Hajmiy analizda qo‘llaniladigan reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar. Hajmiy analizning tortma analizdan eng muhim farqi shundaki, reaktiv ortiqcha miqdorda emas, balki reaksiya tenglamasiga aniq muvofiq keladigan, aniqlanayotgan moddaga kimyoviy jihatdan ekvivalent bo‘lgan miqdorda olinadi. Analiz natijalarini hisoblash ham ekvivalentlik qoidasiga asoslanadi. Titrlash esa ancha tez bajarilishi bilan tortma analizdan farq qiladi. Titrlashda ancha tez boradigan reaksiyalarnigina qo‘llash mumkin. Sekin boradigan reaksiyalarda ekvivalentlik nuqtasini aniq belgilash qiyin, bunda titrlash, albatta, o‘tkazib yuboriladi. Bundan tashqari qo‘shilayotgan reaktivning titrlangan eritmasi faqat aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga kirishishga sarf bo‘lishi, ya’ni titrlashda analiz natijalarini aniq hisoblashga xalaqit beradigan qo‘shimcha reaksiyalar sodir bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |