Tuzilish konqrukqiyasiga binoan motor turini tanlash
Ishlash joyidagi muhitga hamda harakatga keltiriluvchi ish mashinasining tuzilishiga qarab motorlar turli, ya’ni ochiq, himoyalangan va yopiq konstruktsiyalarda ishlab chiqariladi. Tokli va aylanuvchi qismlari tashqi muhit ta’siridan himoyalanmagan motorlar ochiq konqrukqiyali motorlar deb ataladi. 220 voltga hisoblangan bunday motorlarni changsiz, quruq va yong’in xavfi bo’lmagan binolarga o’rnatish mumkin. Tokli va aylanuvchi qismlari yuqoridan yoki gorizontalga nisbatan 45° burchak bilan tushadigan suv tomchilari va boshqa qattiq jismlardan himoyalangan motor himoyalangan konstruktsiyali motorlar deb ataladi. Bunday motorlarni, odatda, uqi yopiq yashin qaytargichi bo’lgan hollarda uqi ochiq joyga ham o’rnatish mumkin. Himoyalangan konstruksiyali motorlarni iflos chang, bug’ va emiruvchi gazi bo’lgan xona yoki sexlarga o’rnatish tavsiya etilmaydi. Ochiq havoda o’rnatiladigan bunday motorlar namga chidamli izolyaqiyaga ega bo’lishi lozim. Korpusida teshiklari mutlaqo bo’lmagan motorlar yopiq konqrukqiyali motorlar deyiladi. Bunda motorlar tashqi muhit ta’siridan, muhit esa motordan chiqadigan uchqunlardan himoyalangan bo’ladi. Demak, bunday motorlarni og’ir sharoitli muhitlarda qo’llanish tavsiya etiladi. Agar ochiq va himoyalangan konstruksiyadagi motorlarni ularning vallariga o’rnatilgan ventilyator yordamida sovitilsa, yopiq motorlarni sovitish uchun esa, ko’pincha, tashqi ventilyator qo’llaniladi. Ish mashinasining tuzilishiga qarab elektr motorlari flanesli va ikki tomondan chiqarilgan valga ega bo’lishi mumkin.
ELEKTR MOTORLARINING ASOSIY TIPLARI
Eektrik yuritmalarda eng ko’p qo’llaniladigan A va AO seriyadagi qisqa tutashtirilgan rotorli uch fazali asinxron motorlar 1949 yildan boshlab chiqariladi. Motor korpusi va podshipnik qalqonlari alyuminiy qotishmasidan tayyorlansa, u holda bunday motorlar AL yoki AOL seriyasida chiqariladi. Hozirgi paytda A va AO seriyalari o’rniga O2 va AO2 seriyali asinxron motorlar chiqarilmoqda. Yangi seriyadagi qisqa tutashtirilgan rotorli asinxroi. motorlar 14 xil o’rniga 18 xil nominal quvvatlarga mo’ljallanib, ularning og’irligi, o’rtacha olganda 25 % ga kamaitirilgan, n va cos f lari esa birmuncha oshirilgan. Yangi seriyali motorlar 9 xil o’lchamda (gabaritda), ya’ni ularning qator o’zagining tashqi diametri birdan to’qqizgacha bo’lgan turli raqamlar bilan shartli ravishda belgilanib chiqarilmoqda. Bundan tashqari, har bir gabarit o’z navbatida qator temir o’zagining uzunligiga binoan 1 va 2 raqamlari bilan belgilangan ikki xil o’lchamga ega bo’lishi mumkin. Shunday qilib, asinxron motorning tipida uning qaysi seriyaga tegishliligi, gabariti, qatorining uzunligi va qutblar soni ko’rsatiladi. Masalan, AO2-62-4 tipli motorni quyidagicha talkin etiladi, ya’ni, bu himoyalangan konqrukqiyali, sovitilib turiladigan A02 seriyali, 6-gabaritl.i, 2- uzunlikli va qutblar soni 4 bo’lgan asinxron motor. Bunday motorlar 0,6--100 kvt gacha mo’ljallab chiqariladi. AO2 seriyali motorlardan tashqari quvvati 200--1250 kvt bo’lgan L, AK, AZ, AKZ va AP seriyali motorlari ham chiqariladi. Bunda A, AZ va AP lar himoyalangan, yopiq va portlash ta’sir qilmaydigan qisqa tutashtirilgan rotorli, AK va AKZ lar gsa himoyalangan va yopiq konqrukqiyali faza rotorli asinxron motorlar. Hozirgi paytda, PN va MP seriyali o’zgarmas tok mashinalari ham yangi P seriyali elektr mashinalari bilan almashtirilgan. Yangi seriyali elektr mashinalari PN ga nisbatan engil, yuqori n li 0,3 -- 200 kvt ga, 11 xil gabaritga va har bir gabaritni ikki xil uzunlikka ega qildirib chiqarilmoqda. Bunda ham gabarit va uzunlik o’lchamlari raqamlar bilan belgilanadi. P seriyali motorlar himoyalangan va yopiq konstruksiyalarda chiqarilib, ularni quyidagicha o’qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |