Elektrolitik dissotsiatsiya. Elektrolit eriganda molekulalarining musbat va manfly zaryadlangan ionlarga ajralishi elektrolitik dissotsiatsiya deyiladi. Natijada eritmada musbat ionlar (kationlar) va manfiy ionlar (anionlar) hosil bo'ladi. Odatda kationlar metallar va vodorodning ionlari, anionlar esa kislota qoldiqlari va gidroksil gruppalar bo'ladi.
Dissotsiatsiya jarayoni quyidagicha yoziladi:
O'ng tomonga yo'nalgan strelka dissotsiatsiyani, chap tomonga yo'nalgan strelka esa — rekombinatsiyani, ya'ni turli ismli zaryadlangan ionlar birlashib neytral molekulalar hosil qilishini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |