Mavzu: Tuzlar gidrolizi
Ishning bajarilishi
1. Kеrakli jihоzlar: Prоbirkalar, univеrsal indikatоr kоgоzi. Shisha tayokcha, lakmus qоg’оzi, elеktrоplitka (gaz garеlkasi ham bo’lishi mumkin).
2.Kеrakli rеaktivlar: Distillangan suv, оsh tuzi NaCl, rux xlоrid ZnCl2, natriy kоrbоnat Na2CO3, alyuminiy sulfat Al2(SO4)3 , natriy sulfid Na2S eritmalari, natriy akоnsеntrеtat CH3COONa ning 0,5 n eritmasi, tеmir (III)- xlоrid FeCl3 eritmasi , vismut (III)-nitrat Bi(NO3)3 eritmasi, alyuminiy sulfat Al2(SO4)3 eritmasi.
1-tajriba. Tuzlar gidrоlizlanishida eritma muhitining o’zgarishi.
Oltita probirkaga olib, birinchisiga distillangan suv, ikkinchisiga osh tuzi NaCl, uchinchisiga rux xlorid ZnCl2, turtinchisiga- natriy korbonat -Na2CO3, beshinchisiga alyuminiy sulfat Al2(SO4)3 , oltinchisiga natriy sulfid – Na2S eritmalarini quying. Har bir probirkaga bir- ikki bo`lak unversal indikator qog`ozidan tashlang. Universal indikator qog`oz rangini o`zgarishini kuzating.
Universal indikator qog`ozi
Gidroliz tenglamasini tuzing va o`zgarishni jadvalga to`ldiring.
Probir-kalar nomeri
|
eritilgan moddaning formulasi
|
lakmusning rangi
| reaksiya-
ning
muhiti
|
eritma rN i
(7 dan katta yoki kichik)
|
olingan tuz gidroliz-lanadimi?
|
1
|
N2O
|
|
|
|
|
2
|
NaCl
|
|
|
|
|
3
|
ZnCl2
|
|
|
|
|
4
|
Na2CO3
|
|
|
|
|
5
|
Al2(SO4)3
|
|
| |
|
6
|
Na2S
|
|
|
|
|
2-tajriba. Gidroliz jarayoniga haroratning ta`siri.
a) Probirkaga natriy atsetat CH3COONa ning 0,5 n eritmasidan ozgina quying va undan shisha tayoqcha yordamida bir tomchi olib lakmusli qog`ozga tekkizdirib ko`ring. Olingan tuzining gidrolizlanish reaksiya tenglamasini yozing. Eritmani qaynaguncha qizdiring. Eritma rangi o`zgarishini kuzatib boring, eritma sovigach eritmaning rangi yo`qolishi sababini tushuntirib bering.
b) Probirkaga temir (III)- xlorid FeCl3 eritmasidan quying va uning reaksiya muhitini lakmusli qog`oz bilan sinab ko`ring. Eritmani 2-3 minut davomida qaynating. Nima kuzatiladi va uning sababi nima? FeCl3 ning asosli tuzlari Fe(OH)Cl2 yoki Fe(OH)2Cl hosil qiladigan gidroliz tenglamasini yozing.
3-Tajriba. Eritma suyultirilganda gidroliz jarayonning kuchayishi.
Probirkaga vismut (III)-nitrat Bi(NO3)3 eritmasidan 2-3 ml quying va uni distillangan suv bilan 3-4 barobar suyultiring. Asosli tuz Bi(OH)2NO3, ning cho`kmaga tushishini kuzating. Gidroliz tenglamasini yozing.
4-tajriba. To`la gidroliz.
Probirkaga 2-3 ml alyuminiy sulfat Al2(SO4)3 eritmasidan quying va ustiga shuncha miqdorda soda Na2CO3 erimasidan qo`shing. Reaksiya natijasida hosil bo`lgan alyuminiy karbonat - Al2(CO3)3 gidrolizlanishi hisobiga uglerod (IV)-oksidi ajralib chiqishini va alyuminiy gidroksid Al (OH)3 cho`kmasini hosil bo`lishini kuzating.
Olingan tuzlarni birgalikda gidrolizlanishining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |