Kolraush Frldrix Vilgelm Georg (14.X.1840—17.I.1910), nemis fizigi va fizikkimyogari, Berlin Fanlar akademiyasining a'zosi Gyottingen universitetini tugatib (1863), Frankfurt universitetida ishladi. So'ngra Gyottingen, Tsyurix, Vyurtsburg, Strasburg universitetlarida ishladi. 1895 — 1905; illarla Berlindagi fizika-texnika instituti direktori bo'ldi. Uning fizik kimyo sohasidagi ilmiy ishlari elektrolitlarni o'rganishga bag‛ishlangan. Elektrolit eritmalarini cheksiz suyultirilganda elektr o'tkazuvchanlikning aktivlik qonunini (Qolraush qonunini) topdi. Kuchli elektrolitlar elektr o'tkazuvchanligining ularning‛kontsentratsiyasiga bog‛liqlik tenglamasini tavsiya etdi. Kolraush Peterburg fanlar akademiyasining chet eldagi muxbir a'zosi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |