Elektrokimyoviy ekvivalent. (86.1) ifodadagi proporsionallik koeffitsienti k moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deyiladi. U elektrolizda elektrodda ajralib chiqqan modda massasining elektrolit orqali o'tgan zaryad miqdoriga nisbatiga tengdir.
Ba'zi moddalarning elektrokimyoviy ekvivalenti
Modda
|
k, 10~6 kg/C
|
Kumush
Vodorod
Mis
Rux
|
1,118
0,01045
0,3294
0,0388
|
Faradeyning ikkinchi qonuni. Moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti uning atom (molekulyar) massasi A ning valentlik n ga nisbatiga to'g'ri proporsional:
(86.3)
Atom (molekulyar) massaning valentlikka nisbatiga kimyoviy ekvivalent deyiladi.
(86.3) ifodadagi F Faradey doimiysi deyiladi. Uning fizik ma'nosini aniqlash uchun (86.3) ni (86.1) ifodaga qo'yamiz:
(86.4)
(86.4) Faradeyning elektroliz uchun umumlashgan qonuni deyiladi.
Faradey doimiysi elektrolizda elektrodda ajralib chiqadigan massa moddaning kimyoviy ekvivalentiga teng bo'lishi uchun elektrolitdan o'tishi kerak bo'lgan zaryad miqdorini ko'rsatadi.
Faradey sonining qiymati tajribada aniqlangan va F= 9,648 • 104C/mol.
M a z m u n i: sof moddalarni ajratish; galvanotexnika.
Sof moddalarni ajratish. Elektroliz hodisasi texnikada va sanoatda keng qo'llaniladi. Bu usul bilan toza moddalar: temir, marganes, xrom, mis, rux, xlor, ftor va boshqa moddalar ajratib olinadi Masalan, toza misni mis sulfat eritmasidan (mis kuporosidan) ajratib olishdan oldin dissotsiatsiya ro'y beradi:
So'ngra esa mis kationlari elektr maydoni ta'sirida katodga tomon harakat qiladi va unda neytrallashib mis atomini hosil qiladi:
Galvanotexnika. Metalldan yasalgan detallar va asboblarni zanglamaydigan qoplama bilan qoplash usuli galvanotexnika ham sanoatda keng qo'llaniladi. Tez oksidlanadigan metallardan yasalgan narsalarning sirti qiyin oksidlanadigan: nikel, kumush, rux va boshqalar bilan qoplanadi. Nikellangan buyumlar: samovar, choynak, pichoq, qoshiq, sanchqilar shu usul bilan hosil qilinadi.
Narsalarning sirtini oksidlanmaydigan metallar bilan qoplash galvanostegiya deyiJadi. Bu usul eng arzon, qulay va tez bajariladigan usuldir.
Masalan, nikel bilan qoplash kerak bo'lgan buyumni yaxshilab tozalab, so'ngra elektrolitik vannaga tushiriladi. Vannaga nikelning ikkilamchi tuzining ammiakdagi eritmasi solinadi. Anod sifatida nikel parchasi olinsa, buyum katod vazifasini o'taydi. Ma'lum vaqt tok o'tkazilib, nikel qatlamining kerakli qalinligi hosil qilinadi.
Buyumlarni kumush yoki oltin bilan qoplashda kumush va oltin tuzlarining eritmalaridan foydalaniladi.
Biror shaklni hosil qilish uchun buyum sirtiga metallni elektrolitik cho'ktirish usuli galvanoplastika deyiladi. Galvanoplastika 1836- yilda rus fizigi B.Yakobi tomonidan kashf etilgan bo'lib, tezda sanoatda keng qo'llanila boshladi.
U turli barelyeflar (naqsh), haykalchalar nusxasini tayyorlashda, kredit kartochkalari va boshqa qog'ozlarni chiqarish uchun klishe tayyorlashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |