Fizik - kimyoviy tahlil bo’yicha olib borilgan ishlar izohi
Amaliyotda keng miqyosda ishlatiladigan fizik-kimyoviy usullarning nazariy asoslari va ishlatilish imkoniyatlarini e’tiborga olib, quyidagi turkumlarga bo’lish mumkin: optik spektroskopiya, radiospektroskopiya, difraksiyali usullar va ionizatsiyali usullar. Optik spektroskopiyaning bir qancha turlari mavjud bo’lib, ularga IQ, UB spektroskopiyalari, atom-adsorbsiyali (yutilish) spektroskopiya, optik burilish dispersiyasi va aylanma dixrozmlarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
Radiospektroskopiya turlariga- yadroviy magnit rezonans va elektron paramagnit rezonanslarni ko’rsatish mumkin.
Ionizatsiyali usullarga - mass-spektroskopiya turini ko’satish mumkin va ushbu uslubda asosan organik moddalar, tabiiy birikmalar va ularning hosilalarining tuzilishini
aniqlashda samarali natijalarni olish mumkin. Anorganik moddalarning tuzilishini aniqlashda esa yuqori haroartli mass-spektrometriya turidan foydalaniladi.
Yuqorida bayon etilgan fizik-kimyoviy usullar moddalarning tuzilishi va hosilalari bo’yicha bergan ma’lumotlari bilan bir-biridan farq qiladilar va bu usullardan birgalikda foydalanilgandagina modda tuzilishi haqida to’liq ma’lumot olish mumkin.
Fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida faqat organik moddalarning kimyoviy tarkibi, fazoviy holati va elektron tuzilishini o’rganibgina qolmasdan, balki ularning kristallik tuzilishi va molekulaning geometriyasini (rentgen-tuzilish tahlili, neytronografiya va elektronografiya) ham aniqlash mumkin.
Suyuq kristallar molekulasining fazoviy holatini o’rganishda gaz elektronografiyasi bilan YaMR spektrlarini birgalikda ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Fizik-kimyoviy usullar nazariy masalalarni hal etish bilan bir qatorda amaliyotda xalq xo’jaligining ko’pgina sohalarida ham o’z o’rnini topgan. Jumladan, tibbiyotda hamda qishloq xo’jaligida ishlatiladigan dorivor moddalarni ishlab chiqarishda ularni standartlashtirish ishlarida va tashqi muhitdagi zaharli moddalar miqdorini aniqlashda yetarli ma’lumot beradi.
Kimyo sohasi bo’yicha yetishib chiqqan yosh mutaxassislar zamonaviy fizik- kimyoviy tahlil usullari haqida yetarli ma’lumotga, bilimga ega bo’lishlari kerak. Tahlilning fizik-kimyoviy usullarini kimyoviy reaktsiyalar vaqtida sodir bo’ladigan fizikaviy o’zgarishlarni tekshirishga asoslangan. Fizik-kimyoviy usullardan biri - kolorimetrik tahlil. Kolorimetrik tahlil moddaning kontsentratsiyasi o’zgarishi bilan eritma rangining intensivligi o’zgarishini aniqlashga asoslangan. Tahlilning konduktometrik usulida esa eritma kontsentratsiyasi o’zgarganida elektr o’tkazuvchanlikning o’zgarishi aniqlanadi.
Turli moddalar o’z tabiatiga bog’liq ravishda bir xil adsorbentga turlicha yutilishi mumkin. Adsorbent sifatida alyuminiy oksididan foydalanib moddalar aralashmasi tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bu usul xromatografiya usuli bilan mashg’ul. Shuni eslatib o’tish lozimki, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar xilma-xil murakkab tuzilishdagi asboblar qo’llashni talab qiladi. Ana shu sababli kimyoviy tahlil usullari
15
qulay va ulaming qishloq xo’jaligida qo’llanilish sohasi ham keng. Bo’lajak mutaxasislar kimyoviy tahlil usullari bo’yicha mukammal bilimga ega bo’lishlari kerak. Fizik-kimyoviy tahlil usullari alohida fan sifatida anorganik va organik moddalarning tarkibini aniqlash masalalari bilan shug’ullanadi. Shuning uchun bu fan kimyoviy ishlab chiqarishga bevosita bog’lanadi. Har qanday ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotning davlat standartiga mos keladigan tarkibini aniqlash laboratoriyalari mavjuddir. Shuning uchun bu fanda kimyoviy ishlab chiqarishdagi moddalarning tahlil masalalari ham qarab chiqiladi. Fizik- kimyoviy tahlil usullari fanini o’rganish jarayonida ta’lim berishning yangi zamonaviy o’qitish vositalaridan foydalangan holda olib borish yaxshi samara beradi. O’qishda yangi pedagogik texnologiyaning turli usullaridan, chunonchi, muammoli o’qitish texnologiyasi, interfaol usullaridan foydalanish, komp’yuterlashtirish, elektron versiyalarni qo’llash, internetdan olingan ma’lumotlardan foydalanish Fizik va fizik-kimyoviy tahlil usullarni nazariy va amaliy jihatdan o’zlashtirishda yaxshi samara beradi.