Jismlarning elektrlanishi. elektr zaryadning saqlanish qonuni Elektrlanishni uch usul bilan amalga oshirish mumkin: ishqalanish, tekkizish va ta’sir orqali. Ishqalanish yoki ta ’sir usuli bilan ayrim jism lar elektrlanganda, ulardan biri musbat zaryadlansa, ikkinchisi manfiy zaryadlanadi va hamma vaqt bu zaryadlaming miqdorlari oczaro teng boiadi. Boshqacha aytganda, neytral jismdagi musbat va manfiy zaryadlaming miqdorlari hamma vaqt o‘zaro teng boiadi. Nechta musbat zaryad bolsa, manfiy zaryad ham shuncha boiadi. Yakkalangan sistemadagi zaryadlar miqdori vaqt olishi bilan o‘zgarmaydi. Bu hoi zaryadlaming saqlanish qonuni deb yuritiladi. Har bir atom yoki umuman, har qanday jismdagi elektronlar soni undagi protonlar soniga teng bolsa, ular eng yaqin ( Ю'10 m) masofada bir-birlarining o‘zaro ta’siri bilan boglangan boiib, atrofdagi boshqa muhit zaryadlariga sezilarli ta'sir qilmaydi, bunday jismlar amalda elektrlanmagan holda bolganligi uchun neytral jism yoki neytral atom deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |