Tuzlar gidrolizi
Erigan modda molekulalari bilan suv orasida boradigan ion almashinish reaksiyalariga gidroliz deyiladi. Anorganik moddalar – tuzlar, metallarning karbidlari, fosfidlari va gidridlari, metallmaslarning galogenidlari; organik moddalar- galogenalkanlar, murakkab efirlar, yogʻlar, uglevodlar, oqsillar va nuklein kislotalar gidrolizga uchraydi:
Aℓ4C3+12H2O=4Aℓ(OH)3↓+3CH4↑; Ca3P2+6H2O=3Ca(OH)2+2PH3↑
CaH2+2H2O=Ca(OH)2+2H2↑
Uglerod, azot, oltingugurt kabi tipik metallmaslarning yuqori galogenidlari (CCl4, SF6, NI3 va h.z) suvda kam eriydi va amalda gidrolizlanmaydi.
Organik moddalalrdan murakkab efirlar, poli va disaxaridlar, nuklein kislotalar, oqsillar gidrolizlanadi:
Murakkab efirlar
(C6H10O5)n+H2O →2C6H12O6; C12H22O11+H2O→C6H12O6+C6H12O6
kraxmal saxaroza glyukoza fruktoza
C12H22O11+H2O→2C6H12O6
maltozaglukoza
Gidroliz reaksiyasi qaytar yoki qaytmas boʻladi. Gidroliz reaksiyalari orasida tuzlar gidrolizi muhim ahamiyatga ega.
Masalalar
1. Kationi va anioni boʻyicha boradigan gidroliz reaksiyalariga 5 tadan misol keltiring.
2. Tuzlar gidroliziga qanday omillar ta’sir koʻrsatadi ?
3. Tuzlar gidrolizini a) kuchaytirish; b) susaytirish uchun qanday omillardan foydalanish mumkin ?
4. a) Ammoniy sulfid; b) alyuminiyyodid; c) kaliy sulfat eritmalarining muhiti qanday ?
5. Qanday hollarda gidroliz qaytmas boʻladi ?
6. Quyidagi moddalarning elektrolitik dissotsilanishini yozing: HNO3, H2SO4, H3PO4, CH3COOH, Ba(OH)2, Aℓ(OH)3, Aℓ2(SO4)3, KHSO4, Ba(OH)NO3, Fe(OH)(NO3)2.
7. Quyidagi moddalarning suvli eritmalaridagi ionlarining konsentratsiyalarini toping: 0,1 M HNO3; 0,1M H2SO4; 0,01 M Ba(OH)2; 0,2 M AℓCℓ3; 0,2 M Aℓ2(SO4)3.
8. Qaysi tuz gidrolizga kuchliroq uchraydi?
a) FeCℓ2 - FeCℓ3; b) Na2CO3 – Na2SiO3; d) NaHCO3 – Na2CO3; e) Be(NO3)2 – Mg(NO3)2; f) Na2CO3 – (NH4)2CO3; g) Na2S – Na2Se.
9. Quyidagi gidroliz reaksiyalarining tenglamalarini yozing va koeffitsiyentlar tanlang:
1) Aℓ2(SO4)3+Na2CO3+H2O→ ; 2)Cr2(SO4)3+(NH4)2S+H2O →
3) AℓCℓ3+(NH4)2S+H2O → ; 4) Na2SiO3+NH4Cℓ+H2O →
10. Oq fosforning suv bilan reaksiyasi tenglamasini yozing. Reaksiya natijasida vodorod ajralib chiqadi. Reaksiya sharoitini koʻrsating.
Yechish:
11. Azot (IV) oksid va uglerod (IV) oksidlarining suv bilan reaksiyasi tenglamalarini yozing. Reaksiyalarning bir-biridan farqini koʻrsating.
12. Quyidagi moddalarning qaysilari gidrolizga uchramaydi ?
J:
13. Qaysi omillar yordamida alyuminiy xlorid gidrolizini oʻng tomonga siljitish mumkin ?
J: Eritmani suyultirish; eritmaga alyuminiyning qandaydir tuzidan qoʻshish; H+ ionini bogʻlaydigan tuz qoʻshish, Masalan; ; temperaturani oshirish .
14. Natriy karbonat gidrolizini kuchaytirish uchun ( ya’ni muvozanatni oʻng tomonga siljitish uchun ) qaysi omillardanfoydalaniladi?
1) haroratni oshirish ; 2) eritmani sovutish; 3) eritmani suyultirish ;
4) CaCO3 eritmasidan qoʻshish; 5) eritmaga ishqor qoʻshish. J: 1,3,4.
15. Qaysi omillar ta’sirida kaliy sulfid gidrolizini oʻng tomonga siljitish mumkin ?
16. Qaysi omillar yordamida gidrolizini chap tomonga siljitish mumkin ?
17. Qaysi omillar ta’sirida alyuminiy xloridning gidrolizini sekinlashtirish mumkin?
18. Xlorid kislotadan farq qilib, ftorid kislota 2 xil tuz (normal va nordon ) hosil qiladi . Buning sababini tushuntiring.
19. 150 ml 4% li ( =1,02) xlorid kislota eritmasi reaksiyaga kirishgan boʻlsa necha gramm Mg3N2 gidrolizlanganligini aniqlang ? J: 2,72 g
20. Quyidagi qaysi moddalar gidrolizga uchraydi ?
1) DNK; 2) natriy perxlorat; 3) nukleotid; 4) litiy sulfat; 5) maltoza; 6) nukleozid. J: 1,3,5,6.
21. Tarkibida kalsiy nitrat va natriy ortofosfat 2:1 mol nisbatda boʻlgan eritmalar aralashtirildi. Hosil boʻlgan eritmada qanday ionlar mavjud boʻladi ? 1) Ca+2; 2) Na+1; 3) PO ; 4) NO . J: 1,2,4.
22. Kalsiy karbid va alyuminiykarbiddan iborat aralashma toʻliq gidrolizlanganda kisloroddan 1,6 marta yengil boʻlgan gazlar aralashmasi hosil boʻlgan. Boshlangʻich aralashmadagi karbidlarning massa ulushlarini aniqlang.
Yechish: Reaksiya natijasida metan va asetilen aralashmasi hosil boʻladi:
; dan
60 +20 =48 +26 ; 12 =6 ; =2 .
Boshlangʻich aralashmadagi karbidlarning massa ulushi:
;
.
23. Aℓ(NO3)3 va K2CO3 eritmalari aralashtirilganda qanday mahsulotlar hosil boʻladi ? Reaksiya tenglamalarini yozing.
24. Na2SO3 ning gidroliz reaksiyasi tenglamasini yozing. Bu eritmaga; a) NaOH; b) HCℓ; d) K2CO3; e) Aℓ2(SO4)3 qoʻshilganda muvozanat qaysi tomonga siljiydi ?
25. Aℓ2(SO4)3 eritmasiga quyidagi moddalar qoʻshildi: a) H2SO4; b) Na2CO3. Qaysi holda Aℓ2(SO4)3 gidrolizi kuchayadi va nima uchun ?
26. ZnCℓ2 eritmasiga quyidagi moddalar qoʻshildi: a) HCℓ; b) KOH; d) K2CO3. Qaysi holda ZnCℓ2 gidrolizi kuchayadi va nima uchun ?
27. Zn(NO3)2 eritmasiga quyidagi moddalar qoʻshildi: a) HNO3; b) Na2SO3; c) Cu(NO3)2. Qaysi holda Zn(NO3)2 ning gidrolizi kuchayadi ? Nima uchun ?
28. COCℓ2, BCℓ3, CS2, PCℓ3, Mg3N2, Be2C, Mg3B2, Mn3C larning gidroliz reaksiyalari tenglamalarini yozing.
29. Quyidagi tuzlar eritmalarini bir-biridan indikator yordamida farqlash mumkinmi ? NaCℓO4 va NaCℓO; KCℓO3 va NaAsO3; BeCℓ2 va BaCℓ2; KI va NH4I; Na2CO3 va Zn(NO3)2?
30. Qaysi tuz gidrolizga uchramaydi, agar gidrolizga uchrasa qaysi ioni boʻyicha gidrolizlanadi ? K2SO4, Na2Se, BaS, PbNO3, LiCℓ, NH4NO3, ZnCℓ2, K2SO3, Na3PO4, KCℓO3, HCOOK, NH4CℓO4, NaCℓO4, KBrO, Ca(CℓO)2, CuSO4, (NH4)2SO4, Fe(CH3COO)3, Sr(CH3COO)2, Bi(NO3)3.
31. Suvli eritmada quyidagi tuzlar orasida sodir boʻladigan reaksiyalar tenglamalarini yozing:
a) Xrom (III) nitrat va natriy sulfid; b) Alyuminiy xlorid va natriy sulfid;
d) Temir (III) sulfat va ammoniy sulfid; e) Alyuminiy sulfat va ammoniy sulfid;
f) Temir (III) nitrat va natriy karbonat; g) Temir (III) xlorid va ammoniy karbonat.
Do'stlaringiz bilan baham: |