Elektrolitik dissotsiya. Elektrolit eriganda molekulalarining musbat va manfiy zaryadlangan ionlarga ajralishiga elektrolitik dissotsiatsiya deyiladi. Natijada eritmada musbat ionlar (kationlar) va manfiy ionlar (anionlar) hosil bo`ladi. Odatda kationlar metallar va vodorodning ionlari, anionlar esa kislota
Elektroliz.Tashki elektr maydoni bo`lmaganda eritmani tashkil qiluvchi qarama-qarshi ishorali ionlar va molekulalar betartib harakat holatida bo`ladi. Agar eritmaga elektr maydoni ta’sir etsa, ionlarning harakati tartibga tushadi. Elektrolitda elektr tokini sim orqali tok manbaiga ulangan elektrodlarni tushirish bilan hosil qilish mumkin.
Elektr maydoni ta’sirida kationlar manfiy elektrod katodga (k) qarab, anionlar esa musbat elektrod anodga (A) qarab harakatlana boshlaydi. Shuni ta’kidlash lozimki ionlarning tezligi juda kichik masalan E=102 v/m bo`lganda vodorod ionlarining tezligi m/s bo`ladi. Natijada elektrolitlarda zaryadlangan zarralarning batartib harakati, ya’ni elektr toki vujudga keladi.Tok kuchi elektrolitning ma’lum kesimidan o`tuvchi earyadning vaqtga nisbatiga teng. Elektr tokining zichligi esa Om qonuniga muvofiq aniqlanadi.
J=
Bu yerda - elektrolitning solishtirma qarshiligi. Metallardagidan farqli ravishda elektorlitning solishtirma qarshiligi temperatura ko`tarilganda kamayadi, solishtirma o`tkazuvchanligi ortadi.
Elektrolitdan tok o`tganda elektroliz hodisasi ro`y beradi.
Elektrolitdan tok o`tganda tarkibiga kiruvchi moddalarning elektrodlarda ajralib chiqishiga elekroliz hodisasi deyiladi.
Elektrolitlarda tok o`tishi moddaning ko`chishi bilan bog’liq bo`lganligi sababli ularga ikkinchi tur o`tkazgichlar deyiladi.
Faradeyning birinchi qonuni. 1833 yil M.Faradey elektroliz qonunlarini yaratdi. Faradeyning birinchi qonuni: elektrodda ajralib chiqadigan moddaning massasi m, elektrolitdan o`tgan zaryad miqdori Q ga proportsional.
, yoki m=kIt
Elektroqimyoviy ekvivalent proportsionallik koeffitsienti k ga moddaning elektroqimyoviy ekvivalenti deyiladi. U elektrolizda elektrodda ajralib chiqqan modda massasining elektrolit orqali o`tgan zaryad miqdoriga nisbatiga tengdir.
Moddalarning elektroqimyoviy ekvivalenti.
MODDA
|
k, 10-6 kgG`Kl
|
Kumush
Vodorod
Mis
Rux
|
1,118
0,01045
0,3294
0,0388
|
2. Faradeyning ikkinchi qonuni.Moddaning elektroqimyoviy ekvivalenti uning atom (molekulyar) massasi A ning valentlik n ga nisbatiga to`g`ri proportsional
k =
Atom ( molekulyar)massaning valentlikka nisbatiga kimyoviy ekvivalent deyiladi.
F ga Faradey doimiysi deyiladi. Uning fizik ma’nosini aniqlash uchun
m =
ushbu ifodaga Faradeyning elektroliz uchun umumlashgan qonuni deyiladi.
Faradey sonining qiymati tajribada aniqlangan va F= 9,648 04 Kl/mol.
Elektroliz hodisasi texnikada va sanoatda keng qo`llaniladi. Bu usul bilan toza moddalar: temir, marganets, xrom, mis, rux, xlor, ftor va boshqa moddalar ajratib olinadi.
Galvanotexnika. Metalldan yasalgan detallar va asboblarni zanglamaydigan qoplama bilan qoplash usuli galvanotexnika ham sanoatda keng qo`llaniladi.Tez oksidlanadigan metallardan yasalagn narsalarning sirti qiyin oksidlanadigan: nikel, kumush, rux va boshqalar balan qoplanadi. Nikellangan buyumlar: samovar, choynik, pichok, qoshiq, sanchqilar shu usul bilan hosil qilinadi.
Narsalarning sirtini oksidlanmaydigan metallar bilan qoplashga galvanostegiya deyiladi. Bu usul eng arzon, qulay va tez bajariladigan usuldir.
Masalan nikel bilan qoplash kerak bo`lgan buyumni yaxshilab tozalab so`ngra elektrolitik vannaga tushiriladi. Vannaga nikelning ikkilamchi tuzining ammiakdagi eritmasi solinadi. Anod sifatida nikel parchasi olinsa, buyum katod vazifasini o`taydi. Ma’lum vaqt tok o`tkazilib, nikel qatlamining kerakli qalinligi hosil qilinadi.
Buyumlarni kumush yoki oltin bilan qoplashda kumush va oltin tuzlarining eritmalaridan foydalaniladi.
Biror shaklni hosil qilish uchun buyum sirtiga metallni elektrolitik chuktirish usuliga galvanoplastika deyiladi.Galvanoplastika 1836 yilda rus fizigi B.Yakobi tomonidan kashf etilgan bo`lib, tezda sanoatda keng qo`llanila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |