о ‘sib boradi, aylanishlar chastotasi qancha katta bo‘Isa, bu chegaraviy kuchlanish qiymati ham shunchalik yuqori boMad. Aylanish chastotasi ortishi bilan generator kuchlanishining o ‘sishi ham tezlashadi va kuchlanish o4sishini ifodalovchi egri chiziq shunchalik tik boladi

Rostlagich yakorchasining tebranish chastotasini orttirish. Yuqorida ko‘rsatilganidek, rostlangan kuchlanishning tebranishi tok iste’molchilariga sezilmasligi uchun rostlagich yakorchasining tebranish chastotasi 30 Hz dan kam bolmasligi kerak. Yaorchaning tebranish chastotasini orttirish uchun awalo, uning mexanik inersiyasi kamaytiriladi. Buning uchun u mumkin qadar yupqa va yengil qilinadi va

unga uchburchak yoki yarim doira shakli berilib, oglrlik markazi aylanish o ‘qiga yaqinlashtiriladi.

Ammo yakorchaning mexanik inersiyasini kamaytirish hisobiga tebranish chastotasini orttirish, quwati uncha katta bolmagan (100 W gacha) generatorlardagina samara beradi. Generatoming quwati ortishi bilan uning o‘zaklaridagi magnit oqimi va uyg‘otish chulg‘amidagi induktivlik ham ortadi va natijada, rostlagich

o ‘zagining magnit inersiyasi kuchayishi hisobiga kuchlanishning o‘sish va pasayish jarayonlari sekinlashadi.

Rostlagichning magnit inersiyasini kamaytirish uchun kontaktlar tutash holda uning o ‘zagini sun’iy ravishda magnitlash, kontaktlar uzilganda esa magnitsizlash zarur. Buni amalga oshirish uchun rostlagich o ‘zagiga maxsus tezlatuvchi chulg‘am o ‘raladi yoki rostlagich chulg‘ami zanjiriga tezlatuvchi qarshilik ulanadi. Hozirgi vaqtda, ishlatishga qulay bo‘lgan, rostlagichning tezlatuvchi qarshilik ulangan sxemasi kengroq qollanilmoqda (1.27-rasm). Bu sxemada rostlagich chulg‘ami (RCh) generator bilan qo‘shimcha qarshilik Rq ga ketma-ket ulangan

tezlatuvchi qarshilik Rt orqali boglangan. Yakorchaning tebranish chastotasini tezlatish quyidagicha amalga oshiriladi. Kontaktlar tutash boiganda, rostlagich chulg‘ami RCh ga uzatilayotgan kuchlanish generatoming kuchlanish qiymatiga deyarli teng boiadi, chunki tezlatuvchi

qarshilik Rt orqali o ‘tayotgan rostlagich chulg‘amining toki ich ning qiymati juda kichik va Rt da (ya’ni



«а» nuqtada) kuchlanishning pasayishi hisobga olmasa ham boladigan darajada kam boiadi


Download 143,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish