Elektrokimyoviy jarayonlar


Oksidlanish-qaytarilish potensiali



Download 0,54 Mb.
bet19/22
Sana23.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#403616
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
uslubiy qo`llanma

Oksidlanish-qaytarilish potensiali

Bir metallning har xil valentlikdagi tuzlari eritmasining aralashmasiga (masalan, FeCl3 va FeCl2) platina kabi betaraf metallar tushirilsa, oksidlanish-qaytarilish potensiali (re-


doksi) hosil bo‘ladi, bunday elektrodlar oksidlanish-qaytarilish elektrodlari deyiladi. Bir elektrod boshqa elektrod bilan tutashtirilsa, eritmada oksidlanish yoki qaytarilish jarayoni
boradi:
FeCl3e  FeCl2 yoki Fe 3 e Fe 2

Agar reaksiya chapdan o‘ngga tomon ketsa, reaksiyaning borishi uchun elektron kerak bo‘ladi, aksincha, reaksiya o‘ngdan chapga ketsa, elektron ajralib chiqadi. Agar reaksiya borishi uchun electron talab qilinsa, uni eritmaga tushirilgan platina yetkazib beradi.


Natijada platinaning o‘zi musbat zaryadlanadi. Musbat zaryadlangan platina eritmadagi manfiy ionlarni tortadi. Natijada, qo‘sh elektr qavati hosil bo‘lib, potensiallar farqi vujudga keladi.
Aksincha, elektrokimyoviy jarayonda elektron ajralib chiqsa, platina manfiy zaryadlanadi va eritmadan musbat ionlarni tortib, qo‘sh elektr qavatini hosil qiladi.
Demak oksidlanish-qaytarilish potensiali elektrod bilan eritma chegarasida elektroddan oksidlovchiga (Fe3+) yoki eritmadagi qaytaruvchidan (Fe2+) elektrodga elektron o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunda moddaning oksidlangan va qaytarilgan ko‘rinishlari eritmada bo‘ladi, elektrod esa faqat elektronlar manbai vazifasini bajaradi. Oksidlanish-qaytarilish elektrodlarining bosh-
qa elektrodlardan farqi shundaki, bunda elektrod potensial vujudga kelishi uchun tushirilgan metall ioni jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Oksidlanish-qaytarilish potensialining qiymati elektroddan olingan yoki unga berilgan elektronlarning soniga bog‘liq. Bu esa, o‘z navbatida, oksidlovchi va qaytaruvchi moddalar aktivliklarining nisbatiga proporsionaldir. Bu potensial,
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek, oksidlovchining oksidlanish qobiliyatini ko‘rsatadi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish