b) Kirxgofning ikkinchi qonuni. Kirxgofning ikkinchi qonuni kuchlanishlar uchun umumiy qonun bo’lib, elektr zanjirining yopiq konturi uchun qullaniladi. Bu qonunni ham ikki xil ta’riflash mumkin:
1) Istalgan yopiq konturdagi kuchlanishlar tushuvining algebraik yig’indisi shu konturdagi EYUKlarning algebraik yig’indisi teng:
I R = E
|
Kirxgof qonunlariga asoslangan holda elektr zanjirini hisoblash
Kirxgof qonunlari elektr sxemasidagi tarmoqlarning noma’lum toklarni aniqlashda ishlatiladi. Sxemada tarmoqlar soni-b, tok manbasi bo’lgan tarmoqlarni bt bilan tugunlar sonini esa y harflari bilan belgilaymiz. Sxemaning har bir tarmog’ida o’zining toki oqadi. Tok manbasi bo’lgan tarmoqlardagi toklar aniq bo’lsa, u vaqtda noma’lum toklar soni b – bt ga teng bo’ladi.
Tenglamalar tuzishdan oldin quyidagilarni bajariladi:
1) Tarmoqlardagi toklarni musbat yunalishi ixtiyoriy tanlab olinadi va ular sxemada belgilanadi;
2) Kirxgofning ikkinchi qonuni buyicha tenglama tuzish uchun konturni musbat yunalishini ixtiyoriy tanlab olinadi;
Barcha konturlarni yunalish bir xil bo’lishi uchun, konturlarni musbat yunalishini bir tomonlama masalan, soat strelkasi yunalishi buyicha tanlash tavsiya etiladi.
O’zaro bog’liq bo’lmagan chiziqli tenglamalar hosil qilish uchun Kirxgofning I-qonuniga asosan tugunlar sonidan bitta kam qilib tenglamalar tuziladi, ya’ni (y-1).
Kirxgofning ikkinchi qonuniga asosan tok manbasi bo’lgan tarmoqlardan tashqari (b–bt) va Kirxgofning I-qonuniga asosan tuzilgan tenglamalarni ayirib tashlagan holda, tarmoqlar soniga teng tenglamalar tuziladi, ya’ni
b –(y – 1)
Kirxgofning II-qonuni buyicha tenglama tuzganda tok manbasi bor tarmoqdan tashqari barcha tarmoqlar kirishi zarur. Kirxgofning II-qonuniga asosan chiziqli bog’liq bo’lmagan tenglamalarni yozishda, tenglama tuzilayotgan har bir konturga hech bo’lmaganda bitta yangi tarmoq kiritishga harakat qilinadi. Kirxgofning II-qonuniga asosan oldingi konturlarda tuzilgan tenglamalar kirmasligi kerak. Bunday konturlarni bog’liq bo’lmagan konturlar deb shartlaymiz. Har bir konturga yangi bir kontur kirishi tenglama tuzish uchun etarlidir, bu shart bajarilishi uchun Kirxgofning II-qonuni buyicha tenglamalar barcha konturlar uchun tuzuladi.
|
Bir fazali o’zgaruvchan tok barcha afzalliklarga ega bo’lishiga qaramasdan ayrim kamchiliklardan ham holi emas. Bir fazali o’zgaruvchan tok yordamida aylanuvchan magnit maydoni hosil qilib bo’lmaydi. Aylanuvchan magnit maydoni elektr dvigatellarini harakatga keltirish uchun nihoyatda zarur. Aylanuvchan magnit maydoni faqat ko’p fazali tok orqali amalga oshiriladi.
Uch fazali elektr zanjirlari shunday elektr zanjirlari to’plamiki, unda bir xil chastotadagi sinusoidal EYUK ta’sir etib umumiy energiya manbasi ta’sirida hosil bo’ladigan va bir-biridan faza jihatidan siljigan sistemadir. Agar uchta EYUKni hammasi qiymatlari jihatidan teng va bir-biriga nisbatan faza jihatidan 1200 ga siljigan bo’lsa, u vaqtda bunday sistemaga simmetrik sistema deyiladi 7.1 a-rasm.
Agar EYUKlar kattaliklari jihatidan teng bo’lmasa (6.1b-rasm) yoki bir-biriga nisbatan faza jihatdan 1200 ga teng bo’lmagan burchakda bo’lsa (6.1c- rasm) sistema nosimmetrik deyiladi. Xuddi shunday uch fazali sistemaning kuchlanish va toklari aniqlanadi.
Uch fazali sistemaning tok oquvchi qismiga uch fazali zanjirning fazasi deyiladi. Shunday qilib, EYUK hosil buluvchi generator chulg’ami va shu chulg’amga ulangan iste’molchi faza hisoblanadi. Bu faza terminining ikkinchi ma’nosi bo’lib, amaliy elketrotexnikada keng ishlatiladi
|