Elektrokimyoviy jarayonlar


Standart (solishtirish) elektrodlar



Download 0,62 Mb.
bet20/22
Sana06.02.2022
Hajmi0,62 Mb.
#432970
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
uslubiy qo`llanma

Standart (solishtirish) elektrodlar
Turli zanjirlarning EYuK ni o‘lchaganda potensiali oson qayta takrorlanadigan va muvozanat qiymatiga tezda еtadigan elektrodlardan keng foydalaniladi. Bunday elektrodlar solish-
tirish yoki standart elektrodlar deyiladi. Ularga quyidagi talablar qo‘yiladi:
–ularning potensiallari o‘zgarmaydigan va vodorod elektrodiga nisbatan aniq o‘lchangan bo‘lishi kerak;
–standart elektrodlar potensialining harorat koeffitsienti kam bo‘lishi kerak;
–ushbu elektrodlarning tayyorlanishi oson va arzon bo‘lishi kerak;
–bunday elektrodlarni ishlatish qulay bo‘lishi zarur.
Odatda, standart vodorod elektrodini kalomel elektrodi bilan almashtiriladi. Kalomel elektrodi ikkinchi tur elektrodlarga mansub bo‘lib, u simobdan iborat bo‘ladi va uning usti Hg2Cl2 va Hg larning aralashmasi bilan qoplangan bo‘ladi. Elektrolit
sifatida KCl ning ma’lum konsentratsiyali (0,1–1,0 n li yoki to‘yingan eritma) eritmasidan foydalaniladi. Simobning ichiga platina simi tushirib qo‘yiladi, u faqat o‘tkazgich vazifasini bajaradi. Kalomel elektrodi zanjiri quyidagicha ifodalanadi:
Hg / Hg2Cl2 , KCl(C)
Kalomel elektrodi simob elektrodi hisoblanadi, uning potensiali simob ionlarining aktivligiga bog‘liq. Ammo Hg2Cl2 eritmasi to‘yingan bo‘lganligi sababli, a Hg 22  const bo‘ladi va elektrodning potensiali faqat Sl- ionlarining aktivligi bilan belgilanadi. Sl- ionlarining konsentratsiyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, 2Hg2 ionlarining aktivligi shunchalik kam va elektrodning potensiali shunchalik manfiyroq bo‘ladi. Normal kalomel elektrodi
(CKCl  1) uchun elektrodning potensiali 0,283 V ga teng, ya’ni kalomel elektrodi standart vodorod elektrodiga nisbatan 0,283 V ga musbatroqdir. Agar quyidagi
(- )(Pt )H+a=1 //KCl CKCl=1, Hg 2Cl 2 /Hg ( +)
zanjirni tuzib uni EYuK ni o‘lchasak, o‘rganilayotgan eritmaning pH ni oson hisoblash mumkin.
Shunday qilib, pH ni o‘lchayotganda standart vodorod elektrodini kalomel elektrodi bilan almashtirish mumkin. Eritmadagi ikkinchi vodorod elektrodini ham o‘zgartirish mumkin, masalan, xingidron elektrodi bilan. Ma’lumki, xingidron elektrodi oksidlovchi–qaytaruvchi elektrodlardandir. U oddiy yarim element bo‘lib, unga pH noma’lum bo‘lgan eritma quyiladi va kam miqdorda xingidron solinadi. Eritmaga o‘tkazgich vazifasini bajaruvchi
platina simi tushiriladi. Bunday elektrodni normal kalomel elektrodi bilan tutashtiriladi va zanjirning EYuK o‘lchanadi. EYuK ni bilgan holda eritmaning pH ni hisoblash mumkin.
Xingidron xinon bilan gidroxinonning ekvimolekulyar birik masidir: C6H4O2C6H4(OH)2, u suvda yomon eriydi. Eritmada xenon bilan gidroxinon o‘rtasida quyidagi oksidlanish-qaytarilish muvozanati o‘rnatiladi:

C6H4(OH)2C6H4O2 H2 ; H2  2H   2e yoki C6H4(OH) 2C6H4O2  2H   2e
Bu muvozanatda vodorod ionlari qatnashgani sababli, oksidlanish-qaytarilish potensiali eritmaning vodorod ko‘rsatkichi pH ga bog‘liq bo‘ladi. Xin-gidron elektrodini ishqoriy eritmalarda qo‘llash mumkin emas, chunki gidroxinonning ishqoriy tuzlari hosil
bo‘lishi natijasida xinon bilan gidroxinonning nisbati ekvimolekulyar bo‘lmay qoladi. Xinon bilan gidroxinonning nisbati kuchli elektrolit tuzlari ishtirokida ham o‘zgarib qolishi mumkin.
Xingidron elektrodi vodorod elektrodga nisbatan oksidlovchilarga chidamli bo‘ladi. Kalomel va xingidron elektrodlaridan iborat bo‘lgan galvanik elementda xingidron elektrodi musbat
bo‘ladi.
Shunday qilib, xingidron elektrodi o‘zini vodorod elektrodi kabi tutadi, ammo unda standart vodorod elektrodiga o‘xshab atmosfera bosimida emas, balki juda kichik parsial bosimda Pt
Vodorod bilan to‘yinadi. Shu sababli, xingidron elektrodining potensiali eritmadagi vodorod ionlarining bir xil aktivligida vodorod elektrodining potensialidan 0,7 V ga musbatroqdir.
Hozirgi vaqtda eritmalarning pH ni o‘lchash uchun shisha elektrodlardan (ionselektiv elektrodlar) keng foydalanilmoqda. Ushbu elektrodlar alohida tarkibli shishalardan tayyorlanadi va
ularning tarkibiga ko‘p miqdorda ishqoriy metallar kiradi, shuning uchun ular oddiy shishaga nisbatan kichik elektr qarshiligiga ega. Ushbu elektrodda kislotaning konsentrlangan eritmasi bilan
ishlov berilgan juda yupqa shisha to‘siq (membrana) mavjud bo‘lib, bu membranadan eritmaga vodorod ionlari o‘tadi va membrane manfiy zaryadlanadi ( SiO32 ionlari hisobiga). Hosil bo‘ladigan po-
tensiallar farqi eritmadagi vodorod ionlarining aktivligiga bog‘liq. Shisha elektrodining potensiali tez o‘rnatiladi va eritmadagi oksidlovchilar va platina elektrodini zaharlaydigan
qator moddalarga bog‘liq emas. Shisha elektrodining kamchiliklari ham bor, masalan, shisha membrananing yuqori omik qarshiligi EYuK ni o‘lchayotganda sezgir asbsoblardan foydalanishni talab qiladi (rN-metrlar). Bundan tashqari, shisha elektrodini pH ning
0–12 oralig‘ida qo‘llash mumkin. Ionselektiv elektrodlar yuqorida aytilganlardan farq qi-
ladi, ularda ikkala chegaralangan fazalar – membrana va eritma –ion o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Jarayon membrana bilan eritma orasida ionlarning almashinishi bilan boradi. Fazalararo chega-
rani kesib o‘tuvchi ionlarning zaryadi o‘zgarmaydi, ammo zyaryad boshqacha taqsimlanishi mumkin. Membrananing tarkibi va tuzilishi topilsa fazalararo chegaradagi potensial faqat birgina ko‘ri-
nishdagi ionning aktivligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday elektrodlar selektivlik xususiyatiga ega bo‘ladi va alohida ionlarning aktivligini o‘lchash imkoniyatini beradi. Ionselektiv elektrodlarning membranalari qattiq va suyuq bo‘lishi mumkin. Qattiq membranalarga shisha, kristall va geterogen membranalar kiradi. Suyuq elektrodlarga suv bilan aralashmaydigan dielektrik doimiysi kichik bo‘lgan organik erituvchilar kiradi (xlorbenzol, toluol), ularda kerakli ionogenlar eritilgan
bo‘ladi (fosfat kislotaning diefirlari, alifatik kislotalar, aminlar, kraun-efirlar).

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish