O’ta kuchlanish
Elektrolitning parchalanish kuchlanishi elektroliz jarayoniga qarshi reaksiya natijasida sodir bo’ladigan qaytar galvanik elementning elektr yurituvchi kuchidan kam bo’lmasligi kerak. Lekin ko’pchilik hollarda, ayniqsa, gazlar ajralib chiqarilgan hollarda elektrolitni parchalash uchun haqiqatda beriladigan potensiallar ayirmasi o’sha moddalardan tuzilgan qaytar galvanik elementning elektr yurituvchi kuchidan farq qiladi. Ular orasidagi ayirma o’ta kuchlanish deyiladi: Bu yerda,
η = E – E1
η – o’ta kuchlanish;
E - haqiqatda beriladigan parchalanish kuchlanish
E1 - qaytar galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |