Natriy xlor eritmasining elektrolizi
Elektrolizning ikkinchi mahsuloti natriy gidroksidi bo'lib, muhimligi jihatidan
asosiy mahsulotdan (xlordan) qolishmaydi. Natriy gidroksidi qattiq, oq rangli, suvda
yaxshi eriydi, 328°C da suyuqlanadi. Natriy gidroksidi organik sintezda, sun'iy tola
ishlab chiqarishda, selluloza va qog'oz olishda, sovun va aluminiy ishlab chiqarishda,
neftni qayta ishlash sanoatida keng ko'lamda ishlatiladi.
Elektroliz qilish uchun osh tuzining to'yingan eritmasi (305—310 g/1)
sho'robadan foydalaniladi. Elektroliz ikki xil uskunada — qattiq po'lat diafragmali
yoki diafragmasiz suyuq simob katodli uskunalarda (elektrolizyorlarda) olib boriladi.
Har ikkala holda ham uglerodli (grafitli) anod yoki sirti ruteniy oksidi bilan qoplangan
titanli anod ishlatiladi. Bu ikkala usul katod bo'shlig'ida boradigan jarayonlar bilan
bir-biridan farq qiladi. Elektroliz paytida qo'shimcha reaksiyalar ketishini oldini olish
hamda elektroliz mahsulotlarini ajralishi uchun qattiq katodli elektrolizyorlarda anod va
katod fazasi bir-biridan g'ovakli diafragma bilan ajratilgan bo'ladi.
Osh tuzi eritmasining qattiq katodli elektrolizyorlardagi elektrolizi
Osh tuzining suvdagi to'yingan eritmasidan doimiy tok o'tkazilganda
ionlarning zaryadsizlanib ajralib chiqish tartibi elektrod potensiallarining kattaligi va
bir-biriga bo'lgan nisbati bilan aniqlanadi. Natriy ionlarining po'lat katodlarida
qaytarilishi (zaryadsizlanishi) mumkin emas, chunki bu jarayonning potensiali katta
manfiy qiymatga — 2,71 Vgateng. Shuning uchun katodda muvozanat potensiali kichik
manfiy qiymatga ega bo'lgan
Kislorod, uglerodli elektrod bilan ta'sirlashib C0
2
ga aylanadi. Anod
bo'shlig'ida, xlorning suvda erishidan ikkilamchi reaksiyalar borib gipo xlorit (NaCIO)
va xlorat (NaC10
3
) hamda natriy xlorid va nitroxloridlar hosil bo'ladi. Barcha bu
qo'shimcha reaksiyalarning tok bo'yicha asosiy mahsulotlar unumini hamda
energiyadan foydalanish darajasini kamaytiradi.
87-rasmda uzluksiz ishlovchi, vertikal filtrlovchi diafragmali elektrolizyor
(yanna) sxemasi berilgan.
Vannaning korpusi asbetdan tayyorlangan filtrlovchi diafragma bilan katod va
anod bo'shliqlariga ajratilgan. Diafragma perforatsiyalangan (ko'p teshiklar qilingan)
po'lat katodga yopishtirib qo'yiladi. Anod bo'shlig'ida esa grafitdan yasalgan anod
o'rnatiladi.
Tozalangan sho'roba (rassol) anod bo'shliqqa solinadi. Gidrostatik bosim tufayli u
diafragmadan va katoddan filtrlanib o'tadi. Elektr toki o'tgach katodda vodorod ajralib
vannadan chiqadi, anoddan esa xlor ajratib olinadi. Katod bo'shliqda natriy gidroksidi
hosil bo'lib vannadan uzluksiz chiqarib
olinib turiladi. Hosil bo'lgan xlor-gaz tarkibida 93 — 96 % xlor ushlaydi. U gaz
20" С haroratgacha sovitish yo'li bilan quritiladi. So'ngra xlor kerakli joylarga sintezlar
uchun yuboriladi yoki I — 1,2 MPa bosimda uy haroratida yoki 0,3—0,6 MPa bosimda -5
dan -25° С gacha haroratda suyuqlantiriladi. Suyuq xlor maxsus ballonlar yoki
sisternalarda kerakli joylarga tashiladi.
Katod mahsuloti (natriy gidroksidi eritmasi) tarkibida 120-140 g/1 NaOH va
170-180 g/1 parchalanmagan osh tuzi bo'ladi. Eritma bug'lantiriladi va eritmada natriy
gidrooksidining konsentratsiyasi ortishi bilan osh tuzi cho'kmaga tushadi va ajratib
olinadi. (NaOHning issiq suvda eruvchanligi yuqori, osh tuzining eruvchanligi esa
kam bo'lganligidan NaOH ning eritmada konsentratsiyasi ortishi bilan osh tuzi
cho'kmaga tushadi.) Natriy gidrooksid eritmasi to'liq bug'lantirib suyuq holda suvsiz
natriy gidrooksid olinadi. U tarkibida 92—95 % NaOH va 2—4 % osh tuzi saqlaydi.
Rossiyada ishlatiladigan BGK -50 tipidpgi elektrolizyorning elektroliz sharoiti
va o'rtacha ko'rsatkichi quyidagicha: Ток kuchi — 50000 A, elektrodlardagi kuchlanish
— 3,7 V, tokning zichligi — 1000 A/m
2
, tok bo'yicha unum — 96,0%, xlor olish uchun
elektr energiyasi sarfi — 2840 KVt/s. Shunday elektrolizyor bir sutkada 1500 kg xlor va
1800 kg natriy gidroksid ishlab chiqaradi.
Natriy xlor eritmasini simob katodli elektrolizvorlarda elektroliz qilish. Sobiq
Sovet va Chexoslovakiya mutaxassislari natriy gidroksid olish uchun yuqori unum bilan
ishlaydigan simob katodli sanoat elektrolizyorlarini yaratdilar.
Simob katodli vannalarda vodorod katta kuchlanish bilan ajralib chiqadi (simobli
katodda vodorod ionining zaryadsizlanish potensiali 1,7—1,85 V, temir katodda esa u
0,1415 Vga teng). Natriy esa simobli katodlarda tez va osonlikcha ajraladi, chunki
natriy ionining simob katodida zaryadsizlanish potensali muvozanat potensialidan
ancha kichik va u 1,2 V ga teng. Bu hodisa katodda kimyoviy birikma natriy
amalgamasi hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi. Natijada amalda simob katodda vodorod
hosil bo'lmaydi, bunda quyidagi jarayonlar boradi:
Simob katodining ustida joylashgan grafit anodda xlor zaryadsizlanib gaz
holda ajralib chiqadi.
Natriy amalgamasi (0,1—0,3% Na saqlaydi) vannadan chiqarib olinadi va
boshqa reaktorda issiq suv bilan parchalantiriladi, natijada vodorod gazi ajralib chiqib,
eritmada natriy gidrooksidi hosil bo'ladi.
Simob katodli elektroliz usuli NaCl eritmasini juda tozalashni talab qiladi,
chunki eritmada magniy, temir va boshqa metallarning bo'lishi simobli katodda
vodorodning kuchlanishini pasaytirib yuboradi. Bu hoi katod jarayonini buzilishiga va
portlashga olib keladi. Vodorod ionining zaryadsizlanishini kamaytirish uchun tok
zichligi oshiriladi.
Simob katodli elektrolizyorlarning asosiy yutug'i, bunda kimyoviy toza
(tarkibida NaCl va boshqa begona aralashmalari bo'lmagan) yuqori konsentratsiyali
ishqor olish mumkin bo'ladi. Suvni elektroliz qilib vodorod olish ayniqsa istiqbolli
usuldir.
10.4. Sintetik xlorid kislota ishlab chiqarish
Osh tuzini elektrolizi jarayonida asosiy mahsulotlar xlor, vodorod va natriy
ishqorisi bo'lib, xlor bilan vodorod xloridkislota ishlab chiqarish jarayonining asosiy
xomashyolari hisoblanadi. Shuning uchun, ko'pincha, xlorid kislota ishlab chiqarish
korxonalari osh tuzini elektroliz qiladigan zavodlar qoshida joylashgan bo'ladi. Xlorid
kislota ishlab chiqarish uchun oldin vodorod xlorid gazi olinadi. Vodorod xloridi —
o'tkir hidli rangsiz gaz, -85° С da qaynaydi, suvda yaxshi eriydi (1 hajm suvda 20° Cda
400— 450 hamda vodorod xlorid gazi eriydi).
Xlorid kislota — rangsiz yoki sarg'ishroq rangli tiniq suyuqlik, odatda
konsentrlangan xlorid kislota 37 %li bo'lib, zichligi 1,19 g/sm
3
. Xlorid kislota kuchli
bir negizli kislotadir. U turli xloridlarni olishda, metallarni payvandlashda, bug'
qozonlarini
cho'kindilardan
tozadashdan
platina,
oltin
va
kumushlarning
gidrometallurgiyasida, neft sanoatida — neftni qazib olishda, qog'ozni gidrolizlashda,
terini oshlashda — uni charmga aylantirishda, gazlamalarni bo'yashda, bo'yoqlar
ishlab chiqarishda, sirka kislota, plastmassalar ishlab chiqarishda va boshqalarda
ishlatiladi.
XV asrning oxirida Vasiliy Valentin va XVI asrda Anderiy Libaviylar osh tuzi,
achchiqtosh va mis kuporosini aralashtirib qizdirish orqali toza bo'lmagan xlorid
kislota olishgan.
1658-yilda nemis olirni Glauber xlorid kislota olishning yangi usulini topdi, u
osh tuzini konsentrlangan sulfat kislota bilan birga qizdirib ajralib chiqqan gazni suvga
yuttirdi. Bu usul hozir ham laboratoriya va sanoatda xlorid kislota olishda qoilaniladi.
Xlorid kislota olish uchun vodorod xlorid gazini olish kerak; vodorod xlorid turli yo'llar
bilan olinadi. 1. Sulfat usuli, bu usulda 92—93 % li sulfat kislota 500 —550° С
haroratda osh tuziga ta'sir ettiriladi. Bunda 28—31 % li texnik xlorid kislota olinadi.
Bu usul hozirgi paytda qo'llanilmaydi. 2. Vodorod xloridini sintez usuli 1920-yillarda
paydo bo'ldi. Bu usulga binoan xlor va vodorod gazlarining o'zaro ta'siridan vodorod
xloridi sintezlanadi. To'yingan uglevodorodlarni xlorlashda ham chiqindi sifatida
vodorod xloridi hosil bo'ladi:
RH+C1
2
->RC1+HC1
Hosil bo'lgan vodorod xloridining konsentratsiyasi turlicha (odatda 25—30 dan
95—98 % gacha HC1) bo'ladi. Uning tozaligi ham xlorlanadigan organik moddalarning
tozalik darajasi, xossalari, reaksiyani olib borish sharoitiga bog'liq bo'ladi. Xlororganik
mahsulotlar ishlab chiqarish
88-rasm. Vodorod xloridni adiabatik absorbsiyalash yo'li bilan sintetik xlorid kislota
ishlab chiqarish sxemasi: 1 — kontakt pechi; 2 — gorelka; 3 — po'lat gaz o'tkazgich; 4 —
yuttirish minorasi; 5 — sanitar minora.
to'xtovsiz o'sib bormoqda va unda chiqindi sifatida hosil bo'luvchi vodorod
xloridi ham ko'paymoqda, hozirgi paytda uning miqdori sintetik vodorod xloridiga
nisbatan 1,5—2,5 marta ko'p. Sintetik xlorid kislota olish uchun elektroliz usulida
olingan xlor, vodorod bilan kontakt pechida (88-rasm) bevosita biriktiriladi. Pech o'tga
chidamli po'latdan yasalgan bo'lib, balandligi 6 m, diametri 1 m. Pechning ostki
qismida yoqgich (gorelka) o'rnatilgan. Yoqgich ikkita naychadan iborat bo'lib, biri
ikkinchisining ichiga kirgan.
Ichki nay orqali quruq xlor, tashqi nay orqali esa vodorod kelib, naydan chiqqan
joyda ular qo'shiladi va yonadi. Natijada katta issiqlik (92,1 j/ mol) ajralib chiqadi,
alangasining harorati 2400°С gayetadi. Hosil bo'luvchi vodorod xlorid gazini xlor bilan
ifloslanishini oldini olish maqsadida yoqgichga 5 % gacha ortiqcha vodorod yuboriladi.
Olingan vodorod xlorid suvga yuttirilib xlorid kislotaga aylantiriladi yoki suyuq holatga
o'tkaziladi (Vodorod xloridni suyultirish uchun, u sovitgichlarda sovitiladi, bunda
xlorid kislota bug'lari kondensatlanadi. Keyin yanada quritish uchun sulfat kislota bilan
sug'orilib turuvchi minora orqali o'tkaziladi. So'ng vodorod xloridi 100 atm. bosim
bilan siqiladi va bir vaqtning o'zida sovuq suvda sovitiladi. Suyulgan vodorod xloridi
po'lat ballonlarda saqlanadi.
Vodorod xloridini suvga yutilishi adiabatik sharoitda olib boriladi. Vodorod
xlorid po'lat gaz o'tkazish quvuri orqali o'tib 200—250° С gacha soviydi, so'ngra
yuttirish minorasi 4ning ostki qismidan kiradi. Minoraning ichida keramik halqalardan
iborat nasadkasi bo'ladi. Bu minorada yutilmay qolgan vodorod xloridi, ikkinchi sanitar
minorasi (5)ga yuboriladi. Unda 1% li xlorid kislota hosil bo'ladi. Yuttirish minorasi
(4)ning ostki qismidan issiq; (70°C) 31 % li sintetik xlorid kislota chiqadi va u omborga
yuboriladi. Uskunaning mahsuldorligi 100 % li xlorid kislotaga aylantirib hisoblaganda
15 t sutkaga teng. 1 t sintetik xlorid kislota olish uchun 1 t xlor gazi, 330 m
3
ga yaqin
vodorod, 12—15 m
3
suv va 15—25 kVt-s elektr energiyasi sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |