ELEKTROKIMYO Elektr kimyoviy analiz usullari nimaga asoslangan va ular qanday sinflanadi? Elektrod reaksiyalariga asoslangan elektr kimyoviy usullarga qaysi elektr kimyoviy usullar kiradi? Elektrod reaksiyalariga asoslanmagan elektr kimyoviy usullarga qaysi elektr kimyoviy usullar kiradi? Elektr kimyoviy zanjirning tuzilishi va ko‘rinishlari qanday bo‘ladi? Geterogen sistemadagi elektr kimyoviy reaksiyalar tezligi qanday bosqichlarning tezligi bilan belgilanadi? Galvanik va konsentratsion elementlarda kuchlanishning paydo bo‘lishini izohlang. Elektrolitik bo‘g‘indan tok o‘tganda qanday hodisalar kuzatiladi? Fon elektroliti nima, u qanday tanlanadi, uning tabiati va konsentratsiyasi elektr kimyoviy jarayonga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Indikator, ishchi yoki qutblangan elektrodlarning vazifalari va turlarini izohlang. Taqqoslash, qutblanmaydigan yoki yordamchi elektrodlarning asosiy vazifalari nima? Birinchi tur elektrod, uning sxemasi va potensialining ifodalanishini tushuntiring. Ikkinchi tur elektrodlari, ularning sxemalari va potensiallari qanday ifodalanadi? Uchinchi tur elektrodlari, ularning sxemalari va potensiallari qanday ifodalanadi? Kuchlanishning pasayishi nima va u asosida qanday qilib tekshirish uchun usul tanlanadi? Elektr kimyoviy tekshirishlar uchun usul qanday tanlanadi? Elektr kimyoviy reaksiya nima? Anod va katod reaksiyalari o‘zaro qanday farqlanadi va ularning chizmalari qanday tasvirlanadi? Faradey toklari nima? Tokning zichligi va elektrodning sirt yuzasi orasida qanday bog‘lanish bor? Elektr kimyoviy muvozanat nima va uni qanday siljitish mumkin? Qaytar va qaytmas elektr kimyoviy reaksiyalar va sistemalar qanday farqlanadi? Voltamper egri chiziqlari nimani tasvirlaydi va undan qanday amaliy xulosalar qilish mumkin? Muvozanat potensialida tok kuchi qiymati nimaga teng bo‘ladi? Buning sababi nima? Kinetik polyarizatsiyaning muvozanatni siljitishdagi ahamiyati qanday? Elektr kimyoviy tekshirishlarga erituvchining tabiati qanday ta’sir ko‘rsatadi? Voltamper egri chizig‘ida erituvchini qanday tasvirlash mumkin? Uning potensiallari sohasi qanday bo‘lishi kerak? Fon elektrolitining voltamper egri chizig‘i qanday sohada joylashishi kerak? Voltamper egri chiziqlariga kimyoviy reaksiyalar qanday ta’sir ko‘rsatadi? Elektr kimyoviy tekshirishlar uchun elektrod materiali qanday tanlanadi? Elektrod sirt yuzasi va sirtining holati voltamper egri chizig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Voltamperometrik tekshirishlar uchun qanday elektrodlarni tanlash kerak? harorat voltamper egri chiziqlariga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Haroratning oshishi va sistemaning qaytarligi orasida qanday bog‘lanish bor?