KСl eritmasining 180S da solishtirma elektr o’tkazuvchanligi
С
kontsentratsiya
|
V
suyultirish, g ekv/l
|
0
-1 sm-1
|
dissotsilanish darajasi
|
1 N
|
1
|
0,9827 x 10-1
|
0,78
|
0,1 N
|
10
|
1,1200 x 10-2
|
0,86
|
0,01 N
|
100
|
1,2240 x 10-3
|
0,94
|
0,001N
|
1000
|
1,2730 x 10-4
|
0,98
|
0,0001 N
|
10000
|
1,2910 x 10-5
|
0,99
|
Jadvalga nazar solsak, eritma 10 marta suyultirilsa, xar bir sm3 dagi ionlar soni kamayadi, solishtirma elektr o’tkazuvchanlik xam kamayadi. Biroq bu kamayish 10 marta emas. CHunki bu erda suyultirish bilan dissotsialanish darajasi ortayapti, agar o’zgarmasa suyultirishga mos holda kamayib borgan bo’lar edi.
Ba’zi elektrolitlarning solishtirma elektr o’tkazuvchanligini kontsentratsiyaga qanday bog’langiligini grafikni ko’rib o’taylik.
Ionlarning kontsentratsiyasi qancha katta bo’lsa va ularning absolyut harakat tezligi ko’p bo’lsa 0 qiymati shuncha katta bo’ladi. Grafikdan ko’rinib turibdiki, kuchli elektrolitlar uchun kontsentratsiya ortishi bilan maksimum hosil bo’lib, so’ng 0 qiymati kamayadi. HCl va KOH larda (kuchli elektrolitlar) maksimum bo’lishining sababi, H+ va OH- ionlarining harakatchanligi juda kattadir. Nima uchun maksimumdan so’ng 0 ning pasayishi ro’y beradi (chunki kuchli elektrolitlar istalgan kontsentratsiyada qariyib butunlay dissotsilanadi). Natijada yuqori kontsentratsiyada xar bir ion qarama-qarshi zaryadli ionni o’ziga tortadi, ya’ni o’z atrofiga, masalan ion o’z atrofiga - ionni va ion o’z fatrofiga ni yig’adi. Natijada bu ionlarning harakatchanligini pasayishga olib keladi 0 kamaya boshlaydi.
Kolraush qonuni
Nemis fizigi Kolraush (1840-1910) turli sistemalarning ekvivalent elektr o’tqazuvchanlikni o’rganib, quyidagi xulosaga keldi. Gap shundaki, elektrolitlar eritmasidagi elektr o’tqazuvchanlik qarama-qarshi yo’nalishda harakat qilayotgan anion va kationlar harakati tufayli sodir bo’ladi. Agar kontsentratsiya kichik bo’lsa (kuchli suyultirilgan eritmalar uchun) kationlar va anionlar bir-biriga xalaqit qilmay mustaqil harakat qiladilar. Ularning cheksiz suyultirilganda elektr o’tqazuvchanligi ularning ayrim holdagi elektr o’tqazuvchanligining yig’indisidan iborat bo’ladi:
b = A + K,
bu erda A va K anion va kation elektr o’tqazuvchanligi.
CHeksiz suyultirilgandagi solishtirma elektr o’tqazuvchanlikni
()
tenglamasi orqali ekvivalent (molyar) elektr o’tqazuvchanlikka hisoblash orqali aylantirish mumkin:
Agar bo’lsa, u holda Kolraush qonunning matematik ifodasi kelib chiqadi: bu erda va anion va kationlarning harakatchanligi deb yuritiladi. Yuqoridagi tenglama bo’yicha Kolraush qonuni quyidagicha ta’riflanadi:
CHeksiz suyultiririlgandagi elektrolit eritmasining ekvivalent (molyar) elektr o’tqazuvchanligi () elektrolit tarkibiga kiruvchi anion va kationlarning harakatchanligining yig’indisiga teng.
Turli ionlarning harakatchanligi quyidagi jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |