Elektr zaryadlarning o’zaro ta’sir qonuni. Kulon qonuni. Nuqtaviy zaryad haqida tushuncha. Zaryadlarning xalqaro (si) va sgs birliklar sistemasidagi birliklari. Zaryadlarning chiziqiy, hajmiy va sirtiy zichliklari. Reja


uning  xususiyatlari  haqida  tushunchalar  berish  hamda  tahlil  qilish



Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/133
Sana11.01.2022
Hajmi7,53 Mb.
#346008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
Mariza Nebodur domla

uning  xususiyatlari  haqida  tushunchalar  berish  hamda  tahlil  qilish
.  Hozirgi 
vaqtda elektr hodisasi va qonunlarining turmushda nihoyatda kata ahamiyatga ega 
ekanligini inkor qilib bo’lmaydi. Turli xil elektr mashina va asboblarning ishlashini 
tushunib  olish  uchun  elektrning  asosiy  xususiyatlari  va  qonuniyatlarini  oz 
miqdorda bo’lsa ham bilib olish zarur. Shuning uchun oldin ba’zi eng sodda elektr 
hodisalari  bilan  tanishib  chiqamiz.  Elektr  hodisalari  odamlarni  tabiat  mavjud 
bo’lgandan buyon qiziqtirib keladi. Mo’ynaga ishqalangan kahrabo  tayoqchaning 
pat, qog’oz, yengil buyum bo’lakchasi va shunga o’xshash yengil jismlarni o’ziga 


tortishini  miloddan  avvalgi  640-550-  yillarda  yasgagan  yunon  faylasufi  Fales 
Miletskiy kuzatgan bo’lib, bu hodisa mohiyati ochilmaganicha qolib ketdi va uzoq 
yillar  davomida  o’rganilmadi.  XVI  asrda  ingliz  olimi  Gilbert  Fales  tajribalarini 
takrorladi  va  tajribalar  asosida  kahrabodan  boshqa  jismlar  ham  bir-biri  bilan 
ishqalanganda  yengil  jismlarni  o’ziga  tortishini  aniqladi.  Masalan,  shisha 
tayoqchani  shoyiga  yoki  kahrabo  (ebonit)  tayoqchani  jun  matoga  ishqalab, so’ng 
maydalab  yirtilgan  qog’oz  parchalariga  yaqinlashtirilsa,  qog’oz  parchalarining 
ularga tortilishi kuzatiladi (1-rasm).                                             
Bunday  hodisalar  XVII  asr boshlarida elektr 
deb  ataldi.  Elektr  so’zi  grekcha  “electron” 
so’zidan  olingan  bo’lib,  “kahrabo”(ebonit) 
demakdir.  Keyinchalik,  ishqalanish  natijasida 
yengil jismlarni o’ziga tortadigan bo’lib qolgan jismlarni elektrlangan jismlar yoki 
elektr  zaryadi  bilan  zaryadlangan  jismlar  deb  yuritiladigan  bo’ldi.  Yuqorida 
keltirilgan  tajribalardan  ko’rinadiki,  barcha  elektrlangan  jismlar  boshqa  yengil 
jismlarni  o’ziga  tortar  ekan.  Endi  shoyiga  ishqalangan  shisha  tayoqchada  hosil 
bo’lgan  elektr  zaryadi  bilan  mo’ynaga  ishqalangan  ebonite  tayoqchada  hosil 
bo’lgan  elektr  zaryadlari  bir-biridan  farq  qiladimi  yoki  yo’qmi,  degan  savol 
tug’iladi.  Bu  savolga  javob  berish  uchun  quyidagi  tajribalarga  murojaat  qilamiz. 
Ipak  ipga  osilgan  zar  qog’ozdan  yasalgan  sharchaga  zaryadlangan  shisha 
tayoqchani  tekkizsak  (2-a  rasm),  sharcha  zaryadlanadi.  Endi  zaryadlangan  shisha 
tayoqchani  zaryadlangan  sharchaga  qayta  yaqinlashtirsak,  u  tayoqchadan  itariladi 
(2-b  rasm).  Agar  zaryadlangan  bu  sharchaga  zaryadlangan  ebonite  tayoqchani 
yaqinlashtirsak,  sharcha  tayoqchaga  tortiladi  (2-d  rasm).  Demak,  jismlar 
zaryadlanganda ular orasida o’zaro ta’sir mavjud 
bo’lar ekan. 
Nima 
sababdan 
shunday 
bo’lishini 
aniqlash 
uchun 
quyidagi  tajribalarni  o’tkazamiz. 
1-rasm.
 
2-rasm.
 


Ipak  iplarga  osilgan  ikkita  sharchani  zaryadlandan  shisha  tayoqchani  tekkizish 
orqali 
zaryadlaylik. 
Shundan 
keyin 
zaryadlangan 
sharchalarni 
o’zaro 
yaqinlashtirsak,  ular  bir-biridan  qochadi  (3-a  rasm).  Shu  kabi  sharchalarni 
zaryadlangan  ebonite  tayoqcha  orqali  zaryadlab,  bir-biriga  yaqinlashtirsak,  bu 
holda  ham  sharchalar  bir-biridan  qochadi  (3-b  rasm).  Agar  sharchalardan  birini 
zaryadlangan  shisha  tayoqcha  bilan,  ikkinchisini  zaryadlangan  ebonite  tayoqcha 
bilan  zaryadlab  bir-  biriga  yaqinlashtirilsa,  u  holda  sharchalarning  bir-biriga 
tortilishini  ko’rish  mumkin  (3-d  rasm).  Bundan  ko’rinadiki,  shisha  va  ebonit   
tayoqchalarda  hosil  bo’lgan  zaryadlarning  tabiati  turlicha  bo’lar  ekan.  Dema, 
tajribalar  tabiatda  ikki  tur  elektr  zaryadlari  mavjud  bo’lib,  bir  xil  ishorali  elektr 
zaryadlari  bilan  zaryadlangan  jismlar  itarilishini,  turli  ishorali  elektr  zaryadlari 
bilan zaryadlangan jismlar esa o’zaro tortilishini ko’rsatadi. 
Shartli ravishda shoyiga ishqalangan shishada hosil bo’lgan elektr zaryadlari 
musbat  (+)  ishorali  zaryad  deb,  mo’ynaga  ishqalangan  kahraboda  hosil  bo’lgan 
elektr zaryadlarini manfiy (-) ishorali zaryad deb qabul qilingan. “Musbat zaryad” 
va  “manfiy  zaryad”  tushunchalarini  hamda  ularni  mos  ravishda  “+”  va  “-“ 
ishoralar  bilan  belgilashni  amerikalik  fizik  B.Franklin  1750-yilda  birinchi  marta 
o’zining elektr hodisalari haqidagi “unitar nazariya”sida kiritgan. Tabiatda mavjud 
bo’lgan  barcha  jismlarda  har  doim  o’zaro  teng  miqdorda  musbat  va  manfiy 
zaryadlar bo’lib, jismlar, odatda, elektr jihatdan neytral holatda bo’ladilar. Hozirgi 
vaqtda  biz  bilamizki,  hamma  jismlar  atom  yoki  molekulalardan  tashkil  topgan. 
Atom  esa  musbat  zaryadli  yadrodan  va  manfiy  zaryadli  elektronlardan  tarkib 
topgan  neytral  sistemadir.  Agar  atom  tarkibidagi  electron  biror  usul  bilan 
tashqaridan  qo’shimcha  energiya  ola  olsa,  u  holda  elektron  yadro  bilan 
bog’lanishni  uzib,  o’z  atomini  tark  etishi  va  jism  ichida  o’zini  erkin  zarradek 
tutishi, hatto jismdan tashqariga chiqib ketishi ham mumkin. Masalan, jismlar bir-
biriga  ishqalanganda  (  bunda  ishqalashning  mexanik  energiyasi  jismlarning  ichki 
energiyasiga  aylanadi,  binobarin,  elektronlar  qo’shimcha  energiyoga  ega  bo’ladi) 
bunday  elektronlarning  birorqismi  bir  jismdan  ikkinchi  jismga  o’tishi  mumkin. 
Demak,  ishqalanish  natijasida  biridan  ikkinchisiga  elektronlar  o’tishi  hisobiga 
3-rasm.
 


birinchi  jism  musbat,  ikkinchisi  manfiy  zaryadlanadi.  Agar  bir  jismDan  ikkinchi 
jismga  o’tgan  elektronlarning  soni  n  ta  bo’lsa,  u  holda  jismlarning  har  birining 
zaryadi q=ne bo’ladi, bu yerda e- electron zaryadi, uning qiymati e=1,6*
  
   
 
.  
Umuman, jismlarni uch xil usul bilan zaryadlash mumkin. Birinchisi: jismlarni bir-
biriga ishqalash yo’li bilan zaryadlash. Bu holni yuqorida ko’rib o’tdik. Ikkinchisi: 
elektr  o’tkazuvchanlikdan  foydalanib  zaryadlash.  Bunda  zaryadlangan  jismni 
zaryadlanishi  lozim  bo’lgan  jismga  bevosita  tekkiziladi  (kontaktga  keltiriladi). 
Bunda  elektr  o’tkazuvchanlik  tufayli  zaryadli  zarra  (electron)  learning 
zaryadlangan  jismdan  zaryadlanmagan  jismga  o’tishi  natijasida  keying  jism 
zaryadlanib  qoladi.  Elektrofor  mashina  yordamida  jismlarni  zaryadlash  bunga 
misol bo’la oladi. Uchinchisi: ta’sir orqali zaryadlash yoki electrostatic induksiya 
usuli.    Shunday  qilib,  yuqorida  kocrib  o’tilgan  tajribalarda  shoyiga  ishqalangan 
shisha  tayoqchadan  elektronlar  shoyiga  o’tishi  tufayli  shisha  tayoqcha  musbat, 
shoyi  esa  manfiy  zaryadlanin  qoladi;  jun  mato  esa  musbat  zaryadlanib  qoladi, 
degan  xulosaga  kelamiz.  Umuman  olganda,  bir-biriga  ishqalangan  ikki  jismdan 
qaysi  biri  elektronlarni  bersa,  musbat,  ortiqcha  elektronlarni  qabul  qilib  olsa, 
manfiy  zaryadlanib  qoladi.    Olingan  jismlardagi  qarama-qarshi  ishorali  zaryadlar 
miqdori  teng  bo’lib,  ular  yo’qolmaydi.  Bu  bir  jismda  bir  xil  ishorali  zaryaddan 
qancha miqdorda kamaysa, ikkinchi jismda o’shanday ishorali zaryaddan shuncha 
miqdorda ortadi, degan ma’noni anglatadi. Demak, jismlarda zaryadning umumiy 
miqdorI  o’zgarmaydi.  Bu  esa  zaryadning  saqlanish  qonuni  deb  ataladi.  Ushbu 
qonun  tashqaridan  zaryadli  zarralar  kirmaydigan  va  tashqariga  bunday  zarralar 
chiqmaydigan  jismlar  to’plami,  ya’ni  Sistema  uchun  to’g’ridir.  Bunday  Sistema 
yopiq  sistema  deb  ataladi.    Yopiq  sistemalarda  barcha  zarralar  zaryadlarining 
algebraik yig’indisi o’zgarmasdir: 
                                  
 
 
   
 
   
 
       
 
        
 
   Zaryadlangan jismlarNing bir-biridan itarilishida yoki tortilishida namoyon 
bo’ladigan 
elektr 
zaryadlarining 
o’zaro 


ta’sir  kuchi  elektr  kuchlari  deyiladi.  Elektr  kuchlari  elektr  zaryadlari  tomonidan 
yuzaga  keladi.  Jismlarning  zaryadlanganligini  aniqlashga  imkon  beruvchi  asbob 
elektroskop deb ataladi. Elektroskopning ishlashi zaryadlangan jismlarning o’zaro 
ta’siriga asoslangan. 
4-a  rasmda  elektroskop  keltirilgan  bo’lib  uning  tuzilishi  quyidagicha:  metal 
gardish (1)ga o’rnatilganplastmassatiqin (2)orqali metall tayoqcha (3) o’tkazilgan 
bo’lib,  tayoqchaning  uchiga  ikkita  zar  qog’oz  –  yaproqchalar  (4)  yopishtirilgan, 
gardishning ikkala tomoni oyna bilan berkitilgan. Elektroskop qancha ko’p zaryad 
bilan  zaryadlansa,  uning  yaproqchalari  shuncha  kattaroq  burchakka  ochiladi. 
Demak,  elektroskop  yaproqchalari  orasidagi  burchakning  kattaligiga  qarab, uning 
zaryadi  oshganligini  yoki  kamayganligini  bilish  mumkin.    Agar  zaryadlangan 
elektroskopga  xuddi  shunday  ishorali  elektr  zaryadi  bilan  zaryadlangan  boshqa 
jism yaqinlashtirilsa, elektroskop yaproqchalari bir-biridan yanada uzoqlashadi (4-
b  rasm).  ElektroskopGA  qarama-qarshi  ishorali  elektr  bilan  zaryadlangan  jism 
yaqinlashtirilsa  (4-d  rasm),  uning  yaproqchalari  orasidagi  burchak  kamayadi.  
Elektroskopni birinChi marta rus olimi G.V. Rickman ixtiro qilgan. 

Download 7,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish