Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi Bu nazariyani 1887 yilda shved olimi S. Arrenius yaratgan. Uning mohiyati quyidagilardan iborat: Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy zaryadli ionlarga ajraladi


Elektrolitik dissosilanish nazariyasi



Download 42,92 Kb.
bet3/8
Sana30.12.2021
Hajmi42,92 Kb.
#195202
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi Bu nazariyani 1887 yilda shved olimi S

10.2. Elektrolitik dissosilanish nazariyasi

Shved olimi S.Arrenius (1887 y) elektrolit eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligi bilan Vant-Goff va Raul qonunlariga buysun-masligi orasida ichki bog‘lanish bor degan xulosaga keldi. U elektrolit molekulalari suvda eriganda ionlarga parchalanadi, deb taxmin qiladi. Shunday qilib, elektrolit dissotsilanish nazariyasi vujudga keldi . Lekin bu nazariya elektrolit molekulalari ionlarga dissotsilanish sababini tushuntirib bera olmadi. Bu nazariya D. I. Mendeleevning “gidratlar nazariyasiga” asoslangan I.A. Kablukov va V.PKistyakovskiylarning ishlarida uz rivojini topdi. Elektrolit molekulalarining parchalanishiga erituvchining qutblangan molekulalari sa-bab bo‘ladi. Anorganiq moddalarning oddiy erituvchisi bo‘lgan suv ju-da katta solvatlash xossasiga ega. Erituvchining qutblangan molekulalari ularga tushgan elektrolit molekulalarini o‘rab olib, unda ichki bog‘lanishni bo‘shashtiradi, bu esa dissotsilanishga olib keladi. Natijada eritmada gidratlangan ionlar paydo bo‘ladi. Ionlarga parcha-lanish faqat suvda emas, balki boshqa qutbli erituvchilarda masalan, suyuq ammiakda ham bo‘lishi mumkin. U vaqtda dissotsilanish mahsulotlari ionlarning solvatlari deyiladi.

Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.

Eritmaga utgan ionlar erituvchining qutbli molekulalari bilan bog‘langan bo‘ladi va ionlarning solvatlarini hosil qiladi. Eritmada solvatlangan ionlar uzluksiz betartib harakatda bo‘ladi (masalan, NaCl tuzining suvda erish jarayoni). Kristal panjarasi ionlardan iborat moddalardan tashkari qutbli molekulalar ham ionlarga dissotsilanadi.

Oddiy eritma suvning dielektirik o‘tkazuvchanligi juda yuqori, bundan tashqari suv eng yaxshi ionlashtiruvchi eritmadir. Suvning dielektrik o‘tkazuvchanligi 80,1 teng. Bu shuni ko‘rsatadiki, kristallda bo‘lgan musbat va manfiy ionlararo tortishish kuchlari suvdagi erit-malarda 80,1 marta kamayadi. Dielektrik doimiylik efir, benzol, uglerod (1V)-sulfid kabi erituvchilarda, ya’ni dissotsilanmaydigan moddalar uchun juda kichikdir. Kuchsiz darajada ionlatuvchi spirt, atseton va boshqa erituvchilarda dieletrik utkazuvchanlik o‘rtacha qiymatga ega bo‘ladi.

Quyidagi jadvalda ba’zi erituvchilarning dielektrik utkazuvchanligi ( 20° C) keltirilgan.

Ba’zi erituvchilarning dielektrik o‘tkazuvchanligi (20°C)



Erituvchi

Dielektrik

utkazuvchanlik

Erituvchi


Dielektrik utkazuvchanlik


Suv


Metil spirt

Etil spirt

Atseton

80,1


33,0

25,7


21,7

Xloroform

Dietil efir

Uglerod (1V)-sulfid

Benzol

5,0


4,34

2,62


2,28

Elektrolitlar tabiatiga qarab kuchli va kuchsiz elektrolitlarga bo‘linadi. Kuchli elektrolitlar to‘liq, kuchsiz elektrolitlar kisman eritmada ionlarga dissotsilanadi. Kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanishi qaytar jarayondir: chunki eritmadagi gidratlangan ionlar to‘qnashishi natijasida yana dissotsilanmagan molekulalar hosil qilish mumkin. Bunday qaytar jarayonni molyarlanish deyiladi . Elektrolitik dissotsilanish jarayon kinetik muvozanat karor topganda, ya’ni dissotsilanish tezligi molyarlanish tezligiga teng bo‘lganda sodir bo‘ladi. Masalan, sirka kislotaning suvli eritmasi uchun bu quyidagicha yoziladi.

Elektrolitik dissosilanish

CH3COOH======================= H CH3COO-

molyarlanish

Elektrolitlar dissotsilanish darajasi bilan xarakterlanadi. Elektrolitning dissotsilangan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soniga nisbati dissotsilanish darajasi deyiladi. Dissotsilanish darajasi kasr sonlari bilan yoki prosent hisobida ifodalanadi, kuchli elektrolitga dissotsilanish darajasi 0,3 yoki 30% dan yuqori, kuchsiz elektrolitlarga esa dissotsilanish darajasi 0,3 yoki 30% dan past bo‘lgan moddalar kiradi.

Dissotsilanish darajasi koncentratsiyaga bog‘liq bo‘lib eritma suyultirilgan sari ortadi. Chunki eritmaning kichik koncentratsiyasida ionlarning tuknashish ehtimolligi kamayadi. Buni sirka kislota mi-solida quyidagicha ko‘rsatish mumkin:


Koncentratsiya , S norm.


1,0

0,1

0,01

0,001

Dissotsilanish darajasi,.18°


0,004

0,014

0,.042

0,124


Dissotsilanish darajasi temperaturaga bog‘liq bo‘lib, u kutarilishi bilan ortadi, chunki bu holatda molekulalardagi bog‘lanishlar kuchsizlanadi.

Quyidagi jadvalda ba’zi elektrolitlarning 0,1 n eritmalari uchun 18°S dagi dissotsilanish darajasi keltirilgan.


Elektrolitlar


%

Elektrolitlar

%

НСl

HBr



HI

HNO3

H2SO4

H2SO3

H3PO4

H2CO3

H2S

KNO3

K2SO4

92

92



92

92

58



34

27

0,17


0,07


83

71

HCN

NaOH



KOH

Ba(OH)2

NH4OH

NaCl

KCl

NH4Cl



AgNO3

MgCl2

CuSO4

0,001


91

91

77



1,34

84

86



85

81

76,5


40



Jadvaldan ko‘rinib turibdiki kuchli elektrolitga kuchli asoslar, kuchli kislotalar va tuzlar; kuchsiz elektrolitga esa kuchsiz kislota, kuchsiz asoslar va barcha organiq kislotalar misol bo‘la oladi.





Download 42,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish