Elektr zaryadi. Zaryadlarning saqlanish qonun



Download 1,5 Mb.
Sana03.04.2022
Hajmi1,5 Mb.
#525775
Bog'liq
3. Elektr zaryadi. Zaryadning saqlanish qonuni


IT Fizika
Farhod Norqobilov
Toshkent 2022-yil
Masalalarni yechilish tartibini va to`liq izohli yechimini You Tube dagi IT Fizika kanalida ko`rishingiz mumkin.
ELEKTR ZARYADI. ZARYADLARNING SAQLANISH QONUN
IT Fizika
Farhod Norqobilov
Atom tuzilishi
Yunon olimlari tabiatdagi barcha narsalar atomlardan tashkil topgan deb hisoblaganlar. “Atom” soʻzini yunon mutafakkiri Demokrit (mil. av. 460 - 370) kiritgan. Bu soʻz “boʻlinmas” degan maʻnoni bildiradi. XX asrda olimlar atomning ham boʻlinishi mumkinligini va u murakkab tuzilishga ega ekanligini aniqladilar.
1911- yilda ingliz fizigi Ernest Rezerford (1871 – 1937) tajriba asosida atom tuzilishining modelini kashf etdi.
Ernest Rezerford modelga koʻra: Atom markazida yadro joylashgan boʻlib, u proton va neytronlardan tashkil topgan. Atom yadrosi atrofida orbita boʻylab elektronlar harakat qiladi (rasm).
Atomning oʻzi elektr jihatdan neytraldir.
IT Fizika
Farhod Norqobilov
Musbat va manfiy ion
Agar atomdan biror yoʻl bilan bitta, ikkita yoki bir nechita elektronlar chiqarib yuborilsa, bu atomda musbat zaryadlar (pratonlar) soni ortiqcha boʻlib qoladi va uni musbat ion deb ataymiz. Aksincha, biror atomga ortiqcha elektronlar qoʻshilsa, unga manfiy ion deb ataymiz. Mana shu holatni biz fizikada jimning elektrlanishi deb ataymiz.
IT Fizika
Farhod Norqobilov
Elektr zaryadi haqida tushuncha
Elektrlanganlik darajasini tavsiflovchi fizik kattalik elektr zaryadi deb ataladi va q harfi bilan belgilanadi. Xalqaro birliklar sistemasida uning birligi qilib kulon (C) qabul qilingan.
Elektr zaryadi musbat yoki manfiy boʻladi. Shoyiga ishqalangan shisha tayoqcha musbat zaryadlanadi, shoyining oʻzi esa manfiy zaryadlanib qoladi. Bunga sabab shuki, ishqalanish paytida shisha tayoqcha atomlari elektronlarining bir qismi shoyiga oʻtadi. Shuning uchun shoyida manfiy zaryadlar ortib ketadi. Natijada shoyi manfiy zaryadlanib qoladi. Shisha tayoqchada esa elektronlar nisbatan kamaygani uchun musbat zaryadlar ortib ketadi. Natijada tayoqcha musbat zaryadlangan boʻlib qoladi.
Moʻynaga ebonit tayoqcha ishqalanganda, moʻyna atomlaridagi elektonlarning bir qismi ebonit tayoqchaga oʻtganligi sababli tayoqcha manfiy, moʻyna esa musbat zaryadlanadi.
IT Fizika
Farhod Norqobilov
Zaryadlarning neytrallashi
Quyidagi tajribani bajaraylik: oʻzidan elektrni oʻrkazmaydigan ipak ipga osilgan yupqa qogʻoz parchalarini har xil ishorali zaryadlar bilan zaryadlasak, qogʻazlar oʻzaro tortishib, bir-biriga tekkandan soʻng ular orasidagi tortishish butunlay yoʻqoladi, bunday holda zaryadlar neytrallashadi (rasm).
IT Fizika
Farhod Norqobilov
Zaryad miqdori. Elementar zayad
IT Fizika
Farhod Norqobilov
Zaryadning saqlanish qonuni
IT Fizika
Farhod Norqobilov
Nuqtaviy zaryad
Tabiatda nuqtaviy zaryadlangan jismlar boʻlmaydi. Lekin jismlar orasidagi masofa ularning oʻlchamlaridan juda katta boʻlsa, zaryadlangan jismlarning shakli ham, oʻlchamlari ham ular orasidagi oʻzaro taʻsir kuchiga sezilarli taʻsir qilmaydi. Bunday jismlar nuqtaviy zaryadlangan jismlar deb hisolanadi.
IT Fizika
Farhod Norqobilov
O‘tkazgichlarda elektr zaryadining taqsimlanishi
Oʻtkazgichda zaryadlarning joylashishi. Faraz qilaylik, bizda elektrlangan metall shar bor boʻlsin. Bir xil ishorali zaryadlar bir-biridan itarilgani uchun ular oʻtkazgichning sirtida joylashishi kerak. Chunki bu holda ular bir-biridan eng katta masofaga uzoqlashgan boʻladi (rasm).
IT Fizika
Farhod Norqobilov
O‘tkazgichlarda elektr zaryadining taqsimlanishi
Shar sirtiga uzun izolyatsiyalangan tutqichi boʻlgan kichik sharchani tekkizamiz. Elektrometr strelkasi katta sharning zaryadi kamayganini koʻrsatadi. Kichik sharchani ikkinchi elektrometr sterjeniga tekkizamiz. Elektrometr strelkasi ogʻadi (26-a rasm). Demak, biz elektrlangan shar sirtidan elektrometrga elektr zaryadni koʻchirdik. Bu esa shar sirtida bunday zaryadlar borligini bildiradi.
Ikkala elektrometrni zaryadsizlaymiz va tajribani yana takrorlaymiz. Lekin bu safar kichik sharchani sharning ichki sirtiga (teshik orqali) tekkizamiz. Bu safar ikkinchi elektrometrning strelkasi birinchi sharning ichidan olingan sharcha tekkizilgandan soʻng ogʻmaydi (26-b rasm). Tajriba shar ichida elektr zaryadlar yoʻq ekanligini tasdiqlaydi. Haqiqatan ham, elektr zaryadlar oʻtkazgichning tashqi sirtida joylashar ekan.
IT Fizika
Farhod Norqobilov
Oʻtkazgich sirtida zaryadlar taqsimoti
27-rasmda tasvirlangan shakldagi oʻtkazgichni zaryadlaylik. Rasmda koʻrsatilgandek, oʻtkazgichning turli joylariga folga yaproqchalarini qoʻyaylik. Bunda oʻtkazgich sirtidagi zaryadlar taʻsirida yaproqchalar turlicha tarzda ochiladi.
Murakkab shakldagi yakkalangan oʻtkazgichda elektr zaryadlari notekis taqsimlangan boʻladi. Oʻtkazgichning uchli joylarida zaryadlar zich, tekis joylarida siyrakroq, botiq joylarida esa juda siyrak joylashadi.
Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish