tayyorlashda, kredit kartochkalari va boshqa kog`ozlarni chiqarish uchun klihe
Agar eritmaga metall elektrod tushirilsa, unda elektrodning manfiy ionlari metal
sirtiga kelib kristall panjaradagi musbat ionlarni sug`urib oladi. Shu bilan birga teskari
jarayon, metal ionlarining elektrodda yopishishi ham ro`y beradi. Agar elektrolitning
Metall ionlarining eritmaga o`tishi natijasida, metal- manfiy, eritma esa musbat
zaryadlanib qoladi, ya’ni eritmadan metalga yo`nalgan elektr maydoni vujudga keladi
va u metalning yana erishiga to`sqinlik qiladi. Bordi-yu dastlab teskari jarayon eritma
ionlarining elektrodda yopishib qolishi jadalroq ro`y bersa, unda elektrod musbat
Har ikkala holda ham, metal va eritma orasida paydo bo`lgan potentsiallar farqi
elektrodning emirilish va kristallanish tezligini tenglashtirib turadi.Bu potentsiallar farqi
Agar eritmaga turli metallardan yasalgan ikkita elektrod botirilsa, ularning elektrolitik
potentsiallari farqiga teng bo`lgan potentsiallar farqi vujudga keladi. Shunday qilib,
metal va elektrolitlarning kimyoviy ta’sir energiyasi elektr maydon energiyasiga
Kimyoviy reaktsiya energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantirib boradigan
Galvanik elementning tuzilishiga, yopiq zanjirda elektr tokini vujudga keltiradigan
metal va elektrolit o`rtasidagi o`zaro ta’sir asos qilib olingan. Bu hodisa XVIII asr
oxirida italiyalik olim L.Galvani tomonidan ochilganligi sababli, yangi tok manbalari
uning sharafiga galvanik elementlar deb atalgan. Galvanik
elementlar biror elektrolitga tushirilgan ikkita turli
materiallardan yasalgan elektrodlardan iborat bo`ladi.
Italiyalik fizik A.Volta mis va rux plastinkalarni sulfat
kislota eritmasiga tushirib birinchi galvanik elementni
yasagan.Volta elementining EYuK 1,1V bo`lgan. Volta
elementi ishlaganda uning musbat qutblarida vodorod ajraladi, manfiyida esa ruxning
erishi ro`y beradi.
Amalda, elektrodlari va elektroliti bilan Volta elementidan farq qiladigan boshqa
elementlardan qo`proq foydalaniladi. Masalan, 1,09 V EYuK Daniel elementida musbat
elektrod mis ko`porosiga botirilgan-mis, manfiy elektrod esa, rux ko`porosi yoki sulfat
kislotaga botirilgan rux.
Galvanik elementlarning ko`pchiligida uzoq foydalanilganda EYuK kamayadi va
tok berolmay qoladi. Bunga sabab elektrodlarning qutblanishidir.
Volta elementining ish prinsipida katta kamchilik mavjud. Mis elektrodda
ajralayotgan vodorodlar ma’lum vaqtdan so`ng elektrodni o`rab oladi va vodorodning
yangi ionlari kelishiga to`sqinlik qiladi. Natijada elektrodlarning elektrolitik potentsiali
va demak ularning farqi ham o`zgaradi.Bu hodisaga elektrolitlarning qutblanishi
deyiladi. Elektrodlarning qutblanishi elementda go`yoki qarama-qarshi EYuK vujudga
keltiradi va undagi tokni kamaytiradi. Elementning qutblanishini yo`qotish uchun,
ajraladigan gaz bilan birikuvchi oksidlovchi modda kiritiladi. Bunday oksidlovchilarga
qutblashni yo`qotuvchilar, qutblarni yo`qotuvchi elementlarga esa qutblanmaydiganlar
deyiladi va ular ancha uzoq vaqt ishlaydi. Qutblanmaydigan galvanik elementlarning
juda ko`p turlari mavjud bo`lsada ularning ish prinsipi bir xil. Ularning eng ko`p
tarqalganlaridan biri Leklanshe elementi bo`lib EYuK 1,5 V ni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: